Fani bo’yicha O’quv-uslubiy majmua


-bob. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish va dublikat berish tartibi



Download 14,49 Mb.
bet365/417
Sana08.04.2022
Hajmi14,49 Mb.
#538122
1   ...   361   362   363   364   365   366   367   368   ...   417
Bog'liq
2 5303010564346220036

5-bob. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish va dublikat berish tartibi
13. Auditorlik tashkiloti qayta o’zgartirilganda, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o’zgargan holatlarda, auditorlik tashkiloti yoxud uning huquqiy vorisi, qayta ro’yxatdan o’tkazilgandan so’ng bir oy muddatda litsenziyalovchi organga qayta rasmiylashtiriladigan litsenziyani va tegishli o’zgartirishlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to’g’risida ariza berishi shart.
Litsenziyaga ega bo’lgan auditorlik tashkilotlari qo’shib yuborilishi natijasida yangidan auditorlik tashkiloti vujudga kelgan taqdirda, litsenziyani qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta rasmiylashtirishga yo’l qo’yiladi.
14. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish tegishli hujjatlar ilova qilingan holda ariza olingan kundan boshlab litsenziyalovchi organ tomonidan besh ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.
15. Yo’qolgan yoki yaroqsiz holga kelib qolgan litsenziya o’rniga, auditorlik tashkilotining arizasiga ko’ra dublikat beriladi.
16. Litsenziyaning qayta rasmiylashtirilganligi yoki dublikat berilganligi uchun eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida yig’im undiriladi.
Yig’im summasi litsenziyalovchi organning maxsus hisob raqamiga o’tkaziladi.
17. Litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar auditorlik tashkiloti faoliyatini ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi. Mazkur Nizomning 13-bandi birinchi xatboshi talablari buzilgan holda auditorlik faoliyatini amalga oshirish litsenziyasiz faoliyat bilan shug’ullanganlik kabi qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka sabab bo’ladi.
6-bob. Auditorlik tashkilotiga nisbatan qo’yiladigan litsenziya talablari va shartlari
18. Quyidagilar auditorlik faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
auditorlik faoliyati to’g’risidagi qonun hujjatlariga rioya qilish;
ustav kapitalida auditorlarning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ulushiga ega bo’lishi;
ustav kapitalini auditorlik tashkiloti faoliyatini amalga oshirishda bevosita foydalaniladigan mol-mulkdan, shu jumladan pul mablag’laridan shakllantirish;
faqat auditorlik faoliyatini amalga oshirish;
auditorlik tashkiloti mas’uliyatini sug’urta qilish polisiga ega bo’lish;
auditor tomonidan auditorlik faoliyatini faqat bitta auditorlik tashkilotida amalga oshirish;
shtatdagi auditorlar soni mazkur Nizomda nazarda tutilgan miqdorda bo’lishi;
auditorlik tekshiruvi o’tkazishda olingan axborotlarning sir saqlanishini ta’minlash;
auditorlik xizmatlari ko’rsatishda shartnoma majburiyatlarini o’z vaqtida bajarish;
auditorlik tashkiloti rahbari lavozimiga faqat ushbu auditorlik tashkiloti asosiy ish joyi hisoblangan auditorni tayinlash;
auditorlik faoliyatini amalga oshirishda mustaqillikni ta’minlash;
auditorlik faoliyati standartlariga muvofiq auditorlik hisobotini va auditorlik xulosasini tuzish;
auditorlik tashkilotlarida ichki standartlarning mavjud bo’lishi;
o’z pochta manzili o’zgargani to’g’risida litsenziyalovchi organni o’n kun muddatda xabardor qilish;
auditorlik faoliyati to’g’risidagi ma’lumotlarni bir yilda bir marta, belgilangan shaklda litsenziyalovchi organga taqdim etish, shuningdek, litsenziyalovchi organning talabiga ko’ra auditorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog’liq boshqa axborotlarni taqdim qilish;
auditorlar ishi sifatining nazoratini ta’minlash;
auditorlarning bir yilda bir marta malaka oshirish kurslaridan o’tishini ta’minlash;
auditorlik tashkiloti rahbari almashganligi va (yoki) auditorlar tarkibi o’zgarganligi to’g’risida litsenziyalovchi organni besh kun muddatda xabardor qilish;
auditorlik tekshiruvlarini amalga oshirishda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan cheklovlarga rioya qilish;
o’zining veb-saytida yoki Auditorlarning respublika jamoat birlashmasining veb-saytida o’tkazilgan majburiy auditorlik tekshiruvlari haqidagi axborotni e’lon qilish.
19. Mazkur auditorlik tashkiloti asosiy ish joyi hisoblangan shtatdagi auditorlarning eng kam soni kamida to’rt nafarni tashkil etadi.
Litsenziya olingandan so’ng ushbu band talablariga to’g’ri kelmagan taqdirda auditorlik tashkiloti nomuvofiqlik yuzaga kelgan kundan boshlab besh kun davomida litsenziyalovchi organni bu haqda yozma ravishda yoki elektron aloqa vositalari orqali xabardor qiladi hamda ko’rsatilgan sanadan boshlab uch oydan ko’p bo’lmagan muddatda yuzaga kelgan nomuvofiqlikni bartaraf etishi, yoxud belgilangan tartibda o’z faoliyatini tugatishi to’g’risida qaror qabul qilishi shart. Auditorlik tashkiloti tomonidan ushbu band talablariga ko’ra nomuvofiqlik bartaraf etilgunga qadar auditorlik tekshiruvini o’tkazish qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikni keltirib chiqaradi.
20. Auditorlik tashkilotining ustav kapitali auditorlik tashkiloti faoliyatini amalga oshirishda bevosita foydalaniladigan mol-mulkdan, shu jumladan pul mablag’laridan shakllantiriladi.

Download 14,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   361   362   363   364   365   366   367   368   ...   417




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish