Auditor tekshiruv jarayonida quyidagi ko’rsatkichlardan qaysi birini moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotdan olmaydi?
ma’muriy xarajatlar
sotish xarajatlari
valyuta kursi farqi
yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari
№200 Fan bobi – 2; Fan bo’limi –9; Qiyinchilik darajasi –3.
Auditorlik tekshiruvi natijasida mijoz korxonaning moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotining 240-satrida 36000 ming so’mlik foyda ko’rsatilganligi aniqlandi. Korxona vakillik xarajatlari 30 ming so’mlik normativ to’lov va 12 ming so’mlik normadan oshiqcha to’lov to’lagan. Shuningdek, korxonada to’g’ri chiziqli eskirish hisoblash usuli qo’llanilgan bo’lib, jami hisoblangan eskirish summasi 900 ming so’mga teng bo’lgan. Foyda solig’i stavkasi 16 % bo’lgan va korxona byudjetga 5760 ming so’m foyda solig’i hisoblagan. Auditor bu summani xato deb hisobladi. Aslida foyda solig’i summasi qanchaga teng bo’lishi kerak edi?
5761,92 ming so’m
5764,6 ming so’m
5764,8 ming so’m
5766,72 ming so’m
BAHOLASH MEZONLARI
“BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT” FANI BO’YICHA BAHOLASH TIZIMI
Baholash turlari va baholar taqsimoti
Mashg’ulotlar turi
|
VI semestr
|
Ma’ruza
|
40
|
Amaliy mashg’ulot
|
40
|
Mustaqil ta’lim
|
62
|
JAMI:
|
142
|
“Buxgalteriya hisobi va audit” fani bo’yicha talabalar bilimini baholash O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida (2018 yil 26 sentyabrda ro’yxatdan o‘tkazildi, ro’yxat raqami 3069) ro’yxatdan o’tkazilgan “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi ”gi Nizom asosida amalga oshiriladi. Nizomga muvofiq, fan bo’yicha talabalarning o’quv semestri davomidagi o’zlashtirish ko’rsatkichini baholash 5 baholik tizimda amalga oshiriladi.
Oraliq nazorat semestr davomida ishchi fan dasturining tegishli bo‘limi tugagandan keyin talabaning bilim va amaliy ko‘nikmalarini baholash maqsadida o‘quv mashg‘ulotlari davomida o‘tkaziladi. Talabaning amaliy, seminar, laboratoriya mashg‘ulotlari va mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarishi, shuningdek uning ushbu mashg‘ulotlardagi faolligi, o‘quv mashg‘ulotlari davomida olgan baholari oraliq nazorat turi bo‘yicha baholashda inobatga olinadi.
Talabalarning “Moliyaviy va boshqaruv hisobi” fani bo’yicha baholash turlarida olgan baholari quyidagicha mezonlar asosida baholanadi:
talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda - 5 (a’lo) baho;
talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda - 4 (yaxshi) baho;
talaba olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda - 3 (qoniqarli) baho;
talaba fan dasturini o‘zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega emas deb topilganda - 2 (qoniqarsiz) baho bilan baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |