Auditorlik guruhining rahbari Alimov M.
Fikrimizcha, yuqoridagi shakl va mazmundagi auditning umumiy rejasi va dasturi tuzilganidan so’ng, auditorlik tashkilotining rahbari yoki auditorlik guruhi rahbari mijoz-korxona faoliyatini tekshiruvida qatnashuvchi auditor va ekspertlar ishtirokida tekshiruvni boshlashdan avval kichik yig’ilish tashkil etishi hamda unda tuzilgan umumiy reja va dasturni muhokamadan o’tkazishi maqsadga muvofiqdir. Agarda yig’ilishda tuzilgan reja va dasturga qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritish shart deb hisoblansa, unga qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritish, shundan so’ng uni barcha tekshiruvda qatnashuvchi auditor va ekspert-mutaxassislar e’tiboriga kitob shaklda etkazilishini ta’minlash talab etiladi.
Xulosa qilib aytganda, auditni rejalashtirish jarayonini yuqorida tavsiya etilgan tartib- qoidalar asosida amalga oshirilishi auditorlik tashkilotlari tomonidan tekshiruvlarni oldindan puxta va aniq belgilangan ketma-ketlik asosida o’z muddatida va sifatli tarzda o’tkazish imkoniyatini yaratadi.
Auditorlik tekshiruvida muhimlik va risk
O’zbekiston Respublikasining «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonunida (yangi tahrirdagi) auditorlik faoliyati «...tadbirkorlik faoliyati...» ekanligi ta’kidlangan (2-modda). Demak, bu faoliyat auditorlik tashkiloti va mijoz-korxona o’rtasida tuziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Auditorlik tashkiloti o’z shartnoma majburiyatlarini bajarishda, amalda tekshiruv ob’ektlarini to’liq (100%) qamrab olaolmaydi. Natijada, moliyaviy hisobot ko’rsatkich-larining mutlaqo (shak-shubhasiz) haqqoniy ekanligini kafolatlay olmagani holda, ma’lum darajadagi tavakkalchilik bilan ularni tasdiqlaydi. SHu boisdan, auditor ishida doimo ma’lum darajada tavakkalchilik xavf-xatari mavjud bo’la-di. Ko’rinib turibdiki, auditor xulosasida bayon etilgan fikr har doim ham mutlaqo to’g’ri bo’lishi mumkin emas. Ammo, deyarli hamma vaqt axborotdan foydalanuvchilar uchun foydali bo’lishi lozim. Bunday foydalilikning ta’minlanishi ma’lum darajadagi jiddiylik va risk bilan bog’liq va ularni to’g’ri baholashni talab etadi.
Jiddiylik tushunchasi auditga oid manbaalar (ilmiy asarlar, o’quv adabiyotlari, standartlar va b.)da umumiy negizga asoslangan holda turlicha ta’riflangan. Masalan, professor M. M. To’laxo’jaeva ta’rifiga ko’ra, «Hisobotdagi foyda-lanuvchilarni qarorlar qabul qilishda chalg’itishi mumkin bo’lgan, oqibatda befoyda moliyaviy sarf-xarajatlar, nobudgarchilikka va zararlarga olib keladigan xato va tushirib qoldirishlar jiddiy, muhim (moddiy) hisoblanadi». Umumiy auditorlik amaliyotida jiddiylik chegaralarini quyidagicha belgilash qabul qilingan:
Do'stlaringiz bilan baham: |