Kelgusi davr xarajatlarining hisobi
Ushbu hisobot davrida amalga oshirilgan, ammo joriy qismi bo’yicha kelgusi hisobot davrlariga taalluqli bo’lgan xarajatlar to’g’risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
3110 "Oldindan to’langan operativ ijara haqi"; (AV 25.05.2009 y. 1181-2-son bilan ro’yxatga olingan MV Buyrug’i tahriridagi xatboshi)
3120 "Oldindan to’langan xizmat haqi";
3190 "Boshqa kelgusi davr xarajatlari". (AV 12.11.2003 y. 1181-1-son bilan ro’yxatga olingan MV Buyrug’i tahriridagi band)
Bu schyotlarda quyidagilar bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar aks ettirilishi mumkin:
a) matbuotning davriy nashrlariga yillik obunaning jami summasini oldindan to’lash;
b) mulkning yillik sug’urtasini to’lash;
v) kelgusi davrlar uchun operativ ijara to’lovi badallari va kelgusida xarajatlarga olib boriladigan boshqa xarajatlar. (AV 25.05.2009 y. 1181-2-son bilan ro’yxatga olingan MV Buyrug’i tahriridagi kichik band)
Kelgusi davr xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar (3100)da hisobga olingan xarajatlar xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlarning debetiga hisobdan chiqariladi. Kelgusi davr xarajatlarini joriy xarajatlarga hisobdan chiqarish o’rnatilgan muddat davomida yoki ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi yoki miqdoriga mutanosib ravishda amalga oshiriladi.
3110 "Oldindan to’langan operativ ijara haqi" schyotida ushbu hisobot davrida to’langan, ammo kelgusi hisobot davriga tegishli operativ ijara haqi hisobga olinadi, masalan, korxona yil boshida bir yil uchun oldindan ijara haqini to’ladi. (AV 25.05.2009 y. 1181-2-son bilan ro’yxatga olingan MV Buyrug’i tahriridagi band)
3120 "Oldindan to’langan xizmat haqi" schyotida ushbu hisobot davrida oldindan haqi to’langan, ammo kelgusi hisobot davrlariga taalluqli bo’lgan xizmatlar hisobga olinadi. Ushbu schyotda obuna bo’yicha xarajatlar va boshqalarni aks ettirish mumkin.
3190 "Boshqa kelgusi davr xarajatlari" schyotida 3110 "Oldindan to’langan operativ ijara haqi" va 3120 "Oldindan to’langan xizmat haqi" schyotlarida hisobga olinmagan boshqa oldindan to’langan xarajatlar hisobga olinadi. (AV 25.05.2009 y. 1181-2-son bilan ro’yxatga olingan MV Buyrug’i tahriridagi xatboshi)
Kelgusi davr xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar (3100) bo’yicha analitik hisob schyotlari xarajat moddalari va ob’yektlari (yo’nalishlari) bo’yicha yuritiladi. (AV 12.11.2003 y. 1181-1-son bilan ro’yxatga olingan MV Buyrug’i tahriridagi band)
Kelgusi davr xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar (3100)ning bog’lanishi:
Do'stlaringiz bilan baham: |