Fani bo’yicha O’quv-uslubiy majmua



Download 14,49 Mb.
bet108/417
Sana08.04.2022
Hajmi14,49 Mb.
#538122
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   417
Bog'liq
2 5303010564346220036

Nazorat uchun savollar

  1. Pul mablag’lari va hisob-kitoblar hisobining asosiy vazifalari nimalardan iborat?

  2. Hisob-kitob schyotidan ko’chirilgan pul mablag’lar qanday nazorat qilinadi?

  3. Bankda valyuta schyotini ochish uchun qanday hujjatlar topshiriladi?

  4. Kassaga pul mablag’larining kirimi va ularning chiqimi qanday hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi?

  5. Korxonada kimlar hisobdor shaxs bo’laoladi?

  6. To’lov topshiriqlari bilan qaysi vaqtlarda hisob-kitob qilinadi?

  7. Moddiy javobgar shaxslarning aybi bilan sodir bo’lgan kamomad qanday undirib olinadi?

  8. Xisobdor shaxsga berilgan avans to’lovlari va xizmat safari xarajatlari qanday hisobga olinadi?

  9. Bankdan olingan xodimlarning qisqa muddatli kreditlar bo’yicha qarzlari qanday so’ndiriladi?

  10. Korxonaning soliqlar bo’yicha qarzlari qaysi schyotlarda hisobga olinadi?

7-MAVZU. OLINADIGAN SCHYOTLAR (DEBITORLIK QARZLAR) HISOBI
REJA:

  1. Olinadigan schyotlar (debitorlik qarzlar) mohiyati, turlari va ular hisobining vazifalari

  2. Xodimga berilgan bo’naklarning hisobi

  3. Soliqlar va majburiy to’lovlar bo’yicha to’langan bo’naklarning hisobi

  4. Ta’sischilar va boshqa debitorlardan olinadigan qarzlarning hisobi.



Tayanch iboralar: xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar, olingan veksellar, ajratilgan bo’linmalar, sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlaridan olinadigan schyotlar, turli yuridik va jismoniy shaxslarga berilgan bo’naklar, xodimlar, ta’sischilar va turli debitorlarning qarzlari.



  1. Olinadigan schyotlar (debitorlik qarzlar) mohiyati, turlari va ular hisobining vazifalari

Olinadigan schyotlar 4000 dan 4900 gacha blgan buxgalteriya schyotlarini o’z ichiga oladi va qisqa muddatli (1 yilgacha bo’lgan) debitorlik qarzlari hisobini yuritish uchun mo’ljallangan.
Xaridorlar va buyurtmachilar bilan tovarlar, tayyor mahsulotlar, bajarilgan ishlar, ko’rsatilgan xizmatlar uchun debitorlik qarzlari bo’yicha hisob-kitoblar to’g’risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
4010 "Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar";
4020 "Olingan veksellar".
4010 "Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar" schyotida sotilgan mahsulot (tovar)lar, bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlar uchun xaridorlar va buyurtmachilarga taqdim etilgan hisob-kitob hujjatlari bo’yicha debitorlik qarzlari hisobga olinadi.
4020 "Olingan veksellar" schyotida olingan veksellar bilan ta’minlangan xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar bo’yicha debitorlik qarzi hisobga olinadi.
Muddatida to’lanmagan veksellar bo’yicha da’vo bildirilganda, veksellar qiymati 4020 "Olingan veksellar" schyotining kreditidan 4860 "Da’volar bo’yicha olinadigan schyotlar" schyotining debetiga hisobdan chiqariladi.
Olinadigan schyotlar (4000) asosiy (operatsion) faoliyat daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar (9000), asosiy vositalar va boshqa aktivlarning chiqib ketishini hisobga oluvchi schyotlar (9200) va asosiy faoliyatning boshqa daromadlarni hisobga oluvchi schyotlar (9300) bilan bog’langan holda xaridor (buyurtmachi)larga taqdim etilgan hisob-kitob hujjatlaridagi summaga debetlanadi.
Olinadigan schyotlar (4000) pul mablag’larini hisobga oluvchi schyotlar bilan kelib tushgan to’lovlar summasiga, olingan bo’naklarni hisobga olish va boshqalar bilan bog’langan holda kreditlanadi.
Olinadigan schyotlar bo’yicha analitik hisob har bir xaridor (buyurtmachi) bo’yicha yuritiladi.

Olinadigan schyotlar (4000)ning bog’lanishi:






Download 14,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   417




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish