Fani bo’yicha O’quv-uslubiy majmua



Download 14,49 Mb.
bet220/417
Sana08.04.2022
Hajmi14,49 Mb.
#538122
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   417
Bog'liq
2 5303010564346220036

Auditorlik xulosasining yakunlovchi qismida õûæàëèê þðèòuvchi sub’ektning buxgalterlik (moliyaviy) hisoboti ishonchliligi va qonunchilikka muvofiqligini tasdiqlash to’g’risida yozuv yoziladi.

Tekshiruv auditorlik tashkiloti tomonidan o’tkazilganda, auditorlik xulosasini auditorlik tashkilotining rahbari yoki auditorlik tashkilotining u vakolat bergan boshqa xodimi imzolaydi va auditorlik firmasi muhri bilan tasdiqlaydi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt faqat auditorlik xulosasining yakuniy qisminigina manfaatdor shaxslarga taqdim qilishi lozim. Shu munosabat bilan auditorlik xulosasining tahliliy qismi va yakuniy qismi alohida imzolanishi va muhrlanishi mumkin. Auditorlik xulosasining ikkita turi mavjud: a) ijobiy auditorlik xulosasi; b) salbiy auditorlik xulosasi.
Ijobiy auditorlik xulosasida buxgalterlik balansi va moliyaviy hisobot ko’rsatkichlarining ishonchliligi auditor tomonidan tasdiqlanadi. Qoidaga ko’ra ijobiy auditorlik xulosasi auditorlik tashkiloti xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisoboti uning moliyaviy holati va sodir etilgan moliya-xo’jalik muomalalarining O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiqligini ishonarli aks ettiradi degan fikrga kelingan vaqtda tuzilishi lozim.
Salbiy auditorlik xulosasi moliyaviy hisobot korxonaning moliyaviy ahvoli to’g’risida ishonarli ma’lumot bermagan va buxgalterlik hisoboti hamda uning moliya-xo’jalik faoliyati hisobi amaldagi me’yoriy qonunchilik talablariga mos kelmagan holda yuritilgan vaqtda tuziladi. Bunday xato-kamchiliklar o’z vaqtida tuzatilmasa moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarni chalg’itishi mumkin.
Auditorlik xulosasi kamida uch nusxada tuzilib, uning ikki nusxasi auditorlik tekshiruvi buyurtmachisi ya’ni korxona rahbariyatiga taqdim qilinadi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar auditorlik tekshiruvi yakunlanganidan so’ng 15 kun ichida auditorlik xulosasining bir nusxasini o’zlari joylashgan hududdagi soliq organiga taqdim qiladilar.
Auditorlik xulosasi moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar uchun tushunarli bo’lib, unda auditorning ikkilanish va(yoki) noroziligidan kelib chiqqan cheklashlar aniq ko’rsatilishi lozim. Auditorlik xulosasi barcha moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar olish imkoniga ega bo’lgan ochiq axborot hisoblanadi. Auditorlik xulosasi tegishli moliyaviy hisobotlar bilan birgalikda xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan chop ettirilishi mumkin.
Auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi uchun javobgarlik. «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonunga muvofiq auditorlik tekshiruvini o’tkazmay tuzilgan yoxud auditorlik tekshiruvi natijalari bo’yicha tuzilsada, lekin auditorlik tekshiruvi davomida auditor (auditorlar) tomonidan olingan va o’rganilgan xo’jalik yurituvchi sub’ekt hujjatlari mazmuniga muvofiq bo’lmagan auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi qasddan soxta tuzilgan hisoblanadi.
Auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi qasddan soxta tuzilganligi auditorlik faoliyatini amalga oshirishga doir litsenziyaning amal qilishini belgilangan tartibda tugatishga, shuningdek aybdor shaxslar qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka tortilishiga sabab bo’ladi.
Auditorlik xulosasi va moliyaviy hisobot yuzasidan javobgarlik.
Auditorlik xulosasi qisqa, bir necha satrdan iborat bo’ladi xolos. U auditorlik faoliyatida maxsus bilimga ega bo’lmagan foydalanuvchilar uchun yuridik jihatdan rasmiylashtirilgan axborot bo’lishi mumkin. Ammo, shuni inobatga olish kerakki, tekshiruv yakunidagi xulosa bir necha qatordan iborat bo’lsada, u o’ta ehtiyotkorlikni talab qiladi va sinchiklab, uzoq vaqt o’tkazilgan audit jarayonining yakunlanganini bildiradi.
AQShda o’tkazilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, aniq bir yilda transmilliy auditorlik firmasining o’zi kabi yirik beshta mijoziga ko’rsatgan ish hajmi 128000 soatga teng. Bajarilgan bu kabi yirik hajmdagi ishni auditorlar 175 ba’zan esa undan ham kam so’zdan iborat bo’lgan auditorlik xulosasida aks ettiradilar. Shuni ta’kidlash kerakki, xulosadan tashqi foydalanuvchi auditor bajargan ish bilan boshidan oxirigacha tanishishni istamaydi. Unga faqatgina qisqa satrlardagi xulosa ahamiyatli xolos. (tasavvur qiling 128000 soatlik ish natijalarini ko’rib chiqish qancha uzoq vaqt olishini).
Rahbariyatning auditorlik hisoboti uchun javobgarligi
2002 yilga qadar AQShdagi korxonalarning boshqaruv xodimlari moliyaviy hisobotlardagi buzib ko’rsatishlar, xatoliklar uchun tasdiqlangan firibgarlik holatlaridan tashqari, javobgarlikka tortilmas edilar (Boshqacha aytganda, xodimlar bu xatoliklar haqida bilar edilar va bu ularning qastdan qilgan xatolari bo’lishi ham mumkin edi) 2002 yilda Sarbeyke-Okeli (SOX) qonuni qabul qilingach bunga chek qo’yildi. Unga ko’ra, ijrochi yoki moliyaviy direktor va shunga o’xshash mansabdor shaxslar AQShning qimmatli qog’ozlar va birjalari (SEC) bo’yicha Komissiyaga taqdim etilgan yillik yoki choralik hisobotlarda quyidalarni tasdiqlashlari lozim:

  • rahbar hisobotni ko’rib chiqadi;

  • hisobot jiddiy faktlar haqida yolg’on ma’lumotni bayon qilmaydi yoki moddiy faktni bekitmaydi,

  • moliyaviy hisobotlarda va boshqa moliyaviy axborotlardagi barcha muhim ko’rsatkichlar kompaniyaning moliyaviy ahvolini haqqoniy aks ettiradi;

  • rahbariyatning imzolari:

  • -ichki nazorat tizimini tashkil etish va xizmatidan foydalanish uchun javobgarlik bor;

  • imzo qo’yuvchi mansabdor shaxslar kompaniya ichki auditorlari va direktorlar kengashining audit bo’yicha qo’mitasi quyidagilarni ochib beradi:

- ichki nazoratni loyihalashtirishdagi yoki ichki nazorat faoliyatidagi kompaniyaga salbiy ta’sir qilishi mumkin bo’lgan hamma jiddiy kamchiliklar ro’yxatga olinadi, ishlab chiqiladi, umumlashtiriladi va kompaniya auditoriga bu haqda xabar qilinadi;
-boshqaruv yoki boshqa xodimlarni o’z ichiga oluvchi va kompaniya ichki nazorat tizimida muhim ahamiyatga ega har qanday firibgarliklar;
-ichki nazorat tizimidagi kamchiliklar va o’zgarishlar yoki ichki nazoratga jiddiy ta’sir ko’rsatuvchi omillar haqida hisobotga imzo qo’ygan mansabdor shaxslar ularni baholash sanasidan keyin jiddiy kamchiliklar va zaif tomonlariga nisbatan barcha tuzatuvchi xatti-harakatlarni ham inobatga olgan holda.
Bu shuningdek, shtab-kvartirasi AQShdan tashqarida bo’lgan, aktsiyalari AQSh fond birjalarida sotiladigan korporotsiyalarning mansabdor shaxslariga ham tegishli bo’lib xalqaro muzokaralarga olib kelishi ham mumkin. Qator Evropa mamlakatlarida talab ushbu qonun doirasida bo’lib, unda direktorlar kengashining hamma a’zolari (yoki ikki darajali boshqaruvda ijro etuvchi organ va kuzatuv kengashi) moliyaviy hisobotlarga imzo qo’yishlari bilan ularning javobgarligi yuzaga kelishini, mas’uliyat faqat bitta bosh direktor yoki moliyaviy direktorga taalluqli emasligini bildiradi. Biroq, moliyaviy hisobotlar va ichki nazorat uchun asosiy javobgarlik boshqaruv yuklatilgan shaxs zimmasida qoladi va bu Sarbeyke-Okeli qonunining asosiy tamoyilidir.
Shlyumberje korxonasining moliyaviy hisobotlarini korporativ boshqaruv xodimlari tomonidan tasdiqlanishi
Bosh ijrochi direktor tasdiqnomasi
Men, Endro Guld, quyidagilarni tasdiqlayman:

  1. Men Shlumberger Limibedolon 10-k shakl bo’yicha ushbu yillik hisobotini ko’rib chiqdim;

  2. Mening fikrimcha, bu hisobotda jiddiy faktlar haqida yolg’on yozuvlar yo’q va ushbu hisobot o’zi qamrab olgan davr uchun foydalanuvchilarni chalg’itmaydi.

  3. O’z bilimlarimga tayanib shuni aytishim mumkinki, ushbu moliyaviy hisobotlar va undan boshqa moliyaviy axborotlar barcha tomondan korxona moliyaviy holatini, operatsiyalar natijalarini va o’tgan yil holati va ushbu hisobotda ko’rsatilgan davr uchun pul oqimlari haqidagi haqqoniy ma’lumotlarni o’zida aks ettiradi;

  4. Tashkilot auditorlari va direktorlar kengashining audit bo’yicha qo’mitasi (yoki vazifa jihatdan shunga teng funktsiyani bajaruvchi shaxslar) bizning ichki nazoratga bergan baholarimizni va moliyaviy hisobot tuzish jarayonida ko’zga tashlangan kamchiliklar haqidagi ma’lumotlarni oldilar;

  5. (A) ichki nazoratdagi moliyaviy hisobotlarni tuzish jarayonida aniqlangan, ehtimoli ko’zda tutilgan, korxonaning moliyaviy axborotlariga ishlov berish, umumlashtirish va ochib berish jarayonlariga salbiy ta’sir qilishi mumkin bo’lgan ichki nazoratdagi hamma muhim kamchiliklar va ichki nazoratning zaif joylari.

  6. (B) boshqaruvdagi va moliyaviy hisobotlarni tuzish jarayonida asosiy ahamiyatga ega bo’lgan xodimlar bilan bog’liq har qanday firibgarliklar.

Sanasi: 3 mart 2004 y Endro Guld imzo
Endro Guld
Rais va bosh ijrochi direktor



Download 14,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   417




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish