Hujjatlarning turlari, rekvizitlari va ularning rasmiylashtirish tartibi. Xo’jalik jarayonlarining turli-tumanligi ularni aks ettiruvchi hujjatlarning ham turli bo’lishiga sabab bo’lishi tabiiydir. Hujjatlar bir necha xususiyatlariga ko’ra turkumlarga ajratiladi, bunday guruhlashga sabab hujjatlashtirish ishlarini, ulardan hisob ishlarida foydalanishni hamda ular aylanishini, saqlanishini osonlashtirishdir.
Hujjatlar tuzilish tartibiga, vazifasiga, xo’jalik jarayonini aks ettirishiga, qayerda tuzilishi kabi xususiyatlarga ko’ra turkumlarga ajratiladi.
Hujjatlar tuzilish tartibiga ko’ra, dastlabki va yig’ma hujjatlarga bo’linadi.
SHu dastlabki hujjatlar tekshirilib, ular asosida yig’ma hujjatlar tuziladi va bu hujjatlar ma’lum bir davr ichida ro’y bergan jarayonlar haqida ma’lumotlar beradi.
Yig’ma hujjatlarga tovar hisoboti va kassir hisobotini misol tariqasida keltirish mumkin.
Hujjatlar vazifasiga ko’ra 5 turga ajratiladi:
1. Farmoyish beruvchi hujjatlar. Biror xo’jalik jarayonini bajarish uchun albatta ma’sul xodimlar tomonidan buyruq beriladi yoki jamoa qaror qabul qiladi. Unda jarayonni bajaruvchi shaxslar hamda jarayonlarning bajarilish muddati ko’rsatilgan bo’ladi.
2. Tasdiqlovchi hujjatlar. Xodim, ma’sul shaxsning biror xo’jalik jarayonini bajarganini tasdiqlovchi hujjatlar ham amalda qo’llaniladi. Masalan, asosiy vositalarning qabul qilish-topshirish dalolatnomasi asosiy vositalarni qabul qilinganini, to’lov vedomostlari mehnat haqi berilganini (deponentlashtirilganligini) isbotlaydi. SHuning uchun ham bunday hujjatlar tasdiqlovchi hujjatlar deyiladi.
3. Farmoyish-tasdiqlovchi hujjatlar. Korxonalar buxgalteriya hisobini yuritishda shunday hujjatlar ham mavjudki, ularda bir vaqtning o’zida jarayon bajarilishiga farmon berilishi bilan birga jarayon bajarilgan- ligini tasdiqlash xususiyati ham mujassamlashtirilgan.
4. Buxgalteriya hisobotiga ilova hujjatlari. Buxgalteriya hisobini yuritishda xo’jalik jarayonlari ro’y berishi bilan bevosita bog’liq bo’lmagan, ammo hisob ishlarida ahamiyatli hujjatlar ham borki, ular rasmiy- lashtirish hujjatlar deb ataladi.
5. Axborot hujjatlari. Korxonada ro’y bergan xo’jalik jarayonlarining asosi hisoblangan uning moliyaviy holati, tovar moddiy boyliklari zaxiralari haqida axborot beruvchi hujjatlar, ichki boshqaruv va yuqori tashkilot hamda muassasalari, davlat soliq nazorati, kreditorlar, aksiyanerlar, ta’sischilar, tashqi auditorlarga zarur vaqtlarda tegishli axborotlar olishda xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |