Fani bo’yicha O’quv-uslubiy majmua bilim sohasi


-MAVZU. O‘ZBEKISTONDA VIJDON ERKINLIGI



Download 2 Mb.
bet110/261
Sana17.01.2022
Hajmi2 Mb.
#381798
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   261
Bog'liq
дин мажмуа 2021

9-MAVZU. O‘ZBEKISTONDA VIJDON ERKINLIGI.

Reja:

9.1. Vijdon erkinligi tushunchasi. Xalqaro me’yoriy xujjatlarda vijdon erkinligi.

9.2. O‘zbekistonda vijdon erkinligining Asosiy Qonun bilan kafolatlanishi.

9.3. O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan diniy konfessiya va tashkilotlar.

9.4. Missionerlik va prozelitizm xavfining bartaraf etilishi.

9.5. Ma’rifiy islomni targ‘ib etish - yoshlarni diniy mutaassiblik, aqidaparastlik va ekstremistik g‘oyalardan muhofaza etishning oqilona yuli.



Tayanch tushunchalar: vijdon erkinligi, diniy-mafkuraviy diniy tashkilot, siyosiylashuv, ibodat, radikallashuv, qonunning yangi tahriri.

Kerakli jihozlar: doska, bo‘r, kompyuter, proektr, elektron doska.

Mavjud materiallar: fan bo‘yicha majmua, ishchi o‘quv dastur, tarqatma materiallar, ma’ruza matni, slayd.
9.1. Vijdon erkinligi tushunchasi. Xalqaro me’yoriy xujjatlarda vijdon erkinligi.

Vijdon erkinligi tushunchasi qanday ma’noni bildiradi? Vijdon erkinligi kishining biror dinga e’tiqod qilish yoki xech qanday dinga e’tiqod qilmaslik xuquqidir. SHuning uchun bu muammo ijtimoiy hayotda tarixan muhim va murakkab masala bo‘lib kelgan. Vijdon erkinligi xuquqi kishilarning dinga bo‘lgan munosabatidan tashqari shaxsning demokratik, adolatparvarlik va insonparvarlik kabi katta ijtimoiy, siyosiy, xuquqiy va axloqiy tushunchalarni ham qamrab oladi.

Talaba mavzuni yoritishda Vijdon erkinligi kishilarning ruhiy olamiga, uning sog‘lom va barkamolligiga bevosita ta’sir ko‘rsatishini anglab olmog‘i lozim. SHuning uchun ham bu masalaning ijtimoiy hayotdagi o‘rni va bajaradigan vazifalari g‘oyat muhimdir. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ustavidan tortib, barcha xalqlar xujjat va shartnomalarda, hamma mamlakatlarning konstitutsiya va qonunlarida vijdon erkinligi masalasi o‘z ifodasini topgan.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1948 yilda qabul qilingan “Inson xuquqlari umumjahon deklaratsiyasi”ning 18-moddasiga muvofiq “Har bir inson fikrlash, vijdon va din erkinligi xuquqiga ega. Bu xuquq o‘z dini yoki e’tiqodini o‘zgartirish erkinligini, o‘z dini yoki e’tiqodiga o‘zicha, shuningdek boshqalar bilan birgalikda amal qilish kafolatini, ibodat qilishda va diniy marosimlarda yakka tartibda va odamlar orasida birga qatnashish erkinligini o‘z ichiga oladi”.

Mazkur normaga ko‘ra vijdon erkinligi shaxsga quyidagi huquqlarni kafolatlaydi:

•SHaxsning o‘z dini yoki e’tiqodiga ega bo‘lish;

•SHaxsning o‘z dini yoki e’tiqodini o‘zgartirish;

•Ta’limotda, toat-ibodat qilishda va diniy rasm-rusm hamda marosimlarni ommaviy yoki xususiy tartibda ado etish;

•O‘z dini yoki e’tiqodiga yakka o‘zi, shuningdek, boshqalar bilan birga amal qilish.

Bundan tashqari, “Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risida”gi xalqaro Paktning 19-moddasida ham vijdon erkinligiga ayni shu mazmunda izoh berilgan.

Vijdon erkinligi qandaydir bir mavxum tushuncha emas, u albatta

ma’lum ijtimoiy vaziyatda namoyon bo‘ladi. SHuning uchun uni konkret tarixiy, ijtimoiy sharoitsiz, ob’ektiv va sub’ektiv omillarsiz tasavvur qilish qiyin. Bundan tashqari “vijdon erkinligi” tushunchasini ilmiy talqin qilishda albatta milliy, mafkuraviy, madaniy va sinfiy omillarni ham nazarda tutish kerak.

Vijdon erkinligi dinga ishonuvchilarni majburan o‘z e’tiqodlaridan qaytarib, dinni ma’muriy tarzda taqiqlab qo‘yishning har qanday nazariy va amaliy ko‘rinishlariga chek qo‘yadi. SHuningdek, u jamiyatdagi barcha konfessiyalar, ya’ni dinlar, cherkov va diniy birlashmalar, turli dinlarga e’tiqod qiluvchi kishilarni teng xuquqli deb biladi, biron bir dinni imtiyozli, boshqa dinlardan ustun qilib qo‘ymaydi. SHu bilan birga jamiyatda ilmiy dunyoqarashning qaror topishini vijdon erkinligining amalda namoyon bo‘lish belgilaridan biri deb xisoblaydi.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida bu masalalar o‘z echimini topgan va u dunyodagi rivojlangan mamlakatlardagi huquqiy-me’yoriy talablarga to‘la javob beradi. Har qanday dinga e’tiqod qiluvchi va hech qanday dinga e’tiqod qilmaydigan kishilar uchun bir xildagi shartlar qo‘yilishini ta’minlovchi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasida, jumladan, shunday deyiladi: “Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi” 18.

Mazkur qoidada dunyoviy davlatning dinga bo‘lgan munosabatini ifodalaydigan asosiy tamoyillar o‘z ifodasini topgan:

- dindorlarning diniy tuyg‘ularini hurmat qilish;

- diniy e’tiqodlarni fuqarolarning yoki ular uyushmalarining xususiy ishi deb tan olish;

- diniy qarashlarga amal qiluvchi fuqarolarning ham, ularga amal qilmaydigan fuqarolarning ham huquqlarini teng kafolatlash hamda ularni ta’qib qilishga yo‘l qo‘ymaslik;

- ma’naviy tiklanish, umuminsoniy axloqiy qadriyatlarni qaror toptirish ishida turli diniy uyushmalarning imkoniyatlaridan foydalanish uchun ular bilan muloqot qilish yo‘llarini izlash zarurati;

- dindan buzg‘unchilik maqsadlarida foydalanishga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini e’tirof etish19.

Davlatning dinga munosabatidagi asosiy xususiyati – bu dinning

siyosatga aralashmasligi. Zero, har qanday din, birinchi o‘rinda ma’naviy-axloqiy jihatni o‘z ichiga oladi.



Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish