Fаngа kirish. Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish nazariyasi va metodikasi kursi vа uning bo’lаjаk fаn o’qituvchisining uzluksiz tа’lim tizimidаgi o’rni. Kursning prеdmеti, mаqsаdi vа mаzmuni



Download 3,28 Mb.
bet42/85
Sana26.02.2022
Hajmi3,28 Mb.
#467294
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   85
Bog'liq
2797 маърузалар

4 - ilova

E’tibor berilishi lozim bo’lgan navbatdagi masala kichik guruhlarni shakllantirish jarayonini yaxshilab o’rganib chiqishdan iborat. O’quvchilar guruhlarda nafaqat o’quv masalasini yechishi, balki kommunikativ ko’nikmalarni ko’rsata olishi va mustahkamlashlari ham kerakligini yodda saqlash lozim. Shuning uchun avval boshdan bir-birining boshlagan ishini qo’llab quvvatlashga xohishi borligi va tayyor ekanligi o’z aksini topadigan guruhning emosional iqlimi to’g’risida ham qayg’urish kerak bo’ladi.


Kichik guruhlarga birlashishda o’quvchilarning o’z istaklariga qarash mumkin. Bunda yondashishning ijobiy tomoni o’quvchilarning o’zaro shaxsiy xayrixohliklarini hisobga olinishidir. Lekin salbiy tomonlari ham bor. Natijada kuch bo’yicha bir-biriga teng bo’lmagan guruhlar tashkil qilinishi mumkin va hamkorlikda olib borilgan faoliyat natijalari ham keskin farq qilishi mumkin. Bundan tashqari, guruhda do’stona, lekin o’zibo’larlikka asoslangan muhit yuzaga kelib, o’zaro muloqotda bo’lishga qiziqish, o’quv masalasini yechish jarayonini siqib chiqarishi mumkin.
Guruhlarni shakllantirganda yechiladigan masalaning mazmunini ham e’tiborga olish lozim. Masalan, o’qituvchi har bir guruhga masalaga qarama-qarshi nuqtai nazarda bo’lgan o’quvchilarni kiritishi mumkin. Natijada masalani yechish jarayonidagi muhokama jonli va qiziqarli chiqadi. Yoki aksincha, a’zolari bir sohaga qiziqishlari bo’lgan ta’vsirlanuvchi gamogen guruhlarni tuzish ham mumkin.
«Informatika va axborot texnologiyalari» fanini o’qitishda quyidagi asosiy o’qish shakllaridan foydalaniladi:

Informatika» fanidan ma’ruza mashg’ulotlarida o’qituvchi asosiy nazariy bilimlarni o’quvchilarga beradi. Amaliy mashg’ulotlarda esa berilgan nazariy bilimlar mustahkamlanadi. «Informatika» fanidan laboratoriya mashg’ulotlari individual shaklda o’tkaziladi.




O’qitish uslublari


O’qitish uslublari (metodi) (grekcha metodos – biror narsaga yo’l so’zidan) – bu ta’lim va tarbiya vositasi sifatidagi o’qitish maqsadlariga erishishga yo’naltirilgan o’qituvchi va o’quvchining bir-biri bilan bog’langan faoliyatining tartiblangan metodlaridir.
O’qitish metodlari muammosini qisqacha «qanday o’qitish kerak?» degan savol yordamida ifoda qilish mumkin. Lekin shuni e’tirof etish lozimki, ushbu savolga javob olish uchun «Nima uchun o’qitish kerak? «Nimalarni o’qitish kerak?» va «Kimlarni o’qitish kerak?» kabi savollar bo’yicha yetarlicha axborotga ega bo’lish kerak. Ana shundagina o’qitish maqsadi va mazmuniga, o’quvchilarning fikrlash faoliyati darajasiga to’liq javob bera oladigan o’qitish metodlarini tanlash masalasi Hal etilishi mumkin.
O’qitishning maqsad va vazifalari o’qitish metodini yagona ravishda aniqlamaydi. Ma’lum bir mazmun bir necha metod bilan o’rganilishi mumkin. Bunda albatta Har bir metod yordamida o’qitish maqsadlariga erishiladi.
O’qitish metodlari ko’p qirralidir. Shu sababli Ham ularni ko’plab tasniflari mavjud. Bu tasniflarda metodlar bir yoki bir nechta belgilar bo’yicha jamlanadi.
An’anaviy tasnif - umumiy belgi sifatida bilim manbai olinadi.
Amaliy metodlari – tajriba, mashqlar, mustaqil ish, laboratoriya ishi va boshqalar.
Ko’rgazmali metodlar – illyustrasiya, amaliyotni kuzatish va boshqalar.
Og’zaki metodi – tushuntirish, Hikoya qilish, suHbat, ma’ruza va boshqalar.
Kitob bilan ishlash metodlari – o’kish, tez ko’rib chiqish, bayon etish, qayta so’zlab berish, konspekt yozish va boshqalar.
Hozirgi kunda akademik Yu. K. Babanskiy tavsiya etgan tasniflash keng tarqalgandir:

  • o’quv–bilish faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish metodlari;

  • o’quv–bilish faoliyatini nazorat va o’z–o’zini nazorat qilish metodlari;

  • o’quv–bilish faoliyatini rag’batlantirish va motivasiya metodlari;

  • o’quv–tarbiya jarayonida o’qitish metodlari quyidagi funksiyalarni bajarishi ma’lum;

  • o’rgatuvchi (metod yordamida o’qitish maqsadiga erishiladi);

  • rivojlantiruvchi (metod yordamida o’quvchilar rivojlanishining u yoki bu sur’ati (tempi) va darajalariga erishiladi);

  • tarbiyaviy (metod yordamida tarbiya natijalari oldindan belgilanadi);

  • istak tug’diruvchi yoki motivasiya (o’qituvchi uchun metod o’quvchida o’qish uchun istak tug’diruvchi va bilish faoliyatini rag’batlantiruvchi vosita bo’lib hizmat qiladi);

  • nazorat–korreksion (metod yordamida o’qituvchi o’quv jarayonining borishi va natijalarini taxlil qiladi).




Download 3,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish