Monitoring va baholash: o’quv mashg’ulotida ham, butun kurs davomida ham o’qitishning natijalarini rejali tarzda kuzatib borish. Kurs oxirida test topshiriqlari yoki yozma ish variantlari yordamida tinglovchilarning bilimlari baholanadi.
“Korxona iqisodiyoti” fanini o’qitish jarayonida kompyuter texnologiyasidan foydalaniladi. Mavzular bo’yicha talabalar bilimini baholash yozma, test asosida bajariladi. "Internet" tarmog’idagi rasmiy iqtisodiy ko’rsatkichardan foydalaniladi, tarqatma materiallar tayyorlanadi, test tizimi hamda tayanch so’z va iboralar asosida oraliq va yakuniy nazoratlar o’tkaziladi.
NAZORAT ISHLARINI BAJARISH BO’YICHA ASOSIY TALABLAR VA USLUBIY KO’RSATMALAR Nazorat ishlari o’quv grafigida ko’rsatilgan muddatlarda topshirilishi shart. Belgilangan muddatlarda nazorat ishlarini topshirmagan talabalar mazkur fanlardan o’tkaziladigan yakuniy nazorat imtixonlariga qo’yilmaydilar. Ushbu kurs bo’yicha nazorat ishlari 21 ta variantdan iborat bo’lib, gurux jurnalidagi talabaning tartib raqamiga mos variantni bajarishi talab qilinadi. Talabalarning tartib raqamiga mos kelmaydigan nazorat ishlari hisobga olinmaydi.
«Korxona iqtisodiyoti» fanidan nazorat ishlarini tanlash bo’yicha ko’rsatma
Variant Lar
Savollarning tartib raqami
Izox
1
2
3
4
Talabalar tomonidan bajarilgan nazorat ishlari, professor - o’qituvchi uchun talabaning ushbu fanni qay darajada o’zlashtirganligiga, dastlabki baho berish imkon beradi.
Nazorat ishlari to’rtta savoldan iborat bo’ladi. Nazorat ishini yozishga o’tirishdan oldin, talaba nazariy materiallarni o’rganib chiqishi kerak. So’ngra reja asosida antiqiy ketma-ketlikda bayon etishi talab qilinadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati nazorat ishining oxirida ko’rsatiladi. Ularning soni 5-7ta bo’lishi va so’ngi 5 yil ichida chop etilgan bo’lishi talab qilinadi. Mualiflarni familiyalariga qarab, alfavitga mos ravishda joylashtiriladi.
Nazorat ishi qo’lyozma shaklda tushinarli dasthat bilan yozilishi kerak va hajmi 15-20 varaq bo’lib daftarga yoziladi hamda har bir varaqqa tartib raqami qo’yilishi shart.
Nazorat savollari:
Korxona iqtisodiyoti fanining o‘qitish maqsadi.
Korxona iqtisodiyoti fanining predmeti.
Korxona iqtisodiyoti fanining ob’ekti.
Korxona iqtisodiyoti fanining vazifalari.
Usul tushunchasi.
Korxona iqtisodiyoti fanining o‘rganishni printsiplari (asoslari).
Korxona iqtisodiyoti fanining o‘rganish usullari.
Korxonaga ta'rif bering.
Aniq usullar va taxlil etish usullarni tushuntiring.
Korxonalar faoliyat yuritish asoslari.
Korxona haqida tushuncha.
Korxona faoliyatining maqsadi.
Korxona faoliyatining vazifalarni
Korxona faoliyatining belgilari
Korxona faoliyatining funktsiyalari
Korxonani tashkiliy tuzilishini tushuntiring.
Ishlab chiqarish va bozor aloqalari.
Raqobat nima va unga ta'sir etuvchi omillar.
Kichik va o‘rta biznes va uning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi istiqbollari.
Korxonani tashkil tamoyillarini tushuntiring.
Yangi korxona tashkil qilish maqsadini tuntiring.
Korxonalar turlari.
Nizom nima?
Korxonani qayta tashkil qilishni tushuntiring.
Korxona tugatilishi jarayonini tushuntiring.
Bankrotlik nima?
Tanglikdan chiqishning asosiy yo‘nalishlarini tushuntiring?
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida mehnatga haq to‘lashni takomillashtirish.
Mehnat unumdorligini oshirishni aosiy yo‘nalishlari.
Tannarx mohiyati va uni pasaytirishning ahamiyati.
Tannarx tarkibi va tuzilishi.
Ishlab chiqarish harajatlari tarkibi.
Ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirish yo‘llari.
Foyda va uning tadbirkorlikni yuksalishidagi ahamiyati.
Foydaning shakllanishi va taqsimlanishi.
Rentabellik va uni aniqlash usullari.
Investitsiya va investor.
NAZORAT ISHLARINI BAHOLASH MEZONLARI
Talabaning bilim saviyasi, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilishning ash tizimi asosida talabaning fan bo‘yicha o‘zlashtirish darajasi baholari orqali ifodalanadi.
Ball
Baho
Talabalarning bilim darajasi
5
A’lo
Xulosa va qaror qabul qilish. Ijodiy fikrlay olish. Mustaqil mushohada yurita olish. Olgan bilimlarini amalda qo‘llay olish. Mohiyatini tushuntirish. Bilish, aytib berish. Tasavvurga ega bo‘lish.
4
Yaxshi
Mustaqil mushohada qilish. Olgan bilimlarini amalda qo‘llay olish. Mohiyatini tushuntirish. Bilish, aytib berish. Tasavvurga ega bo‘lish.
3
Qoniqarli
Mohiyatini tushuntirish. Bilish, aytib berish Tasavvurga ega bo‘lish.
2
Qoniqarsiz
Aniq tasavvurga ega bo‘lmaslik. Bilmaslik. Talabaning qoniqarsiz o‘zlashtirishi reyting daftarchasiga qayd etilmaydi.
Talaba nazorat natijalaridan norozi bo‘lsa, fan bo‘yicha nazorat turi natijalari e’lon qilingan vaqtdan boshlab bir kun mobaynida sirtqi bo’lim boshlig’iga ariza bilan murojaat etishi mumkin. Bunday holda sirtqi bo’lim boshlig’ining taqdimnomasiga ko‘ra rektor buyrug’i bilan 3 (uch) a’zodan kam bo‘lmagan tarkibda apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi. Apellyatsiya komissiyasi talabalarning arizalarini ko‘rib chiqib, shu kunning o‘zida xulosasini bildiradi. Baholashning o‘rnatilgan talablar asosida belgilangan muddatlarda o‘tkazilishi hamda rasmiylashtirilishi sirtqi bo’lim boshlig’i, kafedra muduri, o‘quv-uslubiy boshqarma hamda ichki nazorat va monitoring bo‘limi tomonidan nazorat qilinadi.