O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI
“SANOAT ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISH”
kafedrasi
SIRTQI TA’LIM TALABALARI UCHUN
«KORXONA IQTISODIYOTI»
fanidan
nazorat ishlarini bajarish bo’yicha
USLUBIY KO’RSATMA
Bilim sohasi:
Ta’lim sohasi:
Ta’lim yo’nalishi:
|
200000
230000
5230100
|
- Ijtimoiy soha, iqtisod
- Iqtisod
- Iqtisodiyot (tarmoqlar va soxalar)
|
Andijon - 2020
Fandan nazorat ishlarini bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatma ishchi o‘quv reja va OO‘MTV tomonidan 2018yil «14» iyunda tasdiqlangan va 2018 yilning 26- mayida № BD – 5231600-4.01 raqam bilan ro‘yxatga olingan «Korxona iqtisodiyoti» fanining o‘quv dasturi asosida ishlab chiqildi.
Tuzuvchilar :
1.М.М.Dadajonova-AhdMI “Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish” kafedrasi dotsenti, i.f.n.
S.M.A’zamov – «Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish» kafedrasi dotsenti
M. М.Muxtorov – «Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish» kafedrasi katta o‘qituvchisi
Taqrizchilar:
1.E. Qo‘ldoshev -AndMI «Mashinasozlik ishlab chiqarishini avtomatlashtirish» kafedrasi dotsenti, i.f.n.
2.D. Isroilova -AndMI «Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish» kafedrasi kat. o‘qituvchisi i.f.n.
Fandan nazorat ishlarini bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatma «Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish» kafedrasining 2020-yil avgustdagi 1 - son yig’ilishida ko’rib chiqilgan va fakultet kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.
Kafedra mudiri:_____________ S.Azamov
Fandan nazorat ishlarini bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatma Sirtqi bo’lim tomonidan muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan (2020- yil avgustdagi 1 - sonli bayonnoma).
Sirtqi bo’lim boshlig’i: _____________ U. Xolmatov
Kelishildi: O’quv - uslubiy bo’lim boshlig’i _____________ M.Jo’raxonov
Kirish
“Korxona iqtisodiyoti” fanini umum kasbiy fan hisoblanib, 3-kurs talabalariga 5-semestrda o‘qitiladi. “Korxona iqtisodiyoti” fanidan tayyorlangan ushbu dastur bakalavriat yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalaga кorxonalar iqtisodiy faoliyatiga doir ko‘nikmalarini shakllantirish, tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishda, korxonalar faoliyatini boshqarish, korxonalar iqtisodiy natijalarini tahlil qilish va korxonani rivojlantirish istiqbollarini o‘rganish imkonini beradi.
Talabalarga korxonalar iqtisodiyotiga oid qoidalar va xulosalarni puxta o‘zlashtirishlari, kelgusi faoliyatida samarali foydalanishlari hamda ijodiy yondashishlarini ta’minlash fanni o‘rganish oldida turgan asosiy vazifalardan biridir. Ushbu fan talabalarda zarur aniq iqtisodiy bilimlarni shakllashtirishga qaratilgan bo‘lib, bu bozor munosabatlari va iqtisodiy ishlarni markazi hozirgi kunda birlamchi bo‘g’in korxona iqtisodiyoti darajasiga ko‘tarilgan sharoitlarda juda muhim hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |