O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI HUZURIDAGI TA’LIM TIZIMIDAGI RAHBAR, PEDAGOG VA MUTAXASSIS XODIMLARNI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH MARKAZI
O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI KAFEDRASI
“FANDAGI YANGILIKLAR, FANNI DOLZARB MUAMMOLARI” MODULI BO‘YICHA
O‘QUV-USLUBIY MAJMUA
Malaka oshirish yo‘nalishi:
|
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, ixtisoslashtirilgan maktab-internati, ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktablari ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari
|
Namangan-2022
O‘zbekiston respublikasi XALQ ta’limi vazirligi
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI HUZURIDAGI TA’LIM TIZIMIDAGI RAHBAR, PEDAGOG VA MUTAXASSIS XODIMLARNI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH MARKAZI
“O‘ZBEK TILI VA ADBIYOTI” KAFEDRASI
ONA TILI VA ADABIYOT FANI O‘QITUVCHILARIning MALAKASINI OSHIRISH KURSI tinglovCHilari UCHUN
“FANDAGI YANGILIKLAR, FANNI O‘QITISHNING DOLZARB MASALALARI”
O‘QUV-USLUBIY MAJMUA
Umumiy soat: 18 soat
Namangan – 2022
Mazkur o‘quv uslubiy majmua Xalq ta’limi vazirining 2021-yil 31-maydagi 166-son hamda 2021-yil 28-iyundagi 193-son buyruqlari bilan tasdiqlangan tayanch o‘quv reja va namunaviy dasturi asosida ishlab chiqildi.
Tuzuvchi – Namangan davlat universiteti 10.00.01- o‘zbek tili 1-kurs tayanch doktoranti U.Yokubbayeva
Taqrizchi - Namangan davlat universiteti Filologiya fakulteti “O‘zbek tili va adabiyoti ” kafedrasi mudiri PhD U.Qo‘ziyev
Mazkur o‘quv-uslubiy majmua Namangan viloyati XTXQTMOHM “Ijtimoiy-gumanitar fanlar metodikasi” kafedrasining 2022-yil ____ martdagi _____-sonli yig‘ilishi qarori bilan ma’qullangan, hamda Namangan viloyati XTXQTMOHM Ilmiy-metodik kengashining 2022-yil ______ martdagi _____-sonli yig‘ilishi qarori bilan o‘quv jarayonida foydalanish uchun tavsiya etilgan.
KIRISH
Ushbu majmua O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli Farmoni, 2018-yil 5-sentyabrdagi “Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3931-sonli Qarori, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonli Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-conli farmonida belgilangan ustuvor vazifalar mazmunidan kelib chiqqan holda tuzilgan bo‘lib, u zamonaviy talablar asosida fan o‘qituvchilari malakasini oshirish jarayonlarining mazmunini takomillashtirish hamda ularning kasbiy kompetentligini oshirishni nazarda tutadi.
Dastur mazmuni O‘zbekiston Respublikasining ta’lim-tarbiya sohasidagi davlat siyosati, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning huquqiy-me’yoriy hujjatlari, pedagogning kasbiy kompetentligi va mahorati, ta’lim-tarbiya jarayoniga psixologik yondashuv, o‘quv jarayonida axborot-kommunikasiya texnologiyalarini qo‘llash, amaliy xorijiy til, ona tili va adabiyot fanini o‘qitishda innovatsion yondashuvlar, ona tili va adabiyot fanini o‘qitish metodikasi o‘quv jarayonini tashkil etishning zamonaviy usullarini o‘z ichiga oladi va ular bo‘yicha tegishli yangi bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan.
Dastur doirasida berilayotgan mavzular xalq ta’limi tizimi pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish mazmuni, sifati va ularning tayyorgarligiga qo‘yiladigan malaka talablari va o‘quv rejasi asosida shakllantirilgan bo‘lib, ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilarini zamonaviy ta’lim va innovasiya texnologiyalari, ilg‘or xorijiy tajribalardan foydalanishni nazarda tutadi.
“FANDAGI YANGILIKLAR, FANNI O‘QITISHNING DOLZARB MASALALARI” MODULINI O‘QITISHDA FOYDALANILADIGAN INTERFAOL TA’LIM METODLARI
“SWOT-tahlil” metodi.
Do'stlaringiz bilan baham: |