Abu Rayhon Beruniy ham komillikning asosini ilmli bo’lishda deb hisoblaydi va barcha illatlarning asosiy sababi ilmsizlikdir, deya urg’u beradi. Allomaning fikricha, axloqiylik, to’g’rilik, odillik, tadbirkorlik, o’zini vazmin tutish, kamtarlik, insof, ehtiyotkorlik, shuningdek, aadolatli va vijdonli bo’lish komil inson qiyofasida aks etishi zarur bo’lgan eng asosiy sifatlardir.
Abu Ali ibn Sino ham kamolotga erishishning birinchi mezon sifatida bilimli bo’lishni alohida qayd etadi. Bilimli insonning adolatli bo’lishi esa uning yanada yuksalishini ta’minlaydi, deya baholab alloma, adolatni ruhiy lazzat (ruhiy xotirjamlik)ning muhim ko’rsatkichi ekanligini uqtiradi.
Alisher Navoiy asarlarida komil inson muammosi markaziy o’rinni egallaydi va o’z orzusidagi komil inson shaxsini asarlarining qahramonlari timsolida gavdalantirishga urinadi. Mutafakkir qarashlarida komil inson quyidagi sifatlarga ega bo’lishi borasidagi g’oya ilgari suriladi: aqlli, axloqli, bilimli, ijodkor, qobiliyatli, dono, kamtar, insonparvar, saxovatli, sabr-qanoatli, adolatli, muruvvatli, sog’lom, jismonan baquvvat, mard va jasur.
Abdulla Avloniy komil insonni tarbiyalash borasidagi qarashlari bilan SHarq mutafakkirlarining fikrlarini boyitar ekan, komil inson qiyofasida, yana shuningdek, vatanparvarlik, hamda intizomlilik sifatlari ham namoyon bo’lishi kerak, deb hisoblaydi. Alloma millat taqdirining jonkuyari sifatida milliy til taraqqiyoti jamiyat ma’naviy rivojini ta’minlovchi asosiy omil, deya baholaydi.
SHAXSNING JAMOADA QAROR TOPISHI. Shaxs psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi muayyan jamiyat a’zosi bo’lib, uning shakllanishi ijtimoiy munosabatlar jarayonida kechadi. Mazkur jarayonda qatnashish asosida u jamiyat tomonidan tan olingan ma’naviy-axloqiy, shuningdek, huquqiy me’yorlar mohiyatini o’zlashtiradi. Jamiyatning a’zosi sifatida uning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlovchi mehnat faoliyatini yo’lga qo’yadi. SHuningdek, shaxsiy ehtiyojlari, manfaatlarini qondirish yo’lida ham atrofdagilar bilan munosabatga kirishadi.
SHaxs ijtimoiy muhitdan uzilgan holda mavjud bo’la olmaydi. Buning misoli sifatida R.Kipling tomonidan yaratilgan asardagi Mauglini keltirish mumkin. Garchi, inson bolasi bo’lsada, ijtimoiy munosabatlar jarayonida ishtirok etish ko’nikma va malakalari shakllanmaganligi bois odamlar hayotiga moslasha olmaydi.
Bola yoshligidan o’yin, mehnat va o’qish faoliyatlarini tengdoshlari bilan birgalikda tashkil etish asosida ijtimoiy muhitga moslasha boradi. Ijtimoiy muhit bolaga borliqni anglash uchungina emas, balki o’zligini anglash uchun ham imkoniyat yaratadi. Bolaning doimiy ravishda jamoa orasida bo’lishi, uning jamoa ta’sirida shakllanishi unda ijtimoiy faollikni yuzaga keltiradi.
SHarq mutafakkirlari jamoaning shaxs kamolotini ta’minlashdagi o’rni va roliga alohida e’tibor berganlar. Xususan, Abu Ali ibn Sino ijtimoiy muhitning shaxsni shakllantirishdagi rolini yuqori baholaydi. Tashqi muhit va odamlar insonning borliq, unda kechayotgan o’zgarishlar, jarayonlar mohiyatini anglashgagina emas, balki uning xulqida yaxshi va yomon sifatlarning shakllanishiga ham sezilarli ta’sir etishi, shu bois bolalarni tarbiyalashda u mansub bo’lgan mikromuhit xususiyatini inobatga olishni ta’kidlaydi. Bolani yomon ta’sirlardan saqlash zarurligini uqtiradi.
Shuningdek, alloma o’qitish samaradorligini ta’minlashda bolalarga jamoa asosida bilimlarni berishni maqsadga muvofiqligini ta’kidlaydi.
Abu Nasr Forobiyning uqtirishicha, inson blshqalar bilan munosabatda bo’lish, ularning yordami va qo’llab-quvvatlashlarini his etish ehtiyojiga ega. Ana shu ehtiyojni qondirish yo’lidagi amaliy harakatlar insonni kamolotga yetaklaydi, deb hisoblaydi. Abu Rayhon Beruniy esa shaxsning rivojlanishida o’zaro yordam, hamkorlik, odamlarga nisbatan xayrihohlik uning ijtimoiy muhitdagi roli va o’rnini belgilab beradi.
Jamoa haqida tushuncha. JAMOA (lotincha «kollektivus» so’zining tarjimasi bo’lib, yig’ilma, omma, birgalikdagi majlis, birlashma, guruh) bir necha a’zo (kishi)lardan iborat bo’lib, ijtimoiy ahamiyatga ega umumiy maqsad asosida tashkil topgan guruh demakdir. Zamonaviy talqinda «jamoa» tushunchasi ikki xil ma’nodaishlatiladi.Birinchidan, jamoa deganda bir necha kishilarning muayyan maqsad yo’lida birlashuvidan iborat tashkiliy guruhi tushuniladi (masalan ishlab chiqarish jamoasi, zavod jamoasi, o’quv yurti jamoasi, xo’jalik jamosi va hokazo). Ikkinchidan, jamoa deganda yuqori darajada uyushtirilgan guruh tushuniladi. CHunonchi, o’quvchilar jamoasi yuqori darajada uyushtirilgan birlashma hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |