Fan:Xronologiya metrologiya Mavzu:Sharqiy osiyo mamalakatlari kalendarlaridagi o’ziga xos jihatlari. O’quvchi: Namangan davlat universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti arxivshunoslik yo’nalishi arx bu 21 talabasi:ergashaliyev muhammadqodir🎓 Sharqiy Osiyo mamlakatlari kalendarlaridagio'ziga xos jihatlar . - Kalendar boshqa kalendarlardan tuzilishi jihatidan butunlay farq qiladi. Unda yil bir davriylik (sikl)ni tashkil qiladi va u oltmish yildan iborat. Butun oltmish yil ikki «ver» va «fazoviy» tarmoqlarga bo'linadi. Davriylikda beshta «fazoviy tarmoq» mavjud.
. - Bular: daraxt (mu), olov (xo), yer (giu), metall (szin), suv (shuy)dir. Har bir fazoviy tarmoq ham ikkiga bo‘linadi. Masalan, daraxt - o‘simlik, daraxt - buyum shaklidagi, olov - tabiiy olov va yoqilgan olov, metall - tabiatdagi va metall buyum, yer - haydalgan va haydalmagan yer, suv - oqayotgan va oqmayotgan suv tarzida.
. - Oltmish yillik davriylik kalendarida o‘n ikkita yer tarmoqlari ham boMgan. Ular biror bir hayvon nomi bilan atalgan. Masalan, sichqon (szi), sigir (chou), yoMbars (in), quyon (mao), ilon(chen), ot(u), qo'y(vey), maymun(shen), tovuq(yu), it(svuy), to'ng'iz(xav). Kalendarda oltmish yil davomida «yer tarmoqlar»i besh marta takrorlanadi. Oltmish yil davomida «fazoviy» va «yer» tarmoqlaridagi uyg'unlik hech takrorlanmavdi
. - Sharqiy Osiyo mamlakatlari kalendarlaridagi oltmish yillik sikl.Sharqiy Osiyo mamlakatlari kalendarida oltmish yillik siklning kelib chiqish tarixi quyidagicha: qadimda olam suv. olov, tuproq, metall va Yog’och kabi beshta unsurdan tashkil topgan deb hisoblangan hamda jadval ijobiy va salbiy xususiyatlarni mujassamlashtirgan. Quyidagi jadvalda oltmish yillik Xitov davriy kalendaridagi yillarning nomlanishi berilgan.
. - Yupiterning 12 yillik harakat yoli 30° dan qilib, 12 bo‘lakka bo"litigan (360° x 12 = 360°) va har bir boTagiga «fazoviy tarmoq» deb ataluvchi o‘n ikki oyning belgilari qo'yib chiqilgan. Kevin milod boshlarida bu belgilarga hayvonlarning nomlari qo'shib qo'yilgan. Bular Quyoshning yillik ko'rinma harakati yo‘lida joylashgan ushbu yulduz turkumlari egallagan hududlarga mos keladi: liamal, savr, javzo, saraton, asad, sunbula, mezon, aqrab, qavs. jadiy, dalv va hut. Sharqiv Osiyo mamlakatlari xalqlari «fazoviy tarmoq», «yer tarmoqlar»i belgilaridan tashkil bo'lgan (60x5) yilni o'z ichiga oigan siklik jadval kalendarni tuzganlar.
. - Mazkur kalendar ma’lum yil «fazoviy tarmoq»ning vertikal ustuni va «yer tarmog‘i»ning gorizontal yo‘li kesishgan katakda joylashib, qo‘shma «quvon-olov», «maymun-metall» yoxud «olov-suv» kabi nomlar bilan ataladigan bo‘lgan va aynan shu nomlarga mos ravishda, 60 yildan so‘nggina qaytarilgan. 60 yillik siklga ega bo‘lgan bu kalendar hozirgi kunda Xitoy, Yaponiya, Koreya, Vetnam va Mo‘g‘ulistonda qo‘llaniladi.
. - Xitoy va Koreyada «fazoviy tarmoq»ni tashkil etgan unsurlar ikkilamchi ijobiy va salbiy xususiyatlarga ko‘ra ikkiga bo'lingan holda, Yaponiyada ular yosh xususiyatlariga ko‘ra katta va kichik nom bilan, Mo‘g‘ulistonda esa besh unsur faqat ranglar bilan ko‘k (ba’zan yashil), qizil, sariq. oq va qora bilan qo'llaniladi.
. - Chjuan-yuy li» nomli kalendar qadimgi kalendarlardan biri liisoblanadi. U mukammalligi jihatidan yarim asr keyin yaratilgan Yulian kalendari bilan bahslasha olardi. Xitoyda Sin sulolasi (er.avv. 246-201) davrida yigirma to‘rt mavsumga bo‘lingan qishloq xo‘jaligi kalendari ishlab chiqilgan. linda yillarni, mavsumlarni Oy harakatiga ko'ra bo'lishgan. Dehqonlar shu kalendardan urug‘ ekish. hosil yig'ish va boshqa qishloq xo'jaligi ishlarida foydalanishgan. Bunday kalendarlardan bugungi kunda ham dehqonlar foydalanishadi
.
Do'stlaringiz bilan baham: |