Matndagi havolalar va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati O’zR VM huzuridagi OAK Prezidiumining 11 aprel 2013 yildagi 365-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Dissertaciya va avtoreferatlarni rasmiylashtirish qoidalari” asosida belgilangan me’yorlarga muvofiq rasmiylashtiriladi. Maqolada foydalanilgan manbalar kvadrat qavsga olinib, matnda kelish tartibi bo’yicha raqamlanadi, masalan [1].
Izohlar: 1. Asosiy matnni ma’no jihatdan izohlash yoki unga qo’shimcha kiritish asosiy matn satrlari orasiga qoraytirilmagan kursiv bilan rasmiylashtiriladi, masalan: Izoh: (bitta izoh uchun), Izohlar (bir necha izoh bo’lsa). U(lar) matndan nuqta orqali ajratiladi. Izohlar ketma – ket raqamlangan bo’lishi lozim.
Grant havolalar mavjud bo’lgan holda grantga havola asosiy matn satrining tagidagi tasmaga joylashtiriladi (satr osti izohi).
Formulalar. Satr orasidagi va bir satrli formulalar maxsus redaktorlardan foydalanmasdan terilishi lozim. Maxsus murakkab simvollar, shuningdek oddiy holda terish imkoni bo’lmagan ko’p satrli formulalar Math Type formulalar redaktorida terilishi lozim. Butun matn davomida matematik formulalarni terish bir xil qolipda bo’lishi zarur:
simvollarning o’lchamlari Math Type redaktor standarti orqali belgilangani bo’yicha bo’lishi lozim;
ruscha va grekcha simvollar – to’g’ri shrift bilan;
lotincha – kursiv formatda;
Alohida satrlarda terilgan formulalar satr o’rtasiga joylashtiriladi.
Maqolaning asosiy matnida foydalaniladigan formula redaktorida oddiy lotincha, grekcha yoki maxsus simvollarni terishga ruxsat etilmaydi!
Jadvallar ketma – ket raqamlanishi lozim. “Jadval” so’zi oddiy, 10 pt shriftda terilib, o’ng tomonga tekislanadi. (masalan, 1-jadval). Uning ostida jadvallarning sarlavhasi qoraytirilgan harflar bilan satrning o’rtasiga joylashtiriladi. Hajmi katta bo’lgan jadvallar alohida betga joylashtiriladi. Betning enidan sezilarli darajada katta o’lchamga ega bo’lgan jadvallar betga albom shaklida joylashtiriladi.
Illyustraciyalar. Ilyustraciyalar va ularni sharhlovchi yozuvlari matnning tegishli joyiga joylashtirilib, ularning elektron varianti alohida fayl ko’rinishida ixtiyoriy ommalashgan grafik formatda (masalan, jpg, bmp, tiff, va h.k.) maqolaga ilova qilinadi. Ilyustrasiyalar matnda kelishi bo’yicha qoraytirilgan kursiv shrift bilan qo’shtirnoqsiz, ketma–ket raqamlanib (masalan, 1-rasm), satrning o’rtasiga joylashtiriladi. Izohlovchi yozuvlar ilyustraciyalar ostiga 10 pt shriftda keltiriladi. Rasmlar originaldan skanirlangan (bunda ular aniq, kontrastli va ortiqcha fonlarsiz bo’lishi kerak) yoki kompyuter grafikasi vositasida bajarilgan bo’lishi lozim.
Maqolaning terib, chiqarilgan variantiga quyidagilar ilova qilinishi zarur:
Ochiq matbuotda chop etish mumkinligi to’g’risida ekspert xulosasi.
Tashqi va ichki taqriz (taqrizchilar ilmiy darajali bo’lishi lozim).
Alohida chiqarilgan maqolaning rus va o’zbek tilidagi nomlari.
Maqolalar ichki ekspertizadan o’tkaziladi. Chop etishga tavsiya qilinmagan maqolalar qaytarib berilmaydi.
Maqolani rasmiylashtirishga misol:
Do'stlaringiz bilan baham: |