Tayoqlar bilan bajariladigan mashqlar
Tayoqlar bilan bajariladigan mashqlarini jismoniy tarbiya o’qituvchisi A.
Nurillaеv quyidagicha tavsiflaydi. Bu mashqlar, asosan, qo’lning panja
muskullari kuchini rivojlantirish, harakatlar sur’ati va ritmini oshirish
maqsadida qo’llaniladi. Ularni yakka holda va sherigi bilan bajarishi lozim.
Mashqni bajarishda qo’llaniladigan tayoqlar: gimnastika tayoqchasi;
yog’och, metall va sintetik materiallardan tayyorlangan tayoqlardan iborat
bo’lib ularning diametri 2-2,5 sm, uzunligi 80-90 sm bo’ladi.
Yakka holda bajariladigan mashqlar: o’ng va chap qo’l panjalari bilan
tayoqni yuqoriga, pastga siljitish tayoqni yuqoriga otib bir qo’llab ilib olish,
tayoqni bir qo’ldan ikkinchi qo’lga tashlab uning ma’lum bir joydan ushlab
olish.
152
Do'stlaringiz bilan baham: |