Ikkilamchi qayta ishlashdan olinuvchi distillyatlar kamdan-kam hollarda gidrotozalashga kiritiladi. Jarayonda foydalanadigan vodorod saqlovchi gaz riforming qurilmasidan olinib, uning tarkibidagi vodorod miqdori 60%dan 95%gacha bo‘ladi. Gidrotozalash jarayoni alyumokobaltmolibdenli (Al-Co-Mo) yoki alyumonikeltmolibdenli (Al-Ni-Mo) katalizatorlarda turli sharoitlarda o‘tkaziladi. - Ikkilamchi qayta ishlashdan olinuvchi distillyatlar kamdan-kam hollarda gidrotozalashga kiritiladi. Jarayonda foydalanadigan vodorod saqlovchi gaz riforming qurilmasidan olinib, uning tarkibidagi vodorod miqdori 60%dan 95%gacha bo‘ladi. Gidrotozalash jarayoni alyumokobaltmolibdenli (Al-Co-Mo) yoki alyumonikeltmolibdenli (Al-Ni-Mo) katalizatorlarda turli sharoitlarda o‘tkaziladi.
Dizel yoqilg‘isi distillyatini gidrotozalash - Jarayon qo‘zg‘almas qatlamli alyumokobaltmolibdenli katalizatorlar ishtirokida o‘tkaziladi. Xom-ashyo 1-nasos yordamida berilib, 16-kompressordan kelayotgan vodorod saqlovchi gaz bilan aralashtiriladi. Aralashma 6 va 4- issiqlik almashgichlarda isitilgandan so‘ng 2- quvurli pechga 380-425 0S haroratgacha qizdirilib 3- reaktorga beriladi. Aralashmani reaaktorga kirishdagi va chiiqishdagi haroratni farqi 10 0S dan oshmasligi kerak. Reaktsiya mahsulotlari reaktordan chiqib 4,5 va 6-issiqlik almashgich va barqarorlashtirish kolonnasi xom-ashyosiga beriladi, 1600S gacha soviydi. Gaz mahsuloti aralashmasi 7-havoli sovutgich va 8-suvli sovutgichda 38 0S gacha sovutiladi. Beqaror gidrogenizat yuqori bosimli 9-separatorda sirkulyatsiyalanuvchi gazdan ajratiladi. Gidrogenizat separator pastidan chiqarilib 10- issiqlik almashtirgichda 2400S gacha isitilib, keyin 5-issiqlik almashgichdan o‘tib 11-barqarorlashtiruvchi kolonnaga kiritiladi.
Ayrim qurilmalarda gaz mahsuloti aralashmalari uchun yuqori haroratli separatsiyalash o‘tkaziladi. Bunday hollarda aralashma 210-2300S haroratda, yuqori bosimda qizdiruvchi separatorda ajratiladi, ya’ni separatorda ajratiladigan suyuqlik barqarorlashtirish kolonnasiga yuboriladi. Sirkulyatsiyalanuvchi vodorod saqlagan gaz 18- absorberda H2Sdan MEAning suvli eritmasi yordamida tozalanib, 16- kompressor orqali tizimga qaytariladi. - Ayrim qurilmalarda gaz mahsuloti aralashmalari uchun yuqori haroratli separatsiyalash o‘tkaziladi. Bunday hollarda aralashma 210-2300S haroratda, yuqori bosimda qizdiruvchi separatorda ajratiladi, ya’ni separatorda ajratiladigan suyuqlik barqarorlashtirish kolonnasiga yuboriladi. Sirkulyatsiyalanuvchi vodorod saqlagan gaz 18- absorberda H2Sdan MEAning suvli eritmasi yordamida tozalanib, 16- kompressor orqali tizimga qaytariladi.
- Suv bug‘i 11- kolonnaning pastki qismidan kiritiladi. Benzin bug‘lari, gaz va suv bug‘lari 1350S harorat atrofida kolonna yuqorisidan chiqib, havoli sovutgich 12-ga tushadi, so‘ngra 13- separatorda gazning suyuq aralashma qismi ajratiladi. Separatorda ajralgan benzinning bir qismi 15-nasos yordamida 11-kolonna yuqorisiga sug‘orish sifatida qaytariladi. Balans miqdori esa qurilmadan chiqariladi. Uglevodorod gazlari esa 2- absorberda H2S dan tozalanadi. Gidrotozalangan mahsulot 11- kolonna pastidan chiqariladi va 10- issiqlik almashtirgichda, 14- havoli sovutgichda sovutilib, 500S haroratda qurilmadan chiqariladi. Qurilmada katalizatorni regeneratsiya qilish uchun 400-5500S va 2 MPa bosimda toblantiriladi, so‘ngra tizim orqali inert gaz o‘tkaziladi.
Dizel yoqilg‘isini gidrotozalash qurilmasi texnologik sxemasi:
1,5,19,21- nasoslar; 2- quvurli pech; 3- reaktor; 4,5,6,10- issiqlik almashtirgich;
7,12,14- havoli sovutgichlar; 9,13,17,20- separatorlar; 16- kompressor;
11- barqarorlashtiruvchi kolonna; 18,22- absorberlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |