5-mavzu: MARKAZIY OSIYODA RENESSANS DAVRI
Reja:
IX-XI asrlarda ilm-fanning rivojlanishi va renessans davri.
Xorazm Ma'mun Akademiyasining asoslanishi va uning ilmiy faoliyati.
Abu Rayhon Beruniyning Ma'mun Akademiyasidagi ilmiy faoliyati.
IX-XI asrlarda ilm-fanning rivojlanishi va renessans davri.
Renessans- qaytadan uyg'onish, rivojlanish degan ma'noni bildiradi. Tarixga nazar tashlaydigan bo'lsak, arablarga qadar Markaziy Osiyoda rivojlanish madaniy taraqqiyot yuqori bo'lgan. Lekin arablar bosqini davrida bu rivojlanish toptalgan. Arablar bosqinidan keyin avvalgi rivojlanishni qayta tiklash davri boshlandi. Arablar bosqinidan keyin qayta uyg'onish davri islom dinining ijobiy tomonlarini singdirish asosida rivojlandi.
1. Qur'oni karim va hadislarda to'plangan fikrlar insonlarimizni ahloqiy fazilatlariga ijobiy ta'sir qildi.
2. Islomda ko'tarilgan g'oya shohu-gadoni tengligi xalqqa manzur bo'ldi.
3. Arab tili rivojlantirildi va shu til orqali bizning allomalar jahonga tanildi.
4. Bag'dod shahri Sharqning ilm-ma'rifat markazi rolini oshirib, “Baytul hikma” (“Donishmandlar uyi”), Sharqning fanlar akademiyasiga asos solindi.
5. X asrda Gurganchda “Ma'mun Akademiyasi”ga asos solindi.
6. Bag'dod va Gurganch akademiyalarida dunyoga mashhur bo'lgan allomalar faoliyat ko'rsatdi.
Renessans davrida jahon madaniyatiga beqiyos hissa qo'shgan allomalar, fan va ma'naviyat sohiblari kamolga yetdilar.
Imom al-Buxoriy hadis ilmining amiri nomi bilan mashhur bo'lgan. Al-Buxoriy islom ilmining nufo'zli manbalari deb tan olingan oltita hadislar to'plami muallifidir.
Imom al-Buxoriy olti yuz mingga yaqin hadisni yoddan bilgan. Imom al-Buxoriyni “Al-jome' as-saheh” “Al-adab al-mufrod”, “At-tarix as-sig'ar” kabi asarlari islom tarixidagi muhim ahamiyat kasb etuvchi manbalardir.
Al-Buxoriy jahonga tanilgan o'z zamonasining atoqli tarixchisi ham edi. Uning “Jome' at-tavorix” asari kichik tarix, o'rtacha tarix va katta tarix deb nomlanuvchi uch qismdan iborat Ismoyil Buxoriyning 1974 yilda topilgan “Kichik tarix” va “O'rtacha tarix” kitoblari Alisher Navoiy nomidagi Samarqand Davlat dorilfinunining sharq qo'lyozmalari fondida saqlanmoqda.
Shu davrda ijod qilgan allomalardan biri at-Tabariydir. Tabariyning mashhur asari “Tarixi al-Rasul val-mulk” (Payg'ambarlar va mamlakatlar tarixi) yoki “Tavorixi at-Tabari” deb ataladi.
Tabariyning bu asarini 963 yilda Bal'ami qayta ishlab fors tiliga tarjima qildi. At-Tabariy o'z asarini yozishda o'zidan avval o'tgan Abul Hasan ali ibn-Muhammad al-Madaniy asaridan keng foydalangan. At-Tabariy arab tarixchilaridan birinchi bo'lib tarixiy voqealarni aniq tarixiy dalillar bilan yoza boshlagan.
Masalan, Sosoniylar Eron taxtiga Varaxran V ni, ya'ni Bahromgo'rni chiqishi bilan Xurosonga Turklar hoqoni bosib kelib mamlakatni talay boshlaganligini aytgan. Varaxron V o'zini Ozarbayjonga ketgan qilib krsatib, maxfiy ravishda turk qo'shinlari to'plangan Marv hududlariga yaqinlashgan. Orada jang bo'lib, natijada turklar hoqoni o'ldirilgan Turklar suluh so'rab o'zlari bilan Eron o'rtasidagi chegaralarni aniqlashni taklif etishgan.
Tabariyning yozishicha chegaralar aniqlangan. Shunisi e'tiborga loyiqki, Bahromgo'r o'sha vaqtda Xuroson noibiga Balxni poytaxt qilib tayinlagan. Xuroson noibi ayni vaqtda Kushonlar chegarasini qvriqlovchi degan unvon olgan.
Tabariy keltirgan dalillarni aniqlash uchun, boshqa bir maktabga murojaat etishimiz mumkin.
Arman tarixchisi Egeshe Vardeneshte 450 yildagi voqealarda eftalitlarni tilga oladi. Arman tarixchisi yozishicha eftalitlarning yangi ittifoqi Peruz taklifi bilan sosoniylar Eroniga qarshi ittifoq tuzish uchun Xitoyga elchilar yuboradi. Tabariyni yozishicha, Xusrav Parviz davrida eftalitlarga qarshi kurash avj olgan.
Renessans davrining ko'zga ko'ringan tarixchilaridan biri Narshoxiydir. U Buxoro viloyatining Narshox qishlog'ida tug'ilgan. Uning to'la ismi Abu Muhammad ibn Ja'far ibn Zakariya ibn Hattob ibn Shakariya. Narshoxiy Buxoro tarixi asarlarini mufassal yozgan allomadir. Arab tilida yozilgan bu asarning asl nusxasi bizgacha to'liq yetib kelmagan. Buxoro tarixi so'z boshida yozilishicha, kitobni 1128 yilda arab tilidan quvalik Abu Nasr Ahmad ibn Muhammad al-Qubbaviy o'z do'stlari taklifiga binoan fors tiliga tarjima qilgan. Qubbaviyning yozishicha, tarjima jaryonida kitobdagi ortiqcha tasvirlarni qisqartirgan, keyingi tarixiy voqealar bayonini o'zidan qo'shgan. Kitobni 1939 yilda Tehronda olingan nusxasi asosida qo'shimchalar kiritilgan.
O'z asariga Narshoxiy qanday nom berganligi haqida ma'lumot yuq. Shuning uchun uning nomi turli davrlarda turlicha atalgan. “Tarixi Narshohiy” Narshohiy tarixi “Tahqiq ul viloyat”, “Axbor ul Buxoro” va boshqalar. Bu asarda VIII-XII asr Buxoro davlati tarixiga oid ma'lumotlar keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |