She'riyat va aruz
Besh bobdan iborat she'riyat va aruz beshinchi bo'limda ko'rib o'tilgan. Avval aruz asoslari va uning bir necha ko'rinishdagi o'n besh xili haqida fikr yuritilgan, joxiliya, ya'ni islomgacha bo'lgan klassik arab shoirlari she'rlaridan namunalar keltirilgan. So'ngra she'riy o'lchovlar (vazn), undagi ba'zi bir kamchiliklar, qofiya va she'riyat taqrizi, ya'ni badiiy til bilan qiziqish, arab she'riyatining ko'pgina namoyondalari xususida to'xtab o'tilgan. Muallif o'zidan oldin o'tgan arab shoirlarining tanqidiy tahlili, arab she'riyati va uning to'zilishini ko'rsatishda Imrul Qays, Abu Tamom, Jarir, Bashar ibn Burd, Dureyd ibn Samma va boshqa shoirlarning she'rlaridan foydalangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |