makedoniyalik Aleksandr, XIII asrda esa mo'g'ullar tomonidan vayron etilgan.
Mo'g'ullar bosqini natijasida shaharni suv bilan ta’minlash tobora og'irlashib borgan. Oxir-oqibat aholi Afrosiyobni butunlay tashlab ketishga majbur bo'lgan. Natijada Afrosiyob kimsasiz xarobaga aylangan.
Ismoil Somoniy maqbarasi.Ismoil Somoniy maqbarasini IX-X asrlarda yurtimizni boshqargan somoniylar sulolasidan chiqqan Movarounnahming mashhur hukmdori Ismoil Somoniy qurdirgan. Buxoro shahrida qurilgan bu maqbara hozir ham qad kо'tarib turibdi.
Minorai Kalon. Minorai Kalon (Katta minora) Buxoro shahrida bunyod etilgan eng go‘zal me’ moriy yodgorliklardan biri. Uni Movarounnahr hukmdori Arslonxon 1127-yilda qurdirgan. Minoraning poydevori yer sathidan 9 metr chuqurlikda bunyod etilgan.