DARSNING BOSQICHLARI
T.r.
|
Bosqichlar
|
Mazmuni
|
Uslublar
|
Vaqti
|
I.
|
Tashkiliy
Ishlar
|
Salomlashuv.
Tiglovchilarni darsga qatnashishlarini aniqlash
|
og‘zaki
muloqot
|
3
Daqiqa
|
|
II.
|
Dars
mazmunini tushuntirish
|
Turli ma’lumotlardan tarkib topgan taqdimot vositasida yangi
mavzuni tushuntirish.
|
tasviriy vositalarni qo‘llash, O‘quv taqdimoti.
|
25 daqiqa
|
|
III.
|
O‘rganilgan mavzuni musta’kamlash
|
Mavzu bo‘yicha tiglovchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash va ularni yanada rivojlantirish.
|
Amaliy mashg‘ulotlar orqali mavzu mustahkamlanadi
|
12
Daqiqa
|
IV.
|
Dars
yakunlarini chiqarish
|
Fikr almashinuvini o‘tkazish, tiglovchilarni baholash.
|
O‘quv sikli orqali mavzu mustahkamlanadi.
|
5
Daqiqa
|
O‘quv mashg‘ulotining borishi
I. Tashkiliy qism (2 daqiqa).
Dars salomlashish bilan boshlandi.
Tiglovchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi.
Tiglovchilar guruhlarga bo‘linib, guruh nomlari yozildi va taoriflandi.
Baholash mezonlari bilan tanishtirildi. “ Ofarin “, “ Barakallo “, “Barakat qil” so‘zlari yozilgan shakllar.
B aholash mezonlari. “ Ofarin “, “ Barakallo “, “Harakat qil” so‘zlari yozilgan shakllar.
O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.
IX.Yangi mavzu bayoni
Samarqand shahri. Samarqand O'zbekistonning eng qadimgi shaharidir.
2007-yildaSamarqandning 2750 yilligi xalqaro miqyosdanishonlandi. Samarqand shahri Vatanimizning yuksak mukofoti - «Amir Temur» ordeni bilan taqdirlandi.
Sug'd yozma manbalarida shahar Smarakand nomi bilan qayd etilgan.Qadimgi Gretsiya tarixchilari esa Samarqandni Marokanda nomi bilan yozib qoldirganlar. Marokanda dastlab atrofi mudofaa devori bilan o'ral- gan qal’aqo'rg'on bo'lgan.Samarqand miloddan avvalgi IV asrdan Sug'd davlatining poytaxti bo'lgan. Keyinchalik chet ellik bosqinchi- laming hujumi natijasida shahar bir necha bor vayron etilgan. Samarqandning gullab-yashnashi, dunyoning eng mashhur va go'zal shaharlaridan biriga aylanishi buyuk bobomiz Amir Temur nomi bilan bog'liqdir.
Samarqand Amir Temur saltanatining poytaxti sifatida jahonga mashhur bo'ldi va «Abadiy shaharlar» qatoridanjoy oldi.Samarqand nihoyatda go'zal shaharga aylantirilganligi uchun «Dunyoning
husni», deb ham ulug'langan.
Samarqandda 70 dan ortiq yirik tarixiy me’moriy yodgorliklar mavjud. Bu yodgorliklar 2001-yilda xalqaro YUNESKO tashkilotining qarori bilan Jahon me- rosi ro‘yxatiga kiritildi.
Davlatimiz mustaqilligi yillarida O‘zbekistonning eng qadimgi shahri bo‘lgan Samarqandning qiyofasi yanada go‘zallashdi.
Buxoro shahri. Buxoro ham O‘zbekistonning eng qadimiy va hamisha navqiron, mashhur shaharlari qatorida turadi. 1997- yilda Buxoro shahrining 2500 yilligi nishonlandi.
Tarixchi olimlaming taxminicha, shahar- ning nomi «Tangri jamoli» degan ma’noni anglatadi. Buxoroni ajdodlarimiz «ezgulik shahri», deb ham ataganlar. Buxoro dastlab IX-X asrlarda, keyin XVI asrdan boshlab mamlakat poytaxti maqomiga ega bo‘lgan.
Bugungi kunda Buxoro shahrida yuzdan ortiq yirik tarixiy me’moriy yodgorliklar saqlanib qolgan. Buxoro arki (hukmdorlar qarorgohi), Ismoil Somoniy maqbarasi, Minorai Kalon, Mir Arab va Ulug‘bek madrasalari kabilar ularning eng mash- hurlaridir.
Qadimgi Buxoro ayni paytda navqiron shahardir. Mustaqillik yillarida shahaming ko‘rinishi tanib bo‘lmas darajada o‘zgardi. Shahar yanada go‘zallashdi. Ayniqsa, 107 gektardan iborat «Buxoro madaniy markazi» 0‘zbekistonning har bir fuqarosida Vatan bilan faxrlanish hissining yanada ortishiga xizmat qiladi. 2010-yilda bu markazda «Ko‘hna va boqiy Buxoro» monumenti bunyod etildi.
Xiva shahri. Xiva hozirgi Xorazm viloyatidagi shahar. U yosh jihatdan Buxoro bilan tengdosh. 1997-yilda Xivaning ham 2500 yilligi nishonlandi. Shahar Sharqning durdonasi hisoblanadi. Unga nisbatan «Ming gumbaz shahri» iborasi ham ishlatiladi. Xiva Ichan qal’asi oldingi holati butunligicha saqlanib qolgan yagona shahar bo‘lganligi uchun 1967-yildayoq qo'riqxona-shahardebe’lon qilingan. 1990- yilda esa Jahon merosi ro'yxatiga kiritildi.
Ba’zi olimlaming fikricha, shaharning nomi «qumloqdan iborat joy», «qal’a» ma’nolarini anglatadi. Xiva XVII asr boshlarida Xiva xonligining poytaxtiga aylandi. Shaharning bu maqomi 1920-yilgacha davom etdi. Xivaning butun tevarak-atrofi suvli xandaq bilan o‘rab olingan edi. Shaharga maxsus qurilgan ko‘prik orqali kirilgan. Bu ko‘prik kechalari ko‘tarib qo‘yilgan.
Qarshi shahri. Shahar yoshi jihatidan Samarqanddan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. U dastlab Naxshab, keyinchalik Novtak vaNasaf nomlari bilan atalgan. XIV asrdan boshlab Qarshi deb atala boshlangan. «Qarshi» so‘zi saroy, qasr ma’nolarini bildiradi.
«Naqshab» - suv obod qilgan manzil, «Novtak» esa yangi bino degan ma’nolami
anglatadi. Arablar Naqshabni «Nasaf» deb talaffuz qilganlar.
Shahar milloddan avvalgi VII asrda bunyod etilgan.Qarshi shahri bugungi kunda Qashqadaryo viloyatining markazidir. О ‘zbekiston mustaqilligi yillarida Qarshi shahrida ham katta bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. 2006-yilda - shaharning 2700 yilligi nishonlandi.
Termiz shahri. O‘zbekistonning yana bir qadimgi shahri Termizdir. Bu nom «Jar sohilidagi manzil» degan ma’noni bildiradi. Shahar О‘rta Osiyoning yirik hunarmandchilik va savdo markazi bo'lgan. Dunyo bozorlarida Termizning hunarmandchilik buyumlariga talabjuda katta bo'lgan. Dunyoga mashhur hadis ilmi allomasi imom at-Termiziy shushahardatug‘ilganedi. Shahar о‘ztarixida bir necha bor bosqinchilar hujumiga uchragan va vayron qilingan. Temuriylar davrida esaqaytatiklandi.
Termiz shahri bugungi kunda Surxondaryo viloyatining markazidir.
2002-yildaTermiz shahrining 2500 yilligi xalqaro miqyosda nishonlandi.
Marg’lon shahri. Marg‘ilon bugungi Farg'ona viloyati tarkibiga kiruvchi shahar. Olimlar shaharning nomi «maysazor», «o‘tzor» degan ma’noni anglatadi, deb taxmin qiladilar. Shaharga bundan 2000 yil avval asos solingan. Shaharning o‘n ikkita darbozasi bolgan. Marg‘ilonning Buyuk Ipak yolida joylashganligi hunarmandchilikning gullab-yashnashiga sabab bo'lgan. Hunarmandchilikning, ayniqsa, atlas to'qish turinihoyatdarivojlangan. Aynan Marg'ilonatlasiuni jahonga mashhur qilgan. Marg'ilonda to'qilgan shoyi matolar Misr, Eron, Gretsiya va Qashg'arda juda xaridorgir bo'lgan.
Marg'ilon shahri qadimdan ilm-fan va madaniyat markazi ham bo'lgan edi. Shu tufayli shahar dunyoga mashhur huquqshunos alloma Burhonuddin Marg'inoniyni yetkazib berganligi bejiz bo'lmagan. 2007-yilda Marg'ilon shahrining 2000yillik yubileyi nishonlandi.
V.Baholash: Darsda faol o`quvchilar baholanadi?
IV Yangi mavzuni Mustahkamlash.
Samarqand shahri haqida nimalarni bilib oldingiz?
Buxoro shahri haqida olgan bilimlaringizni so'zlab bering.
Buxoro va Xiva shaharlari haqidagi ma’lumotlarni taqqoslang: o'xshash va o'ziga xos tomonlarini aniqlang.
Samarqand va Buxoro shaharlari haqidagi ma’lumotlarni taqqoslang:
о ‘xshash va о ‘ziga xos tomonlarini aniqlang.
Qarshi, Termiz va Marg ‘ilon shaharlari tarixi haqida nimalarni bilib oldingiz?
5 Uyga Vazifa
Keyingi mavzu bilan tanishib kelish
X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.
XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish
Do'stlaringiz bilan baham: |