DARSNING BOSQICHLARI
T.r.
|
Bosqichlar
|
Mazmuni
|
Uslublar
|
Vaqti
|
I.
|
Tashkiliy
Ishlar
|
Salomlashuv.
Tiglovchilarni darsga qatnashishlarini aniqlash
|
og‘zaki
muloqot
|
3
Daqiqa
|
|
II.
|
Dars
mazmunini tushuntirish
|
Turli ma’lumotlardan tarkib topgan taqdimot vositasida yangi
mavzuni tushuntirish.
|
tasviriy vositalarni qo‘llash, O‘quv taqdimoti.
|
25 daqiqa
|
|
III.
|
O‘rganilgan mavzuni musta’kamlash
|
Mavzu bo‘yicha tiglovchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash va ularni yanada rivojlantirish.
|
Amaliy mashg‘ulotlar orqali mavzu mustahkamlanadi
|
12
Daqiqa
|
IV.
|
Dars
yakunlarini chiqarish
|
Fikr almashinuvini o‘tkazish, tiglovchilarni baholash.
|
O‘quv sikli orqali mavzu mustahkamlanadi.
|
5
Daqiqa
|
O‘quv mashg‘ulotining borishi
I. Tashkiliy qism (2 daqiqa).
Dars salomlashish bilan boshlandi.
Tiglovchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi.
Tiglovchilar guruhlarga bo‘linib, guruh nomlari yozildi va taoriflandi.
Baholash mezonlari bilan tanishtirildi. “ Ofarin “, “ Barakallo “, “Barakat qil” so‘zlari yozilgan shakllar.
B aholash mezonlari. “ Ofarin “, “ Barakallo “, “Harakat qil” so‘zlari yozilgan shakllar.
O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.
IX.Yangi mavzu bayoni
O‘zbekiston hududida yashagan saklar, massagetlar va sug‘dlar bizning qadimgi ajdodlarimizdir. Ulaming yashash tarzlari va mehnat faoliyatlari haqida qadimgi Gretsiya va Rim olimlarining asarlarida ma’lumotlar uchraydi. Jumladan, Gretsiya tarixchisi Gerodot bunday deb yozgan edi.
«Massagetlarning barcha buyumlari, hatto nayza, o'q-yoy va oyboltalari ham oltin va misdan yasalgan. Bosh kiyimlari, kamarlari, otlarining yugan vauzangilari oltindan borgan. Ko‘krak qalqonlari esa misdan. Ular kumush bilan temimi ishlatmaydilar, chunki bu ma’danlar ulaming yeridan topilmaydi. Ulaming oltin bilan mis konlari ko‘p». Yozma manbalarda ta’ kidlanganidek, saklar - hozirgi Sirdaryo bo'ylarida, Toshkent viloyati va Janubiy Qozog‘iston yerlarida, Farg‘ona vodiysida, massagetlar — hozirgi Amudaryoning quyi oqimlari va unga tutash bo‘lgan yerlarda, sug‘dlar esa hozirgi Zarafshon va Qashqadaryo vohasida hayot kechirganlar.
Ajdodlarimiz sug‘orma dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandehilik bilan shug‘ullanganlar.
Xorazm davlati. Miloddan avvalgi VII asrda hozirgi О‘zbekiston hududida Xorazm va Baqtriya davlatlari vujudga kelgan.
Qadimgi Xorazm davlatining yirik shaharlaridan biri Tuproqqal’a bo‘lgan. Arxeologlar bu shahardagi shohlar saroyi xonalaridan birida boshiga toj kiygan va qo‘lida burgut ushlagan podsho haykalini topganlar.
Saroyda, shuningdek, «jangchilar zali», «g‘alabalar zali» kabi zallarning bolganligi ham aniqlangan. Xorazm davlatida sug'orma dehqonchilikni rivojlantirish maqsadida Amudaryodan suv chiqarish uchun maxsus inshootlar Ьафо etilgan.
Xorazmda chorvachilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq rivojlangan. Tog'lardan qazib olingan qimmatbaho zumrad toshlarga ishlov berilib,harxilbuyumlar tayyorlangan. Ular Eron, Xitoy, Hindiston, Misr singari mamlakatlarda sotilgan. Qimmatbaho metallardan tangalar zarb etilgan.
Qadimgi Xorazm davlati o' zbek davlatchi- ligining ilkpoydevori bo'lib 2700 yillik tarixga ega
O‘zbek davlatchiligining tamal toshlari bun dan 2700 yil muqaddam ayni Xorazm vohasida qo'yilgan. Xorazm tarixi о'zbek davlatchiligining asosi, uning qudrati va qadi- miyligining tasdig'idir Baqtriya davlati. Hozirgi Surxondaryo, Qashqadaryo, Zarafshon vo- diylari, Tojikistoninng janubi, Afg'onistonning shimoli-sharqiy qismidagi hududlar Baqtriya davlati tasarrufidabo'lgan.
Baqtriya podsholigining Baqtra, San- girtepa, Qiziltepa, Uzunqir, Yerqo'rg'on kabi shaharlari bo'lgan.
Baqtra shahri Baqtriya davlatining poytaxti edi. U baland va mustahkam mudofaa
devorlari bilan o'ralgan. Shahar ichida mamlakat podshosining muhtasham qal’asi alohida joylashgan. Baqtriyada oltin, la’l kabi qimmatbaho ma’danlar qazib olingan.Baqtriya la’lidan tayyorlangan mahsulotlar
Xitoy, Hindiston, Misr kabi mamlakatlarda sotilgan. Qimmatbaho ma’danlar qazib olinishi mamlakatda zargarlik, badiiy hunarmandchilik rivoj topishiga olib kelgan.
Sug‘d davlati. Zarafshon va Qashqadaryo vohasi Sug‘diyona deb atalgan. Keyinchalik bu hududda Sug‘d davlati tashkil topgan.
Aholi asosan dehqonchilik bilan shug‘ullangan. Dehqonchilik sun’iy sug‘orishga asoslangan edi. Afrosiyob (hozirgi Samarqand shahrining sharqiy qismi) markaziy shahar bo‘lgan.
Sug‘d aholisi hayotida hunarmandchilik va savdo ham katta o‘ringa ega bo‘lgan.
Sug‘d ham Osiyoning boshqa davlatlari bilan savdo aloqalari o‘rnatgan.
Sangirtepa, Qiziltepa, Yerqo‘rg‘on, Uzunqir - hozirgi Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari hududi da joylashgan qadimgi shaharlar.
Ko‘zaliqir, Qal’aliqir - qadimgi Xorazm viloyati (hozirgi Turkmaniston) hududidagi qadimgi shaharlar.Tuproqqal’a-hozirgi Qoraqalpog'iston hududi da joylashgan qal’a.
V.Baholash: Darsda faol o`quvchilar baholanadi?
IV Yangi mavzuni Mustahkamlash.
Qadimgi ajdodlarimiz haqida nimalarni bilib oldingiz?
Xorazm davlati haqida so ‘zlab bering.
Baqtriya davlatida qanday shaharlar bo'lgan?
Sug‘d davlati haqida nimalarni bilib oldingiz?
5 Uyga Vazifa
Keyingi mavzu bilan tanishib kelish
X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.
XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish
Do'stlaringiz bilan baham: |