Kutiladigan natijalar
|
O‘qituvchi: O‘quvchilarda «Tarix» fanini manbalar asosida o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini hosil qiladi. Mavzuni qisqa vaqt ichida barcha tiglovchilar tomonidan o‘zlashtirilishiga erishadi. O‘quvchilarda mavzuga oid tayanch kompetensiya elementlarining shakllanishiga ko‘maklashadi.
O‘quvchi: mavzu haqidagi bilimlarni egallaydi. O‘zida tayanch kompetensiya elementlarini shakllantiradi. Qisqa vaqt ichida ko‘p ma’lumotlarga ega bo‘ladi va baho oladi.
|
Kelgusi
rejalar
|
O‘qituvchi: Olgan bilimlarini xuddi shunday guruhlarga etkazadi.
|
DARSNING BOSQICHLARI
T.r.
|
Bosqichlar
|
Mazmuni
|
Uslublar
|
Vaqti
|
I.
|
Tashkiliy
Ishlar
|
Salomlashuv.
Tiglovchilarni darsga qatnashishlarini aniqlash
|
og‘zaki
muloqot
|
3
daqiqa
|
|
II.
|
Dars
mazmunini tushuntirish
|
Turli ma’lumotlardan tarkib topgan taqdimot vositasida yangi
mavzuni tushuntirish.
|
tasviriy vositalarni qo‘llash, O‘quv taqdimoti.
|
25 daqiqa
|
|
III.
|
O‘rganilgan mavzuni musta’kamlash
|
Mavzu bo‘yicha tiglovchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash va ularni yanada rivojlantirish.
|
Amaliy mashg‘ulotlar orqali mavzu mustahkamlanadi
|
12
daqiqa
|
IV.
|
Dars
yakunlarini chiqarish
|
Fikr almashinuvini o‘tkazish, tiglovchilarni baholash.
|
O‘quv sikli orqali mavzu mustahkamlanadi.
|
5
daqiqa
|
O‘quv mashg‘ulotining borishi
I. Tashkiliy qism (2 daqiqa).
Dars salomlashish bilan boshlandi.
Tiglovchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi.
Tiglovchilar guruhlarga bo‘linib, guruh nomlari yozildi va taoriflandi.
Baholash mezonlari bilan tanishtirildi. “ Ofarin “, “ Barakallo “, “Barakat qil” so‘zlari yozilgan shakllar.
Baholash mezonlari. “ Ofarin “, “ Barakallo “, “Harakat qil” so‘zlari yozilgan shakllar.
Jarayonning borishi:
Yangi mavzuning bayoni:
Tarixiy manbalarni o'rganuvchi manbashunos olimlar ularni sinchiklab o'rganadilar va tarix fani uchun zarur ma'lumotlar to'playdilar.
Tarixiy manbalar, o'z navbatida, moddiy (ashyoviy) vayozma manbalarga bo'linadi.
Moddiy manbalar. Odamlar yashagan makon, manzil, turarjoylar, qal'a va shaharlar, sug'orish inshootlari, shuningdek, uy-ro'zg'or buyumlarining qoldiqlari, zeb-ziynat buyumlari, zarb etilgan tang alar, gerblar, muhrlar hamda mehnat qurollari moddiy manbalarni tashkil etadi. Moddiy manbalar ashyoviy manbalar ham deyiladi. Moddiy manbalarni arxeologlar to'plashadi.
Yozma manbalar. Yozma manbalar tarixiy man- balarning muhim va asosiy turidir. Uzoq o'tmishda qoyatosh va qattiq buyumlarga o'yib tushirilgan bitiklar, hayvon terisi, daraxt po'stlog'i, keyinchalik qog'ozga yozilgan yozuvlar, turli davrlarda yozilgan qo'lyozmalar, kitoblar, shuningdek, arxivlarda saqlanayotgan tarixiy hujjatlar yozma manbalardir.
Vatanimiz O'zbekiston tarixiga oid eng qadimgi yozma manba - «Avesto» kitobidir. Unda qadimgi tari- ximiz uchun juda qimmatli ma'lumotlar mavjud. Qadimgi Xorazm va sug'd yozuvlarida bitilgan yozma manbalar ham Vatanimiz tarixini o'rganish uchun katta ahamiyatga ega. Shuningdek, qadimgi Eron hukmdor- larining bitiklari, qadimgi Gretsiya, Rim va Xitoy olimlarining asarlarida Vatanimiz haqida qimmatli ma'lumotlaryozib qoldirilgan.
. IV Yangi mavzuni Mustahkamlash.
Tarixiy manbalar va ularning qanday o'rganilishi haqida nimalami bilib oldingiz?
Moddiy (ashyoviy) va yozma manbalarni taqqoslang. O 'xshash vafarq qiluvchi jihatlarini aniqlang.
Vatanimizning qadimgi tarixi haqida yozib qoldirilgan yozma manbalar haqida so'zlab bering.
V Rag’batlantirish
Darsda faol o’quvchilarni baholash
5 Uyga Vazifa
Keyingi mavzu bilan tanishib kelish
Do'stlaringiz bilan baham: |