Fan: Tarix
Sinf: 9- sinflar uchun olimpiada testi
1.Tangalarni tadqiq qilish bilan qaysi fan shug`ullanadi ?
A)numizmatika; B)epigrafika; C)lingvistika; D)antropologiya.
2.O’zbekiston hududidagi mil. avvalgi 2-mingyillikka oid dehqonchilik va chorvachilik manzilgohlarini ko’rsating?
1)zamonbobo, 2)zarautsoy, 3)oltintepa, 4)sopollitepa, 5)kaltaminor,6)jarqo’ton
A)2,4,6 B)1,3,5 C)2,3,6 D)1,4
3.XVI asr boshlarida Yevropa mustamlakachilari tomonidan bosib olingan hududlarda asosan qaysi ekinlar ekish yo’lga qo’yilgan?
A)paxta va shakarqamish B)tamaki va choy C)makkajo’xori va bug’doy D)choy va shakarqamish
4.Ispan Vitse-qirollariga ta’qiqlangan narsalar qaysi javobda noto’g’ri ko’rsatilgan?
A)oila a’zolarini olib ketish B)ko’chmas mulk sotib olish
C)sud hokimyatini amalga oshirish D)tadbirkorlik bilan shug’ullanish
5.”Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch” asarida hayotga uchrab turadigan qaysi salbiy odat, eng yomon illat sifatida keskin qoralandi?
A)ikkiyuzlamachilik B)sotqinlik C)mish-mishchilik D)yolg’onchilik
6.Qaysi davlatdagi ichki nizolar Fransiya-Prussiya urushining boshlanishiga bahona bo’ladi?
A)Italiya B)Ispaniya C)Avstriya D)Daniya
7.Farnsiya – Germaniya sulh shartnomasi qayerda imzolangan?
A) Farnkfurtda B) Parijda C) Venada D) AQShda
8.Yunkerlar kimlar?
A)Katta yer egalari B. Kichik yer egalari C) Mansabdor shaxslar D)Soliqdan ozod qilingan mulkdorlar
9.Buyuk Britaniyada Dizraeli bosh vazirligi davrida qanday islohotlar amalga oshirilgan?
1. 10 yoshdan kichik bolalarni ishga qabul qilish ta`qiqlandi. 2. Haftasiga 54 soatlik ish vaqti belgilandi 3. Tred- yunionlarga o`z huquqlarini sudda himoya qilish huquqi berildi 4. Ish tashlashlar o`tkazilishiga ruxsat etildi 5. Parlamentga saylovlarning yashirin ovoz berish yo`li bilan o`tkazilishi joriy etildi.
A)1,2 B)2,3 C)3,4 D)4,5
10.O’z davrida tarixchilar qaysi davlatga nisbatan “Britaniya imperyasi boshiga kiydirilgan toj”deb ta’rif berganlar?
A)Misr B)Hindiston C)Janubiy Afrika D)Xitoy
11.”Tillashayx” masjidi qaysi shaharda joylashgan?
A)Samarqand B)Buxoro C)Toshkent D)Xorazm
12.1843yil Xivaga kelgan ingliz diplomatiyasi vakili kim edi?
A)J.Abbot B)D.Volf C)A.Byurns D)A.Kannoli
13.1868yil tashkil qilingan Zarafshon okrugining markazi qaysi shahar bo’lgan?
A)Samarqand B)Kattaqo’rg’on C)Buxoro D)Qarshi
14.1718yil Irtish daryosi sohilida ruslarning nechta istehkomi qurilgan edi?
A)5ta B)6ta C)7ta D)8ta
15.1875yil Rossiya imperyasi tomonidan O’rta Osiyo bosib olinishining nechanchi bosqichi boshlandi?
A)1 B)2 C)3 D)4
16.”Hazrati Kalon Sohibzoda”madrasasi nechanchi yilda bunyod etilgan?
A)1862y B)1871y C)1852y D)1872y
17.Verniy qal’asi hozirda qaysi shaharda joylashgan?
A)Ashxabod B)Orenburg C)Janbul D)Almati
18.Quyidagi qaysi qatorda choy daraxtining barglaridan tayyorlngan shifobaxsh ichimlik bo`lmish “Choy”ning asoschilari berilgan?
A)Xitoyliklar B) Hindlar C) Misrliklar D) Arablar
19.Xammurapi qonunlariga ko`ra, qarzni vaqtida qaytarmagan kishi…
A) qulga ayantirilgan B) yeri yoki mulki tortib oligan
C)Qarz bergan kishiga o`z oila a`zolarini3 yil muddatga qullika berishi shart edi D) o`ldirilgan
20.Dunyoni aylanib suzishg dastlab kim tomonidan amalga oshirilgan?
A) Vaska da gama B)Magellan C)L. V. Torres D) A. Vespuchi
21.Kim Angliyada siyosiy tarqoqlikka barxam berib, mamlakatni yagona markaz – Londonga birlashtirdi?
A) Genrix VII Tyudor B) Richard V C) Genrix VIII D) Yelizavetta
22. Navoida xalqaro internodel Logistika markazining tashkil etilishi…
A)O`zbekistonni Osiyo Evropa bilan bog`laydi B)Janubiy – Sharqiy Osiyoni Evropa bilan bog`laydi
C)Qitalararo transport ekspeditsiya uzeli sifatida foydalaniladi D)Arab mamlakatlari bilan bog`laydi
23.Ruzveltning monopoliyalarga qarshi kurashi qanday nom olgan?
A) “Adolatli yo`l” B) “ Taraqqiyparvar yo`l” C) “Oltin yo`l” D) “Qatiy yo`l”
24.1911 yil oxirida Meksikadagi shaxtalarning … % , metallurgiya korxonalarining… %, neftning … %, Kauchik ishlab chiqaruvchi korxonalarning… %, AQSh monopolistlarining qo`liga o`tdi?
A)68, 58, 78, 72 B)78.72, 58, 68 C)72,78, 68, 58 D)58, 78, 72, 68
25.XIX asr oxirida Lotin Amerikasiga eng ko`p capital kiritgan davlat?
A)AQSh B)Britaniya C) Germanya D) Fransiya
26. Meksikada tuzilgan “Dehqonlarni himoya qilish xuntasi” ning shiori nima edi?
A) “O`lim yoki ozodlik” B) “Ishlab yashaylik yoki jang qilib o`laylik”
C) “ Yer va ozodlik” D) “ Ozod Meksika uchun”
27.Imperator Pedro II taxtdan voz kechgach Braziliyada hokimiyat kimlarning qo`liga o`tgan?
A)Harbiylar B) Plantatorlar C) Dehqonlar D) Sanoatchilar
28.1865- 1868 yillarda…
A)Rossiya O`rta Osiyoda uzluksiz urush olib bordi B)O`rta Osiyoda yirik qo`zg`olonlar davri bo`ldi
C) Rossiyaning O`. Osiyoga bosqininig 2- davri bo`ldi D) Rossiyaning O`. Osiyoga bosqinining 3- davri bo`ldi
29.Ahmad Donishning Amir Muzaffar Buyrug`I bilan yozgan asarini aniqlang?
A) “ Manozir al- kavokip” B) “ Navodir ul- vaqoe” C) “ Buxorodan Peterburgga sayohat”
D) “Buxoroi sharif mang`it amirlari muxtasar tarixi”
30.General Kaufman Urgut aholisi huzuriga taslim bo`lish taklifi bilan kmni yuboradi?
A)Romonovskiyni B)Abramovni C)Krijanovskiyni D) Cherniyayevni
31.Toshkentga qarshi 1-hujumni boshlagan general kim?
__________________________________________________________________
32.Chijou davlatining hukmdorlari o’zlarini nima deb atashgan?
__________________________________________________________________
33.Yaponiya e’tiqodiga ko’ra, Amaterasu qanday xudo?
__________________________________________________________________
34.Qaysi inshoatning xonalari 100dan ortiq bo’lgan?
__________________________________________________________________
35.Dunyoga hukmron bo’lishni istagan davlat?
__________________________________________________________________
36.”Bo’lib tashla, hukmronlik qil ”shiori kimga tegishli?
__________________________________________________________________
37.Oqmachit qal’asi nechanchi yilda bosib olingan?
__________________________________________________________________
38.AQSHdagi”Ku-kluks-klan”qanday tashkilot?
__________________________________________________________________
39.Turkiston General Gubernatorligi qachon tashkil topdi?
__________________________________________________________________
40.Toshkent shahrida qozi sudlari nechta bo`lgan? __________________________________________________________________
Do'stlaringiz bilan baham: |