2. Avtomobil transportida harakatchanlikShahar hududini tozalash ishlari.
Transport harakatchanligi hajmini aniqlovchi asosiy omil bu aholining ijtimoiy kategoriyalariga taqsimlanishi, ya’ni ishchilar, xizmatchilar, ta’lim muassasalarida о‘quvchilar, nafaqaxо‘rlar, maktab о‘quvchilari va boshqalardir.
Yо‘lovchilarni tashishni tashkil qilish bо‘yicha qaror qabul qilishda aholining tashishga bо‘lgan talablari tasniflanadi. Masalan, “Transport logistikasi”da aholining barcha harakatlanishi ikkita guruhga ajratiladi: ixtiyoriy va majburiy. Ixtiyoriy harakatlanish bо‘sh vaqtda amalga oshirilishi bilan, majburiy esa ijtimoiy funksiyalarni (ishga borish, о‘qishga borish va shu kabilar) amalga oshirish bilan tavsiflanadi.
Jamoat transportida yо‘lovchilarni tashishni tashkil qilishning an’anaviy yondoshuvlariga kо‘ra aholining harakatchanligini quyidagilarga ajratish mumkin:
Ish maqsadida;
О‘qish maqsadida;
Madaniy maqsadlarda (teatrlar, kinoteatrlar, san’at saroylari, klublar, muzeylar, kutubxonalarga va boshqalar);
Maishiy maqsadlarda (dо‘kon va savdo markazlari, ovqatlanish joylari, kafelar, atelyelar, maktabgacha ta’lim muassasalari, poliklinikalar, shifoxonalar, ustaxonalar va x.k.);
Faol dam olish maqsadida va x.k.
- Aholining transport harakatchanligiga ta’sir qiluvchi umumiy omillarni tо‘rtta asosiy guruhga ajratish mumkin:
- Ijtimoiy-iqtisodiy omillar;
- Hududiy omillar;
- Tashkiliy omillar;
- Tabiiy-iqlim omillari.
- Ijtimoiy-iqtisodiy omillarga aholining moddiy farovonligi, aholi jon boshiga tо‘g‘ri keluvchi milliy daromad hajmi, aholining umumiy madaniy darajasi, yо‘lkira qiymati, yо‘llarning holati, aholining u yoki bu ijtimoiy guruhga mansubligi va shu kabilar kiradi. Aholinig hayot tarzi, hayot tarzining о‘zgarishi ularning harakatlanishiga bо‘lgan talabini oshiradi.
- Hududiy omillarga shaharning tarixiy va ishlab chiqarish-xо‘jalik ahamiyati, aholi soni, shahar maydoni, qurilishning zichligi, joylashish hususiyatlari, shahar atrofidagi aholining joylashish tavsifi, hududdagi va mamlakatdagi qishloq joylari va ularning joylashishi kiradi.
- Tashkiliy omillarga yо‘l tarmoqlarining zichligi va kengligi, transport vositalaridan foydalanishning va harakatlanishning qulayligi, xizmat kо‘rsatish sifati, harakat muntazamligi, ish vaqti, harakat jadvaliga rioya qilish, harakat intervali, yо‘lovchilarni tashish tezligi, harakatlanishga sarflangan vaqt kabilar kiradi.
- Tabiiy-iqlim omillariga haroratning pastligi yoki yuqoriligi kabilar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |