Fan: O’zbekiston tarixi
Mavzu: Mahalliy hokimliklarning tashkil topishi
Darsning texnologik xaritasi
Maqsad va vazifalar
|
Ta’limiy maqsad:mahalliy hokimliklar haqida ma’lumot berish
Tarbiyaviy maqsad: Axloqiy jihatdan tarbiyalash
Rivojlantiruvchi maqsad: Boshqaruvchilik, intiluvchanlik qobiliyatlarini shakllantirish
|
O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi
|
Dars metodi:guruhlarda ishlash, “Tarmoq”,”Aqliy hujum”,”Zinama-zina”,”Xotira mashqi”,”Uzilmas zanjir”,”Manzilga kim tez yetar”,”Himoya”,Slayd,suhbat
Dars tipi: og’zaki va yozma bayon _________________________________
Dars jihozi: darslik,tarqatma materiallar,mavzuga oid ko’rgazmali materiallar _____________________________________________________________________
Baholash: 5 balli tizim asosida.
|
Kutiladigan natijalar
|
O’qituvchi: qisqa vaqt davomida mavzu yuzasidan bilim , ko’nikma va malaka hosil qilinadi.Mavzuning dars jarayonida ta’limning ilg’or usullari vositasida barcha o’quvchialr tomonidan o’zlashtirilishiga erishadi.O’quvchining faolligini oshiradi. O’quvchilarda fanga nisbatan qiziqish uyg’otadi.
|
Kelgusi rejalar
|
O’qituvchi:pedagogik tenologiyalarni o’zlashtirishda va darsda tadbiq etish, takomillashtirish, o’z ustida ishlash. Pedagogik mahoratni oshirish.
O’quvchi: Mavzu yuzasidan berilgan topshiriq ustida mustaqil ishlashni o’rganadi. O’z fikrini ravon bayon eta oladi. Yangi mavzuga oid qo’shimcha materiallar topadi.
|
Uyga vazifa:
|
|
Darsning bosqichlari:
Mazmuni
|
Vaqti
|
Salomlashish. O’quvchiarni darsga tayyorligi, sinfda psixologik muhit yaratish
|
3 daqiqa
|
O’tilgan mavzu yuzasidan savol-javob, uyga vazifa bajarilganligini tekshirish
|
12 daqiqa
|
Yangi mavzu tushuntiriladi. O’quvchilarda yangi mavzu haqida bilim va ko’nikma hosil qilinadi.
|
20 daqiqa
|
O’quvchilarni egallagan bilim va ko’nikmalari savol-javob orqali aniqlanadi.
|
5 daqiqa
|
Baholar e’lon qilish, uyga vazifani tushuntirish,o’quvchilar bilan xayrlashish
|
5 daqiqa
|
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:a)salomlashish, suhbat; b)psixologik iqlim yaratish
II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash:
-
Nima uchun Turk xoqonligi 2 qismga bo’linib ketdi?
-
G’arbiy Turk xoqonligining poytaxti qaysi shahar edi?
-
Ustrushona hozirgi qaysi viloyatlarga to’g’ri keladi?
III.Yangi mavzu bayoni:
Chochning markazi Choch shahri bo'lib, hukmdori «tudun» deb yuritilardi. Eloqning markazi Tunkat, hokimlari «dehqon» deb atalardi. V asrda ular Eftallar davlatiga, VI asrda esa G'arbiy turk xoqonligiga bo'ysundiriladi. VII asrning dastlabki choragida esa G'arbiy turk xoqonligi hukmdorlik qarorgohini Choch viloyatiga ko'chiradi. Hukmdor va malika uchun Yabg'ukat va Xotunkat kabi o'ziga xos qarorgohlar bino qilindi. Choch
tuduni (tudun chachinak) va Choch tegini (tegin chachinak) yozuvlari chekilgan tangalar zarb etiladi. Tangalarning old betida hukmdor surati, teskari tomonida ot, gajak dumli bars yoki qoplon tasviri, ba'zan sulolaviy ayri tamg'a tushirilgan. Ayrim tangalarda esa, hatto hukmronga yonma-yon malika tasviri ham chekilgan. Bunday qo'shaloq tasvir, shubhasiz, qadimgi turkiy davlatchiligida, hukmdorning malikasi — xvatun (xotun), ya'ni vazirlik darajasiga ega bo'lib, davlat boshqaruvida faol ishtirok etganligidan dalolat beradi. Saroyda u xoqondan keyingi o'rinni egallagan. Choch tangasi. VII asr. Peshtoq ostida turgan shakllar tasvirlangan ossuariy (Ostadon). VI-VII asrlar. Keltirilgan numizmatik manbalardan ay on bo'lishicha, G'arbiy turk xoqonligi, shuningdek uning yirik o'troq viloyatlaridan hisoblangan Choch o'lkasi ilk o'rta asrlardayoqo'sha davrning tarixiy saltanatliklari Sosoniylar Eroni, Vizantiya va Xitoy
kabi o'z tanga pullari tizimiga ega bo'lgan.
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash:
-
Sug’d hokimligi haqida ma’lumot bering.
-
Hozirgi Ohangaron vodiysi qaysi hokimlik tarkibida bo’lgan?
-
Toxariston o’zining qaysi mahsuloti bilan mashhur edi?
V.O’quvchilarni baholash: ________________________________________________________
Do'stlaringiz bilan baham: |