Fan: O‘zbek tili Sinf: 9-sinf Sana



Download 44,5 Kb.
Sana19.02.2022
Hajmi44,5 Kb.
#460048
Bog'liq
Ekologiya va biz


Fan: O‘zbek tili
Sinf: 9-sinf
Sana:11-noyabr 2021- yil.
Mavzu: Ekologiya va biz. Kesimning ifodalanishi
Dаrsning tа’limiy mаqsаdi: O‘quvchilаr mavzu yuzasidan ekologiyaga doir bilimlariga qo‘shimcha yangiliklar va kesimning ifodalanishi haqida ma’lumotga ega bo‘ladilar.
Dаrsning tаrbiyaviy mаqsаdi: O‘quvchilаr tabiat musaffoligi inson faoliyati bilan bevosita bog‘liq ekanligini tushunishga harakat qiladilar.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: Ko‘makchi so‘zlar yordamida tabiat hodisalari bilan bog‘lab og‘zaki va yozma gap tuza olish ko‘nikmasi rivojlanadi.
Darsning tipi: Yangi bilim bеruvchi.
Darsning turi: Noan’anaviy.
Darsda qo‘llaniladigan metodlar: “Kuzatuv”, Hamkorlikda o‘qitish texnologiyasi (kichik
guruhlarda ishlash metodi)
Dаrs rеjаsi.

t/r

Dars mazmuni

ajratilgan vaqt

1.

Darsni tashkil etish.

2 daqiqa

2.

Uyga vazifa so‘rash.

8 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni.

6 daqiqa

4.

Mashqlar ustida ishlash.

6 daqiqa

5.

Darsni mustahkamlash. Kichik guruhlarda ish

10 daqiqa

6.

Guruhlar taqdimoti.

6 daqiqa

7.

Muhokama.

6 daqiqa

6.

Uyga topshiriq berish va baholash.

1 daqiqa



Darsning borishi:
I. Dars tashkili. An’anamizga binoan o‘quvchilar bilan salomlashilib, ular diqqat-e’tibori darsga qaratiladi.
II. Uyga vazifa so‘rash.
“Savol-javob” metodi yordamida uyga vazifa so‘raladi. ( slayd namoyishi asosida savol-javob)
1. Turli chiqindilarni daryo va kanallarga oqizilishi nimalarga olib keladi?
2. Bugungi kunda suvni qanday tejash kerak?
3. Nega suv – hayot manbai deyiladi?
4. Ona tabiat inson hayotida qanday o‘rin egallaydi?
5. El-yurtimiz farovon yashashi uchun tabiatga qanday munosabatda bo‘lishimiz kerak?
-Rahmat, o‘quvchilar mazmunli javoblaringiz uchun!Sanoati, iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatning, albatta, yashash tarzining yaxshilanishiga zamin bo‘ladi. Ammo, texnika va sanoat rivojlangani sayin, ekologiyamizga o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda.
III. Yangi mavzu: : Ekologiya va biz. Kesimning ifodalanishi
Bilib oling!
Kesim gapning markaziy bo‘lagi hisoblanib, ega haqida ma’lumot beradi. U nima qildi?, nima qilyapti?, nima qildi? so‘roqlariga javob bo‘ladi. Masalan: Men maktabga boraman.
Fe’ldan boshqa so‘z turkumlari bilan ifodalangan kesim ot- kesim deyiladi. Ot-kesimlar quyidagicha ifodalanadi:
Ot bilan: O‘zbekistonning poytaxti – Toshkent.
Sifat bilan: Bizning yurtimiz juda go‘zal.
Harakat nomi bilan: Bizning maqsadimiz a’lo baholarga o‘qish.
Olmosh bilan: Bizning maktabimiz – shu.
Ibora bilan: Tepa sochi tikka bo‘ldi.
2- mashq. Gaplarni ko‘chiring va ot-kesimlarni aniqlang.
1. Yaxshi ro‘zg‘or – jannat, yomon ro‘zg‘or – do‘zax. 2. Usti yal- tiroq, ichi qaltiroq. (Maqol) 3. Birniki – mingga, mingniki – tumanga. (Maqol) 4. Oltita bolani bag‘riga olgan Mahkam taqachi – shu. 5. Sizdan umidim ko‘p. 6. Yo‘qoling, siz bilan adi-badi aytishishga vaqtim yo‘q. 7. Burchimiz – a’lo o‘qish. 8. Bu qarorni amalga oshirishdagi birinchi qadam – o‘qish, o‘qiganda ham a’lo o‘qish edi. ( Taxtada bajariladi).
Ekranda ekologiyaning buzilishiga doir slaydlar namoyish etiladi.
IV.Guruhlarda ish.
O‘quvchilar uch guruhga bo‘linadi.( suv, havo, tuproq rasmlari tarqatilib, har kim o‘ziga tegishli rasm bo‘yicha guruhlarga bo‘linadi) 1-2- topshiriqlarni o‘quvchilar dastlab individual o‘qib chiqishadi keyin guruhda muhokama qilib ekologik muammoni qanday yechish haqidagi fikrlarini flipchart qog‘ozga tushiradi.( O‘qituvchi vaqt belgilaydi)
Taqdimot: Guruhlardan bir nafar o‘quvchi chiqib yozganlarini óqib eshittiradi.
Muhokama:

1.Bugungi dars sizlarga yoqdimi? Nima uchun?


2.Ekologik vaziyatning o‘zgarishiga nimalar ta‘sir etmoqda?
3.Tabiiy ofatlar nima oqibatida yuz bermoqda?
4.Sizning mahallangizda qanday ekologik muammolar bor?
Har bir o‘quvchining javoblariga qarab baholanadi.O‘quvchilarning fikrlari quyidagi savollar asosida umumlashtiriladi.
Baliq suv bilan tirik.
Bir yil tut ekkan kishi, yuz yil gavhar teradi
Bir kishi ariq qaziydi, ming kishi suv ichadi.
Yomg‘ir bilan yer ko’karar,duo bilan el ko’karar.
Yer haydasang kuz hayda, kuz haydamasang yuz hayda.
Bitta daraxt kessang, yuzta ko‘chat ek.
Uyga vazifa va baholash:
1.Maqollarni o‘qing va mazmuni izohlab ona tilingizga tarjima qiling!


2.Sizni qiziqtirgan ekologiyaga oid mavzuda qo’shimcha ma‘lumot toplang
Download 44,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish