Arteriyalar (grekcha: ἀρτηρία - arteria – havo kanali) – yurak va aortaaan chiqib, 651 oʻpka alveolalarida kislorodga boy-igan qonni barcha a’zo va toʻqimalarga eltuvchi qon tomirlar. Arteriya qoni odam vafotidan soʻng vena tomirlariga oʻtib ketadi. Shu sababli Gippokrat ar-teriya tomirlaridan jon oqadi, degan. Odatda yurakdan chiqqan barcha tomirlar (qon tarkibidan qat’i nazar) arteriya, yurakka keladigan tomirlar vena tomi-ri boʻladi. Yurakdan chiqib oʻpkaga bora-digan tomir (tarkibida vena qoni bor) – oʻpka arteriyasi bundan mustas-no. Arteriyalar devori uch qavat (ichki – endoteliy, oʻrta – muskul, tashqi – parda)dan iborat. Katta diametrli Arteriyalar devorida elastik toʻqima koʻp boʻladi. Arteriyalar juda koʻp marta oʻzaro qoʻshilib arteriya toʻri va anasto-mozlar hosil qiladi. Boʻlar arteriya jarohatlanganda oʻrinbosar vazifasini bajaradi.
Kapillyarlar (lotincha: capillaris — tola, qil), qil tomirlar — odam va hayvonlarning barcha toʻqimalari tarkibidagi eng mayda (nozik) qon tomirlar. Qon arteriyadan arteriolaga, Kapillyarlar oldi tomirlari (prokapillyar)ga, soʻngra Kapillyarlarga oʻtadi. Kapillyarlar uz. 0,5 mm boʻladi, devor boʻshliklari orqali havo va moddalar almashinuvi roʻy beradi. Kapillyarlarning boshlanish qismi arteriyaga, keyingi qismi esa venaga taalluqlidir. Qon Kapillyarlardan postkapillyarlarga, undan venulaga oʻtib, soʻngra vena tomiri boʻylab davom etadi. Natijada qon aylanish doirasi vujudga keladi. Limfa Kapillyarlari (qon Kapillyarlaridan oʻta nozikligi bilan farq qiladi) birbiriga qoʻshilib, limfa tomirlarini hosil qiladi, ular toʻqimalardan limfa suyuqligini shimib, limfa yoʻliga oʻtib, oxiri venaga quyiladi, organizmdagi yot zarralar va kasallik qoʻzgʻatuvchi bekteriyalarning limfa tugunlari orqali zararsizlanishiga yordam beradi.
Qon bosimi — tomirlarda oqayotgan qonning shu tomirlar devoriga koʻrsatadigan bosimi (tazyiqi); yurak ishi va tomirlar devorining qarshiligi tufayli vujudga keladi. Arteriyalar ichida — arterial, kapillyarlar ichida — kapillyar va venalar ichida — venoz bosim boʻladi. Qon bosimi qonning tomirlar sistemasi boʻylab oqishiga imkon beradi va shu bilan organizm toʻqimalarida moddalar almashinuvini taʼminlaydi. Arterial bosimning (AB)- yuqori yoki past boʻlishi, asosan, yurak qisqarishlarining kuchi va yurakning har qis-qarganda tomirlarga haydaydigan qon miqdori, tomirlar (ayniqsa, periferik tomirlar) devorining qon oqimiga koʻrsatadigan qarshiligi va kamroq darajada vaqt birligida yurak qisqarishlarining soni bilan belgilanadi. Aylanib yuradigan (sirkulyatsiya qiladigan) qon miqdori, uning yopishqoqligi, bosimining nafas olishga bogʻliq boʻlgan qorin va koʻkrak qafasi boʻshligʻidagi oʻzgarishlari va boshqa omillar ham AB ning yuqori yoki past boʻlishiga taʼsir koʻrsatadi. Yurakning chap qorinchasi qisqarganda (sistola) AB maksimal darajaga yetadi. Bu jarayonda yurakdan 70 ml qon otib chiqariladi, bu miqdor qon birdaniga mayda qon tomirlari (ayniqsa, kapillyarlar) orqali oʻtib ketolmaydi. Shuning uchun elastik aorta kengayadi, undagi bosim (sistolik bosim) esa ortadi. Arteriya, vena va kapillyarlarda Qon bosimi turlicha boʻladi. Yurakdan uzoqlashgan sari Qon bosimi pasayib boradi (aortada ancha yuqori, kapillyarlarda birmuncha past, venalarda ancha past boʻladi). Katta odamda normal arterial bosim 100–140 mm simob ustuni (sistolik bosim) ga va 70–80 mm simob ustuni (diastolik bosim) ga teng . Bu bosimlar farqi puls bosimi deyiladi. Organizmdagi biror-bir illat tufayli Qon bosimi ushbu koʻrsatkichdan koʻtarilishi yoki pasayishi mumkin. Yurak qorinchalarining qisqarishlari orasidagi pauza (yaʼni diastola) vaqtida kengaygan qon tomirlari (aorta va yirik arteriyalar)ning devori qisqara boshlaydi va qonni kapillyarlarga haydaydi. Qon bosimi asta-sekin pasayadi va diastola oxirida minimal darajaga tushadi (aortada 90 mm simob ustuni, yirik arteriyalarda 70 mm simob ustuni atrofida boʻladi).
Venalar (lotincha: vena — vena, koʻk qon tomir) — venoz qonni (karbonat angidrid bilan toʻyingan) aʼzo va toʻqimalardan yurakka olib keluvchi kon tomirlar (oʻpka venalari bundan mustasno, ular arterial qon tashiydi). Odamda uchta venalar tizimi mavjud. Yuqori kovak vena gavdaning yuqori yarmi (bosh, boʻyin, qoʻl va koʻkrak)dan yurakka qon keltiradi, pastki kovak vena gavdaning pastki yarmi (oyoq, chanoq, yonbosh, qorin boʻshligʻidagi juft aʼzolar va jigar)dan yurakka qon oʻtkazadi; darvoza (qopqa) vena qorin boʻshligʻidagi (jigardan boshqa) toq aʼzolardan jigarga venoz qon keltiradi va jigardan tozalanib chiqqan qon pastki kovak venaga, gavdaning hamma qismidan keladigan qon esa yurakning oʻng boʻlmasiga quyiladi. Kislorodi kamaygan, toʻqimalarda moddalar almashinuvida hosil boʻlgan chiqindilar, karbonat angidrid (SO2) bilan toʻyingan (venoz) qon kovak venalar orqali yurakka boradi. Oʻpkada karbonat angidrid gazidan tozalanib, kislorod bilan toʻyingan (arterial) qon oʻpka venalari orqali yurakning chap boʻlmasiga quyiladi. Venalar devori arteriya devoriga qaraganda yupqaroq, elastik toʻqimasi va muskullari ham kamroq boʻlgani uchun bu tomirlar osongina puchayadi va yoriladi. Koʻpchilik venalarda qopqoqlar (klapanlar) borligi uchun qon oqimi faqat yurakka yoʻnaladi, teskari oqa olmaydi. Venalarda qon arteriyalardagiga nisbatan sekin oqadi. Har bir arteriya yonida ikkitadan vena bor. Teri osti arteriyalari yonida venalar boʻlmaydi. Baʼzi kovak aʼzolar (bachadon, toʻgʻri ichak, qovuq va b.) atrofida venalar juda koʻp boʻlib, ular hatto vena chigalini hosil qiladi. Organizmdan qon chiqarish, dori yuborish, qon quyishda teri ostidagi venalar (koʻpincha tirsak venasi, yosh bolalarda boʻyinturuq venasi)dan foydalaniladi. Venalar kasalliklaridan venalarning varikoz kengayishi, tromboflebit koʻproq uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |