Suyuqlik harakatining turbulentligi Reynolds mezoni bilan tavsiflanadi va u mexanik aralashtirgichlar uchun quyidagi ko'rinishga ega: ReM = nd² /vc = ρ꜀nd²/ μ꜀ buyerda: d — aralashtirgichning diametri, m; v— kinematik yopishqoqlik,m2/sek ρ꜀ — suyuqlikning zichligi, кг/м³; Mc- dinamik yopishqoqlik, Pa •c. Mexanik aralashtirgichlar bilan aralashtirilganda ikkita asosiy marom kuzatiladi: laminar (ReM < 30) va turbulent (ReM > 100). Shunga muvofiq o‘tish holati doirasi (ReM= 30 ÷100) va turbulentlilikning rivojlanish doirasi(Reₘ > 10⁵) mavjud bo‘ladi. Keltirilgan raqamlaming qiymatlari taxminiy bo'lib, ular aralashtirgich va apparatlarning geometrik o'lchamlari va konstruksiyalariga bevosita bog'liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |