Biokimyoviy reaktsiyalarni amalga oshirish, gomogen sistemalar hosil qilish, issiqlik va modda almashinish jarayonlarini tezlatish uchun suyuqlik muhitlarida aralashtirish keng qo`llaniladi. Suyuq fazalardagi aralashtirish ikki (mexanik va pnevmatik) usulda amalga oshiriladi. Suyuqliklarni mexanik aralashtirish parrakli, propellerli va turbinali aralashtirgichlarda amalga oshiriladi Qovushqoqligi 1 Pa.s gacha bolgan suyuqliklar uchun bir parrakli, undan katta bolganlari uchun esa kop parrakli aralashtirgichlar qollaniladi. Parrak diametri qurilma diametrining 0,66-0,9 qismini tashkil qiladi. Parrakning aylanishlar soni minutiga 15 - 45 martani tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |