Dars jarayoni va texnologiyasi
Ishning nomi
|
Bajariladigan ishning mazmuni
|
Metod
|
Vaqt
|
1-bosqich
Tashkiliy qism
|
Darsni tashkil etish. O’quvchilarning davomatini aniqlash. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi
|
Suhbat
|
2 minut
|
2-bosqich Ehtiyojlarni aniqlash
|
O’quvchilarning ehtiyojlarini aniqlab, mavzuga oid tushunchalar beriladi
Harflarni yozish o’rgatiladi
|
Savol-javob
|
3 minut
|
3-bosqich Yangi mavzu bayoni
|
O’tilgan mavzuni mustahkamlash
“Yangi mavzu ustida ishlash
97-98 - mashqlarni bajarish
|
Tushuntirish, izlanish
Og’zaki savol-javob
|
31 minut
|
4-bosqich Mustahkamlash
|
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar O’yinli mashg’ulotlar
|
Muammoli izlanish
|
6 minut
|
5-bosqich rag’batlantirish
|
O’quvchilarning darsga ishtiroki hisobga olinib rag’batlantiriladi
|
|
2 minut
|
6-bosqich
Uyga vazifa
|
99-mashq
|
izlanish
|
1 minut
|
Darsning borishi:
1-2 bosqichlar texnologik xarita asosida tashkil etiladi
O’tilgan mavzuni takrorlash, o’quvchilar bilimini aniqlash va mustahkamlash maqsadida aqliy hujum savollari beriladi.
1. O’tgan darsda qaysi mavzu bilan tanishgan edik?
Soz’lar qanday ma’nolarni bildiradi?
So’zlar nimalarga bo’linadi?
Kim? So’rog’iga javob bo’ladigan so’zlarga misol ayting.
6.Nima? So’rog’iga javob bo’ladigan so’zlarga misol ayting
7. Nima qildi? So’rog’iga javob bo’ladigan so’zlarga misol ayting
III. Yangi mavzuni tushuntirish
O’quvchilar diqqati doskaga jalb etiladi. Yangi mavzu e’lon qilinadi.
Shaxs va narsaning nomini bildirgan so’zlar
Kishilarning ismi va familiyasi bosh harf bilan yoziladi.
Misol: Salima, Marat Oqilov, Farida Tursunova, Oyista Rajabovna
|
97 – mashq. So’zlarning yozilishini taqqoslang. So’zlar nima uchun bosh va kichik harflar bilan yozilgan?
bobo Nurmat Husanov
buvi Sharofat Majidova
ota Hikmat Ne’matov
ona Xosiyat Nurmatova
aka Ne’mat Hikmatov
singil Dilafro’z Yo’ldosheva
92-mashq. Matn mazmunini qayta hikoya qiling
Opa-singillar
Nilufar, Xurshida va Xolida Ismoilovalar opa-singillar. Ularning onasi Saodat Nosirova mohir chevar. Qizlar ham onalaridan bichish-tikishni o’rganishgan.
Mustaqil ish beriladi.
O’zingizning oila a’zolaringizni ism va familiyasini yozing.
Dam olish daqiqasi
“Mening oilam” mavzusida o’quvchilar bilan suhbat o’tkazish
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash
- So’zlar nimalarga nom bo’ladi?
- Kishilarning ismi va familiyasi qaysi so’roqqa javob bo’ladi?
- Nima? So’rog’i qaysi so’zlarga beriladi?
- Gaplardagi kim? So’rog’iga javob bo’ladigan so’zlarni ayting.
V. O’quvchilar darsga ishtirokiga qarab rag’batlantiriladi.
Uyga vazifa. 99 – mashq. Rasmni kuzating. Bolalarga ism qo’ying.
Savollarga javob yozing.
Kim kutubxonaga bordi?
Kutubxonada kimlar bor edi?
Kim Ma’murga kitob berdi?
Oshpaz, bog’bon, duradgor, shifokor
Do'stlaringiz bilan baham: |