Amaliy topshiriqlar bo’yicha misollar
1-bo’lim. Ma’lumotlar, tuzilmalar va ob’ektga yonaltirilgan dasturlash. Ushbu bo’lim ma’lumotlar tuzilmalari va bunday tuzilmalarning dasturlash jarayonlarini ob’ektga yonaltirilgan yondoshuv orqali ochib beradi.
1. Ketma-ket qidiruv usulidan foydalanib, ro’yxat eng kichik elementini toping.
2. Ketma-ket qidiruv usulidan foydalanib, ro’yxatda berilgan kalitdan katta elementlarni toping.
3. Boshiga qo’yish usulidan foydalanib ro’yxatda 11 ga butun bo’linuvchi eng katta sonni toping (agar bunday sonlar ko’p bo’lsa, u holda ularning eng kattasini toping; agar bunday son mavjud bo’lmasa – shunga mos ma’lumot chiqaring).
4. Transpozitsiya usulidan foydalanib ro’yhatda 11 ga butun bo’linuvchi eng katta sonni toping (agar bunday sonlar ko’p bo’lsa, u holda ularning eng kichigini toping; agar bunday son mavjud bo’lmasa – shunga mos ma’lumot chiqaring).
5. Binar qidiruv usuli yordamida massivga yangi elementni kiriting.
6. Berilgan massivda key kalitli elementni ketma-ket va binar qidiruv usullari yordamida izlang va qaysi usul ushbu qidiruv holatida samara berganligini aniqlash dasturini keltiring.
7. Talabalar ismi va umumiy ballaridan iborat jadvaldan ketma-ket qidiruv usuli bilan balli maksimal bo’lgan talabani toping.
8. Talabalar ismi va umumiy ballaridan iborat jadvaldan binar qidiruv usuli yordamida so’ralgan talabaning umumiy balini chiqarish dasturini tuzing.
9. A[100] masssiv elementlarini rand() funktsiyasi yordamida tasodifiy sonlar bilan to’ldiring va saralangan massiv elementlarini o’sish tartibida chiqaring (Selection Sort saralash algoritmi orqali).
10.B[100] masssiv elementlarini rand() funktsiyasi yordamida tasodifiy sonlar bilan to’ldiring va saralangan massiv elementlarini kamayish tartibida joylashtiring. (Selection Sort saralash algoritmi orqali).
11.Talabalar ro’yxati berilgan, ushbu ro’yxatni talabalar familiyasi bo’yicha alifbo tartibida saralang. (Selection Sort saralash algoritmi orqali).
10.B[100] masssiv elementlarini rand() funktsiyasi yordamida tasodifiy sonlar bilan to’ldiring va saralangan massiv elementlarini kamayish tartibida joylashtiring. (Selection Sort saralash algoritmi orqali).
11.Talabalar ro’yxati berilgan, ushbu ro’yxatni talabalar familiyasi bo’yicha alifbo tartibida saralang. (Selection Sort saralash algoritmi orqali).
12. Talabalar ro’yxati berilgan, ularni yoshi bo’yicha o’sish tartibida saralang. (Selection Sort saralash algoritmi orqali).
13. Respublikamizdagi viloyatlar maydonini o’sish tartibida joylashtiring. (Bubble Sort saralash algoritmi orqali).
14. Respublikamizdagi viloyatlar maydonini kamayish tartibida joylashtiring. (Bubble Sort saralash algoritmi orqali).
15.Guruhdagi talabalar smestrdagi olgan baholariga qarab o’sish tartibida chop eting. (Bubble Sort saralash algoritmi orqali).
16. Karim N yoshda, Salim M yoshda, Jasur K yoshda. Siz bu aka-ukalarning yoshini o’sish tartibida chop eting. (Quick Sort saralash algoritmi orqali).
17. Football bo’yicha Jahon chempionatida ishtirok etuvchi futbol komandalar olgan ochkolarini kamayish tartibida saralang. (Merge Sort saralash algoritmi orqali).
18. N natural son berilgan. 1 dan N gacha bo'lgan barcha natural sonlarning kvadratlari yig’indisini rekursiv funksiya yordamida chop eting.
19. Ikkita A va B butun sonlar berilgan (har biri alohida satrda). A dan B gacha bo'lgan barcha sonlarni, agar A
20. N natural son berilgan, shu sonning ikkining M-darajasiga teng ekanligini aniqlovchi rekursiv funksiya hosil qiling. Agar N ikkining M-darajasiga teng bo’lsa “HA”, aks holda “YO’Q” degan xabar chop etuvchi vastur tuzing.
21. N natural son berilgan bo'lsa, uning raqamlari yig'indisini hisoblovchi rekursiv funksiya hosil qiling.
22. Faqat lotin kichik harflardan iborat so'z berilgan. Ushbu so'z palindrom ekanligini tekshiruvchi rekursiv funksiya hosil qiling. Masalan: aziza –polindrom so’z, chap va o’ng tomondan bir xil o’qiladi.
23. M xonali (M≥4) N natural son berilgan ushbu sonning polindrom ekanligini aniqlovchi rekursiv funksiya hosil qiling. Masalan: 12321; 258852 –polindrom son, chap va o’ng tomondan bir xil o’qiladi.
24. Elementlari butun sonlardan iborat A massivning barcha elementlari yig’indisini hisoblovchi rekursiv funksiya hosil qiling.
25. A[N,N] massiv berilgan (N>3). Ushbu massivning asosiy dioganalidan yuqoridagi elementlar yig’indisini hisoblovchi dastur tuzing.
26. Quyidagi ifodaning qiymatini berilgan shartlar asosida hisoblovchi rekursiv funktsiya yozing ([n/m]-sonning butun qismi):
27. Berilgan ikki xonali natural soning raqamlari yig’indisini quyidagi formula yordamida aniqlovchi rekursiv funksiya hosil qiling:
2-bo’lim. Standart ma’lumotlar tuzilmasining kutubxonasi. Bu bo’limda tuzilmani masofaviy hizmat qilish bilan tanishtirish. Shu mavzular yordamida konteyner va foydalanuvchi shablonlar ishlatgan holda dasturlar tuzish.
28. Massiv elementlarini klaviaturadan kiritish va natijani ekranda chop etish uchun
Do'stlaringiz bilan baham: |