2-kurs
Fan nomi: Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar
NAZORAT SAVOLLARI
Fan o’qiruvchisi: dotsent Boynazarov I.M.
1-bo’lim. Ma’lumotlar, tuzilmalar va ob’ektga yonaltirilgan dasturlash. Ushbu bo’lim ma’lumotlar tuzilmalari va bunday tuzilmalarning dasturlash jarayonlarini ob’ektga yonaltirilgan yondoshuv orqali ochib beradi.
1.1.Mavzu; Ma’lumotlar turlari. Abstraktsiya. Ma’lumotlar abstraktsiyasi va ma’lumotlarning abstrakt tuzilmalari (MAT).
1. Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar fanining maqsad va vazifasini izohlab bering.
2. “Ma’lumot” tushunchasiga ta’rif bering, ma’lumotlar qaysi xususiyatiga ko’ra turlarga ajratiladi?
3. Ma’umotlar tuzilmasi deganda nimani tushunasiz, uning hisoblash mashinasidagi o’rni va tuzilma interfeysi nima?
4. Ma’lumotlar tuzilmasi qanday xossalar bilan tavsiflanadi va ma’lumotlar tuzilmasi nimani belgilaydi?
5. Ma’lumotlar tuzilmasi qanday klassifikatsiyalanadi?
6. Tuzilmadagi elementlarning o’zaro bog’liqligi bo’yicha qanday sinflari mavjud?
7. Vaqt yoki tuzilmaning dastur bajarilishi vaqtidagi o’zgaruvchanligi bo’yicha ma’lumotlar tuzilmasining sinflari va ularga misollar keltiring.
8. Tuzilmaning tartiblanganligi bo’yicha sifnlari?
9. Tuzilma tarkibi bo’yicha sinflari va ularga misollar keltiring?
10. Ma’lumotlarning tayanch turlarining tavsiflanishi va ular qabul qiladigan qiymatlar, misollar keltiring.
11. Foydalanuvchining standart turlarini tavsiflashga misollar keltiring (intervalli va sanoqli turlar).
12. Ko’rsatkichli tur va ularnigg tavsiflanishi, qabul qiladigan qiymatlari va dasturlashda foydalanish bo’yicha misollar keltiring.
1.2-mavzu.Qidiruv va xeshlash algoritmlar. Qidiruv algoritmlar: chiziqli algoritm, tartiblangan navbatlar, binary qidiruv. Xesh jadval va xesh funksiyalar. Xesh funksiyalarga misol.
13. Ma’lumotlar tuzilmasi bilan ishlashda “kalit” tushunchasi, ichki va tashqi kalitlar haqida tushuntirib bering, misollar keltiring.
14. Qidiruv nima va qidiruv usullari? Qidiruvning asosiy vazifasini izohlab bering.
15 Ketma-ket qidiruv usuli va uning algoritmining tushuntirib bering. Bu qidiruv usuli qanday tuzilmalar uchun samarali deb hisoblaysiz?
16. Indeksli ketma-ket qidiruv usuli, uning ishlash printsiplari, algoritmni misollar yordamida tushuntirib bering.
17. Qidiruv usullarining samaradorligi: ketma-ket va indeksli ketma-ket qidiruv usullari samaradorligini tahlil qiling.
18. Topilgan elemenni ro’yxat boshiga qo’yish usulida qidiruv algoritmini tushuntirib bering.
19. Binur qidiruv algoritmi va undan foydalanish bo’yicha misol keltiring, uning samaradorligini baholang.
20. Binur qidiruv algoritmining asosiy funktsiyasini C++ dasturlash tilida yozing va uning ishlashini tushuntirib bering?
21. Qiliruvning Interpoliyatsiya usulining C++ dasturlash tilidagi algoritmini yozing va ishlashini tushuntirib bering.
22. “Hesh” va “Heshlash” tushunchalarini izohlab bering.
23. Hesh jadval nima va undan qanday holatlarda foydalaniladi?
24. Hesh funktsiyaning ta’rifi, undan foydalanish bo’yicha misollar.
25. Kolliziya nima?
26. Hesh qiymatni hisoblash qanday bosqichlarda amalga oshiriladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |