TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI
MUSTAQIL ISH
Mavzu:
Fan nomi: Elektronika va sxemalar
Guruh: KIS-20-02
Bajardi: _______________
Tekshirdi: Bolbekov M.A.
Samarqand-2022
Mavzu: Optoelektronika
Reja:
Optoelektronika va uning rivojlanishi.
Optoelektron asboblarni konstruksiyalari
Optoelektronlarning yutuqlari va kamchiliklari
Optoelektronika va uning rivojlanishi.
Optoelektronika – elektronikaning yorug’lik va elektr metodlaridan foydalanilib axboratlarni ishlash, saqlash hamda uzatish masalalari bilan shugyllanadigan bo’limi. Optoelektronika radioelektronika va hisoblash texnikasining taraqqiyot bosqichi sifatida yuzaga keldi.
“Optoelektronika “ tushunchasi 1955-yillarda paydo bolib, birinchi bu so’z bilan optik aloqali elektron sxemalar tushunildi. Keyin 1960 yillarda kogerent nurlanishlarni keng foydalanish imkoniyatini beruvchi lazerni kashf qilinishi optik effektlarni tekshirishni yengillashtirdi va optikani elektronikada foydalanish bo’yicha takliflar soni keskin oshdi. Golografiyani rivojlanishi esa optikani elektronika bilan bog’lanishini kuchaytirib yubordi. Undan tashqari, lazer texnika va yarimo’tkazgichlar texnologiyasini rivojlanishida yangidan – yangi asboblarni yaratilishi va bu yo’nalishlarni sintez qilishga to’g’ri keldi. Keyin informasiyani yuqori darajada to’yinishi hisobiga uni turli ko’rinish va usullarda tez ishliv berish zarurati tug’uli. Bular hammasi optoelektronikani rivojlanishiga stimul bo’ldi.
Optoelektronika yarimo’tkazgich va vakuum elektronikadan o’zining zvenosi (fotonlar aloqasi) borligi bilan farq qiladi. Fotonlar elektr jihatdan neytiral b’lganligidan optik aloqa kanalida elektr va magnit maydonlari tomonidan uyg’otilmaydi. Bu esa axboratlarni buzmasdan tekis uzatish va qabul qilishni ta’minlaydi. Axboratlar yorug’lik nuri yordamida uzatilganda aloqa liniyasida to’planib qolmaydi va sochilmaydi, shuning uchun axborot kechikmay, buzilmay , o’z vaqtida yetkaziladi. Optik tebranishlar chastotasining yuqoriligi (1013- 1015 Gs) axborotlarnini ko’p va tez uzatilishini ta’minlaydi.
Optoelektronikaning asosiy elementlari – yorug’lik mabalari ( lazerlar, yorug’lik diodlari), optik muhitlar( aktiv va passiv) hamda fotoqabulqilgichlar. Bu elementlardan turli nisbatda va ayrim – ayrim foydalanish mumkin. Optoelektronikani rivojlantirishning ikki yo’li – optik ( kogerent optoelektronika) va elektrooptik (optronika) mavjud. Hisoblash texnikasi sistemasini tuzishning yangi prinsipi va usullari , optik aloqa, axborotlarni eslab qolish va ishlash kogerent optoelektronika bilan bog’liqdir. Optronikaning rivojlanishi yorug’lik manbalari va fotoqabulqilgichlardan to’g’ri foydalanishga asoslangan. Optron sxemalar tuzilishi jihatidan yarimo’tkazgichlarga nisbatan ixcham va oddiy bo’ladi.
U elektr va optik signallarni kuchaytirish va o’zgartirish, almashlab ulash , modulyasiyalash va boshqalarni bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |