3. Ishlab chiqarishni kuchlarini joylashtirish tamoyillari va omillari
Eng muhim o’ziga xos omillarga tabiiy sharoitlar, mehnat resurslari, ishlab chiqarishning texnika darajasi va fan-texnika taraqqiyotining sur‘atlari, ishlab chiqarishni ijtimoiy tashkil etishning shakllari, energatika va transport sharoitlari, infratuzilma hamda aglomeratsiya kiradi.
EHM dan foydalanish bilan bog’liq hozirgi mintaqaviy tadqiqotlar omillarning juda keng doirasini tahlil sohasiga kiritish imkonini beradi. Chunonchi, Amerikaning «Jeneral elektrik» kompaniyasi joylashtirish joylarini aniqlashda quyidagi 3 ta guruhga birlashtirilgan 187 ta omil hisobini olib boradi.
1. OMILLARNING IQTISODIY GURUHI.
Қ 1) Kapital (ko’pincha o’zgaruvchan kapital); 2) mehnat (miqdor, sifat, maoshlar, ish xaqlari, kasaba uyushmasi birlashmalari, ishchi qonunchiligi, yashashning eng past darajasi); 3) yonilg’i va quvvat (me‘yorlash); 4)Yer (renta); 5) soliq solish (miqdorlari); 6) bank ishi (foiz hisobli maoshlar, bank operatsiyalari); 7) qurilish (ijara xaqi, qurilish chiqimlari); 8) transport (mahalliy va olisga tashishlar, ta‘riflar, xizmat ko’rsatish klassi, mahalliy yukoboroti); 9) qonunchilik (federal va mahalliy, aktsioner jamiyatlari qonunchiligi); 10) bozor (sanoat faolligi koeffitsenti).
II. OMILLARNING JUG’ROFIY GURUHI.
1) Yer (mavjud yer maydoni, topografiya, tuproqlar, yer osti tuzilishi, zovur, aerosuratga olish); 2) iqlim (mavsumiy tebranishlar, shamollar tezligi va yo’nalishi, quyosh radiatsiyasi miqdori namlik, yog’inlar harakteri-yomg’ir, qor, dul, bo’ron va h.k.); 3) suv resurslari (miqdor, sifat manbalar); 4) xom ashyo (harakter, joylashtirish, iste‘molchiga bo’lgan masofa); 5) yonilg’i va quvvat (ko’mir, neft, gaz, suv, o’tin, atom, quvvati); 6) transport (tarmoq xili-temir yo’l, avtomobil, suv, havo transporti, aeroportlar, quvurlar, mahalliy transport).
ққққққққққ
III. OMILLARNING IJTIMOIY GURUHI.
1) Aholini soni; 2) uy-joy bilan ta‘minlanganlik; 3) tarqalgan mol-mulk; 4) shifokor xizmati; 5) dam olish sharoiti; 6) ta‘lim olish sharoiti; 7) Xotin-qizlarning roli; 8) cherkovning roli; 9) davlat matbuoti; 10) mudofaa va jinoyatlar solnomasi; 11) yong’inga qarshi xizmat; 12) ilmiy tadqiqotlar; 13) ilmiy tadqiqotlar sharoiti va reja komissiyasining ishi; 15) ijtimoiy mavqe va madaniyatning boshqa elementlari; 16) ijtimoiy munosabatlar.
1965 yilda «Sanoat taraqqiyoti» degan Amerika jurnalida bosilib chiqqan bir maqolada joylashtirishning 700 ta omili ustida so’z yuritiladi. 1970 yilda Missuri shtatining ma‘muriyati EHM da joylashtirish vazifalarini hal etishda 25000 ta omil hisobini olib borgan edi. bu endi ortiqcha ko’rinsada, lekin joylashtirish omillarini tavsiflash va hisobga olishga zarur e‘tibor berilganligi bejiz emas.
Mujassamlashuv,
ixtisoslashuv, Ishlab chiqarishni tashkil
kooperatsiya, etishning asosiy shakllari
kombinatsiya
Ishlab chiqarishni tashkil etishning barcha shakllari – mujassamlashuv, ixtisoslashuv, kooperatsiya va kombinatsiya ayni paytda ijtimoiy va hududiy jihatlarga ega. Bunda ishlab chiqarishning hududiy tomoni yetakchi rol o‘ynaydi. Shunga qaramasdan bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan bu jarayonlarni uyushtirgan holda o‘rganish, tahlil qilish, biridan ikkinchisiga o‘ta bilish geografik
fikrlashning muhim xususiyatidir.Mujassamlashuv yoki ishlab chiqarishning to‘planishi geografik jihatdan eng avvalo, moddiy sohalar – sanoat, qishloq xo‘jaligi,transportda yaqqol nomoyon bo‘ladi. Fan obyektini aynan shu tarmoqlarning hududiy tashkil etilishi, joylashish xususiyatlari belgilab beradi. Ijtimoiy obyektlarning hududiy tashkil etilishi esa xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida turlicha bo‘ladi.
Mujassamlashuv darajasining yuqori yoki pastligi ayni paytda ma’lum bir sohaning rivojlanganlik darajasini belgilaydi. Ixtisoslashuv mehnat taqsimoti va iqtisodiy rayonlarning tarkib topishi bilan chambarchas bog‘liqdir. Uning uch bosqichi – korxona, shahar va tuman miqyosidagi ixtisoslashuvi, shuningdek,
uch turi – qism (detal); texnologik yoki yarim mahsulot va predmet (tovar mahsulot ishlab chiqarish) ixtisoslashuvi mavjud. Ixtisoslashuv bosqichlari korxona, shahar va tumanlarning mehnat taqsimotidagi o‘rnini belgilab beradi, turlari esa, bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, turli hududiy bosqichlarda o‘zgacha xususiyatga ega bo‘ladi. Ixtisoslashuv natijasida xalq xo‘jaligi tarmoqlari
vujudga keladi, iqtisodiy rayonlar, shaharlarning funksional turlari shakllanadi.
Kooperatsiya – bir mahsulot yaratish uchun turli korxonalarning hamkorligi bo‘lib, bunda ularning tarmoq holda joylashuvi kuzatiladi. Bunda qatnashuvchi korxonalar soni vujudga kelayotgan mahsulotning murakkabligiga bog’liq bo‘ladi. Kombinatsiya – kooperatsiyaga o‘xshab korxonalar birlashmasidan iborat. Bunda tarqoq holda joylashgan birlik emas,balki ularning hududiy umumiyligi tushuniladi. Kooperatsiyada mahsulot bir bo‘lsa, kombinatsiyada aksincha, xomashyo birnbo‘lib, undan olingan mahsulot turlicha bo‘ladi. Kombinatlashuv
ma’lum turdagi xomashyoni chuqur texnologik qayta ishlaga holda mahsulotlar ishlab chiqarishni anglatadi.Bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o‘tish sharoitida ishlabchiqarishni tashkil etishning barcha shakllaridan to‘g‘ri va oqilona foydalanish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |