Fan: Mehnat ta’limi (o‘g‘il bolalar)



Download 0,5 Mb.
bet54/73
Sana30.04.2022
Hajmi0,5 Mb.
#599737
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   73
Bog'liq
7 sinf texnologiya ogilbollar

Yangi mavzu bayoni:

Metallni qaychi bilan qirqish juda unumli bo‘lib, qirindi chiqarmay turib istalgan shakldagi detalni qirqishga va to‘g‘ridan-to‘g‘ri tayyor detal olishga imkon beradi. Biroq, qaychilar bosim hisobiga qirqqani uchun metallni qirqishga katta kuch kerak bo‘ladi. Shuning uchun qaychilar bilan list materiallar qirqiladi. Profil va chiviq materiallarni kesadigan mexanik qaychilar ham mavjud. Qo‘l qaychilar yupqa list materialni qirqish uchun ishlatiladi. Ular bilan 0,5-0,7 mm qalinlikdagi po‘latni, tunukani, qalinligi 1,5 mm gacha bo‘lgan rangli metallarni kirqish mumkin. Qo‘l qaychilarning tig‘i kalta, dastasi uzun bo‘ladi. Qaychilarning tig‘i, v = 70° burchak ostida charxlanadi. Metallni qirkqanda paydo bo‘ladigan kuch ta’sirida tig‘ning o‘t, maslashishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun charxlanish burchagi shunchalik katta olinadi. Qaychilarning tig‘ini o‘tkir va to‘g‘ri chiziqli qilib charxlash kerak. Tig‘lar butun uzunligi bo‘yicha o‘zaro yondoshib turishi lozim. Ular orasidagi zazor 0,2mm dan oshmasligi darkor. Agar zazor bundan oshib ketsa, qaychi metallni qirqmay ezadi, natijada kirqilgan joy g‘adir- budur bo‘lib chiqadi. Agar tig‘lar orasida zazor bo‘lmasa, katta ishqalanish kuchi paydo bo‘lib, tig‘ni tez o‘tmaslashtirib qo‘yadi. Tig‘larning ishqalakishini kamaytirish uchun ular bir-biriga tegib turadigan tekislik ki-chik (b =1-2°) burchak ostida charxlanadi. Qo‘l qaychilar 65, 70 markali po‘latdan yasaladi, qirquvchi tig‘lar NRS 52-58 qattiqligigacha toblanadi. Qaychilar o‘naqay va chapaqay bo‘ladi. O‘naqay qaychilar bilan qirqqanda pastki tig‘ning qiyaligi o‘ng tomonda bo‘ladi. Bunday kaychilar ko‘proq qo‘llanadi. Chapaqay qaychilar egri chiziqli detallar qirqishda foydalaniladi. Listlar va trubalarda shakldor teshiklar ochish uchun egri tig‘li qaychilar ishlatiladi. Qirqish paytida qaychi o‘ng qo‘l bilan ushlanadi. Bosh barmoq yuqori dasta ustida turadi, uch o‘rta barmoq bilan pastki dasta ushlanadi, ko‘rsatkich yoki kichik barmoq dasta,tar orasida turib, dastalarni ochib turadi. Qirqish paytida qaychining yuqori tig‘i reja chizig‘i ustidan yurishi kerak. Qirqiladigan metall qaychilarning jag‘i orasiga qanchalik ichkari kirsa, shuncha kam kuch bilan qirqiladi. Lekin tig‘lar katta ochilganda kirqish kuchining gorizontal tashkil etuvchisi kattalashadi va metall qirqilmasdan itariladi, qaychi jag‘lar orasidan chiqishga harakat qiladi. Tig‘lar taxminan 30° ochilganda ishqalanish kuchi va ishchi chap qo‘lining kuchi itaruvchi kuchga qarshi tura oladi. Ana shu burchakni qo‘l qaychilyar bilan metall kirqishda eng qulay burchak deyish mumkin. Qirqish paytida qaychining yuqori tig‘i reja chizig‘i ustidan yuritiladi, chap qo‘l bilan qirqib olinayotgan qism bukib turiladi. Bunda metallni keskin bukib yubormaslik kerak. Qaychini oldinga yurgizyb qirqqan sari uni qirkiladigan joyga taqab borish kerak. Aks holda g‘adir-budurliklar paydo bo‘ladi. Qaychi qirqilayotgan metallga tik ushlanishi lozim. Qiyshaytirilsa, qirkmasdan metallni ezadi. Yupqa plastmassa listlarini oddiy qo‘l qaychilar bilan qirqsa ham bo‘ladi. Lekin bunda tig‘lar orasidagi zazor juda kichik (0,1-0,2mm) bo‘lishi kerak. Qirqish paytida listni stolga zich taqab turish kerak. Mo‘rt plastmassalar: polistirol, organik shisha va boshqalarni qaychi bilan qirqish kerak emas, ular arra bilan qirqiladi. Diametri 3mm gacha bo‘lgan sim ombur bilan qirqiladi. Stul qaychilar (28- rasm, a) qo‘l qaychilardan yuqori dastasining uzunligi (400-800mm), pastki dastasi to‘g‘ri burchak ostida egilib, uchi o‘tkirlanganligi bilan farq qiladi. Shu o‘tkir uchi taxtaga yoki dastgohga qoqib qo‘yiladi. rasm. Dastasining uzunligi tufayli qirqishda barmoqlargina emas, balki butun qo‘l qatnashadi. Bu esa qirqish bosimini ancha oshiradi. Stul qaychilar bilan 2—3 mm gacha qalinlikdagi metallarni qirqish mumkin. Richagli qaychilar 2-3mm gacha qalinlikdagi metall listlarni qirqishga imkon beradi. Ular ikkita cho‘yan stoyak va stol (2) dan iborat. Stolga yon tomondan qo‘zg‘almas pichoq (7) (90° burchak ostida charxlangan) biriktirilgan. Richag (4) ga mahkamlangan ustki pichoq (5) egri chiziqli shaklga ega. Bu esa richag tushirilganda bosim burchagi doimo birday bo‘lishini ta’minlaydi (taxminan 15°). Richag staninaga mahkamla-nadi. Uchida posongi 6 bo‘lgani uchunu o‘z-o‘zidan tushib ketmaydi. Qirqiladigan list planka 3 yordamida richakka qisiladi. 37 tipidagi qaychilar pichog‘ining uzunligi 1050 mm bo‘lib, ular 2,5mm gacha qalinlikdagi metallni qirqishga imkon beradi. Richagli qaychilarning tig‘lari oralig‘i kichik bo‘lishiga va richagning puxta mahkamlanishiga e’tibor berish kerak. Ularda zagotovkani qisib turadigan bostirma bo‘lishi lozim, chunki qirqish paytida buyumni to‘ntarishga intiluvchi kuch mo-menti paydo bo‘ladi va ishchi uni ushlab turishga kuchi Yetmaydi. Metallni qirqish uchun richag keskin tushiriladi, so‘ngra kuch bilan bosib metall oxirigacha qirqiladi. Richagli qaychilarning boshqa konstruktsiyalari ham bor: tishlari bor reykali va pereborli (3 mm gacha bo‘lgan po‘lat listni, ingichka chiviqlarni qirqish uchun), sortli qaychilar (sortli metallni qirqish uchun) va h. k. Qaychilar bilan qirqishda juda ehtiyot bo‘lish kerak, aks holda detalning o‘tkir uchlari va qirralari bilan qo‘lni kesib olish mumkin. Qo‘lqop kiyib ishlash tavsiya qilinadi.


  1. Download 0,5 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish