Fan: Mehnat ta’limi (o‘g‘il bolalar)



Download 0,5 Mb.
bet50/73
Sana30.04.2022
Hajmi0,5 Mb.
#599737
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   73
Bog'liq
7 sinf texnologiya ogilbollar

Tokarlik stanoklari. Maktab ustaxonalarida TB-4, TB-26, TB-7rusumli tokarlik-vint ochuvchi stanoklar ishlatiladi. TB-6rusumli dastgoh, TB-4 rasumli dastgohning mukammallashgan varianti bo‘lgani uchun biz TB-6 va TB-7 stanoklarini ko‘rib chiqamiz. TD-6 tokar-vint ochuvchi stanogi, asosiy tokarlik operattsiyalarini hamda silindr va konussimon yuzlarni ochish, toreslarni qirqish, umuman qirqish, parmalash va rezba ochish uchun mo‘ljallangan. 18-rasmda tokarlik vintqirqar stanogi asosiy qismlari aks ettirilgan. Oldingi markaz staninnaning chap tomonida ikkita vint bilan qotiriladi. Ish paytida har doim uzatgich qutisida moy kerakli miqdorda bo‘lishi shart. Orqa markaz ishlov berilayotgan detalning ikkinchi tomonini ushlab turish uchun xizmat qiladi. Dastgoh himoyalash moslamasi bilan jihozlangan . Supportda ishlovchini strujkadan himoyalovchi ekran o‘rnatilgan. Agar ekran tushirilmagan bo‘lsa, unda dastgoh o‘chib qoladi, elektroblok orqali. Patron va planshayba elektroblok bilan jihozlangan. Dastgohni yog‘lash uchun H-30A moyi ishlatiladi. Moyni tepa qopqoqni ochib quyiladi. Stanina, support, orqa markaz, yuruvchi vint, yuruvchi vint podshibniklari va valiklar qo‘l bilan moylanadi.
Tokarlik keskichlar va ularni charxlash.
Keskich elementlari va burchaklari. Keskichlar kallak va sterjendan iborat. Kallak – ishchi qism. Sterjen keskichni dastgoh keskich ushlagichiga qotirish uchun mo‘ljallangan. Keskichni oldi tomonidan chiqayotgan strujka o‘tadi, orqa tomomni esa detalga qaratiladi. Oldingi va orqa yuzlarning kesishgan joyida keskichni qirqadigan uchi joylashgan. Asosiy qirqishni bosh qirquvchi uchi bajaradi. Keskich cho‘qqisi – bu bosh va qo‘shimcha uchlarning kesishgan joyi keskichning asosiy geometrik xarakteristikalariga, bosh qo‘shimcha burchaklar plan bo‘yicha burchaklar va bosh qirquvchi uchning qiyalik burchagi kiradi.
Keskich burchaklari bosh qirquvchi uchning asosiy yuzga perpendikular bo‘lgan bosh qirquvchi yuzlar o‘lchanadi. Oldingi burchak y keskichning oldingi yuzi bilan, qirqish yuzga perpendikular bo‘lgan tekislik orasidagi burchak hisoblanadi. Qanchalik oldingi burchak katta bo‘lsa, shunchalik strujka oson olinadi, lekin qirqish kuchi kamayadi. Shuning uchun yumshoq materialga ishlov berganda oldingi burchakni katta qilish mumkin. Odatda, 8-30° ni tashkil etadi. Bosh orqa burchak - bosh orqa yuz bilan qirqish tekislik orasidagi burchak deyiladi. Bu burchak ishlov berilayotgan detal bilan keskich orasidagi ishqalanishni kamaytirish uchun kerak. Odatda, 6-12°. Orqa burchak juda kichkina bo‘lganda ishqalanish shunchalik katta bo‘ladiki, natijada keskich qizib ishdan chiqadi. O‘ta katta orqa burchak ham keskichni issiqlik rejimini buzadi va uning mustahkamligini pasaytiradi. Keskichni keskich ushlagichdagi joylashish holatiga qarab, orqa burchakning o‘zgarishi ko‘rsatilgan. Joylashishga qarab o‘zgarishi O‘tkirlik burchagi v deb – oldingi va orqa yuzlarning orasidagi hosil bo‘lgan burchak aytiladi. Qanchalik o‘tkirlik burchagi kichkina bo‘lsa, qirindi olish shunchalik osonlashadi. O‘tkirlik burchagi ishlov berilayotgan metallga bog‘liq:
Qirqish burchagi p - keskichning oldingi yuz bilan qirqish tekisligi orasidagi burchak. Keskich o‘rnatish. Keskich ushlagichda shunday o‘rnatiladiki keskich uchi pindel o‘qidan tepada turishi kerak. Keskich balandligini o‘lchash uchun burchakli shablondan foydalaniladi. Agar keskich uchi markazlar chizig‘idan past bo‘lsa, unda uning tagiga yumshoq po‘latdan planka qo‘yiladi. Keskichning to‘g‘ri joylanganligini orqa markaziga nisbatan tekshiriladi. Keskichning chiqib qolgan joyi uning qalinligidan bir yarim uzunlikdan oshmasligi kerak. Qo‘pol ishlov berilgan paytda keskich ishlov berilayotgan detal o‘qidan 0,5-1 mm baland joylanishi kerak. Qattiq materiallarga ishlov berilganda keskich markaziy chiziqdan 0,5-1 mm past joylanadi . Detalga yakunlovchi ishlov berilganda keskich uchi detalning markaziy chizig‘i bilan teng joylashtiriladi. Zagotovkani joylashtirib qotirish. Ko‘pincha zagotovkani uchburchakli o‘zimarkazlovchi patronga joylashtiriladi. Patron maxsus kalit bilan qotiriladi. Maktabda botiriladigan torsli kalitdan foydalanish tavsiya etiladi. Kalit bilan qotirib bo‘lgandan keyin u o‘zi chiqib ketadi.

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish