Fan: Mehnat ta’limi (o‘g‘il bolalar)



Download 0,5 Mb.
bet19/73
Sana02.07.2022
Hajmi0,5 Mb.
#729593
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   73
Bog'liq
7 sinf texnologiya ogilbollar

Yangi mavzu bayoni:

Tokarlik stanoklari. Tokarlik ishi deb yog‘ochdan tayyorlanadigan buyumni o‘zi o‘qi atrofida aylantirish orqali uning sirtini yo‘nib ishlov berish usulini aytiladi. Bu usulda tayyorlangan maxsulotlar tokarlik buyumlari yoki detallari deyiladi. Bu ishlar maxsus tokarlik stanoklari yordamida bajariladi. Ular yordamida yog‘ochga silindr, konus, shar va boshqa aylanma sirtlar shaklida ishlov beriladi. Maktab ustaxonasida STD-120 rusumidagi yog‘ochga ishlov berish tokarlik stanogining umumiy tuzilishi 34-rasmda tasvirlangan. Bu stanok quyidagi asosiy qismlardan tashkil topgan. 1-asos, 2-dvigatel, 3-tasmali uzatmaning himoya to‘sig‘i, 4- stanina, 5-magnitni ishga tushirgich, b-yoritgich, 7-oldingi babka, 8-shaffof himoya oynasi. Bu stanok ishlov beriladigan materialni oldingi babkaning planshaybasi markazi bilan orqa babkaning o‘rta tishli markazi orasiga maxkam o‘rnatiladi. Bunda orqa babkaning korpusini staninaning yo‘naltiruvchi bo‘ylab ishlov berilayotgan material uzunligiga muvofiq surib, kerakli joyga maxkamlanadi. Planshayba ishlov berilayotgan buyumni oldingi babkada boltlar va qisqichlar yordamida o‘rnatish moslamasi bo‘lgan diskdan iborat. 34-rasm. STD-120 rusumidagi yog‘ochga ishlov berish tokarlik stanogi: 1-asos, 2-dvigatel, 3-tasmali uzatmaning himoya to‘sig‘i, 4-stanina, 5-magnitni ishga tushirgich, b-yoritgich, 7- oldingi babka, 8-shaffof himoya oynasi, 9-tutqich, 10-orqa bapka, 11-himoya to‘sig‘i, 12-asos oyog‘i. Bu stanokning asosiy detali stanina bo‘lib u ikkita tayanchga o‘rnatilgan. Stanina oldingi va orqa babka va keskichlar o‘rnatish uchun tutqichli tayanch o‘rnatilgan. Stanokada materialni kuyish sohasidan iborat ish maydonihimoya ekrani bilan o‘ralgan. Stanokning chap tomonidan elektrodvigatel va magnitli ishga tushirgich o‘rnatilgan. Elektrodvigatelning shkividan aylanma harakatni babkaning ikki pog‘onali shkiviga ponasimon kesimli tasma orqali uzatiladi. Odingi babka materialni mustaxkam o‘rnatish va uning aylanma harakat qilishni ta’minlash uchun xizmat qiladi. Bu stanokni dastlabki mashqlarda faqat o‘qituvchining zarur tekshiruvlaridan keyin, uning ruxsati bilan hamda uzluksiz nazorati ostida ishlatishga ruxsat beriladi. Bu qoidaga stanokni boshqarish va unda xavfsiz ishlash ko‘nikmalarini mukammal o‘zlashtirguncha qat’iy rioya qilish shart. Parmalash stanogi. Parmalash stanogi chilangarlik ishlarida metall materiallarni parmalash uchun mo‘ljallangan, lekin undan yog‘och materiallar parmalashda ham foydalanish mumkin. Parmalash stanogi (35-rasm) plita 1, kolonka 2 va unga o‘rnatilgan konsol 3 dan iborat.Konsol reykali uzatma yordamida kolonka bo‘ylab vertikal yo‘nalishda siljiydi . Konsol bilan birgalikda unga o‘rnatilgan elektrik dvigatel 4 va shpindel 5 harakatlanadi. Parmalanadigan yog‘ochning qalin-yupqaligiga qarab konsolni kolonka bo‘ylab plitaga yaqinlashtirish yoki undan uzoqlashtirish mumkin. Shpindelga sangali patron 8 o‘rnatilib, unga kerakli diametrdagi silindrlik quyruqli parmalar qotiriladi. Konussimon quyruqli parmalar bevosita shpindelning o‘ziga kiritib qotiriladi. Shpindel konsolga nisbatan dasta 6 yordamida reykali uzatma bo‘ylab suriladi. Shpindelga pog‘onali shkiv kiydirilgan. Shkiv elektrik dvigateldan harakatga keltiriladi, uning yordamida shpindelning aylanish sonini o‘zgartirish mumkin. Parmalash stanogida ishlaganda quyidagi xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish talab etiladi.
1. Shkivlarni ihotalab qo‘yish kerak.
2. Ish vaqtida tasmani almashtirish yaramaydi.
3. Shpindelni to‘xtatish uchun tasmani qo‘l yordamida to‘xtatmaslik kerak.
4. Ish vaqtida parmani yog‘ochdan o‘tib ketib, plitani parmalab qo‘ymasligi, uni ishdan chiqarmasligi lozim. Buning uchun parmalanuvchi yog‘och ostiga ehtiyot taxtasi o‘rnatiladi.
5. Parmalash katta tezlikda olib boriladi. Shuning uchun parmalanadigan yog‘ochni mahkam ushlash, qo‘yib yubormaslik talab etiladi. Aks holda yog‘och qo‘ldan chiqib ketib, ishlayotgan odamni shikastlaydi.

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish