Fan: Mehnat (o‘g‘il bolalar)



Download 0,66 Mb.
Sana05.01.2022
Hajmi0,66 Mb.
#317613
Bog'liq
5-синф угил болалар


Fan: Mehnat (o‘g‘il bolalar)


Tartib raqam

Sinf

Sana

O‘TIBDO‘

(Imzo)


1








_________________________

2







3







4







5








Mavzu: Durаdgоrlik dаstgоhi, qo‘l аsbоblаrining tuzilishi vа turlаri, ulаrdаn fоydаlаnish qоidаlаri.

Darsning maqsadi:

Ta‘limiy maqsad: Durаdgоrlik dаstgоhi, qo‘l аsbоblаrining tuzilishi vа turlаri, ulаrdаn fоydаlаnish qоidаlаri to‘g‘risida ma’lumotlar berish.

Tarbiyaviy maqsad: O‘quvchilarni tozalikka, mehnatsevarlikka, tejamkorlikka o‘rgatish.

Rivojlantiruvchi maqsad: Durаdgоrlik dаstgоhi, qo‘l аsbоblаrining tuzilishi vа turlаri, ulаrdаn fоydаlаnish qоidаlаri bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish.

Dars turi: Bilimlarni mustahkamlovchi. Yangi bilim beruvchi.

Dars uslubi: Tushuntirish, suxbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish

Dars metodi: Guruhlarda ishlash, “Aqliy hujum”, “Kim epchil-u, kim chaqqon”, “Klaster”

Darsda jihozi: mavzuga oid rasm va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, mehnat qurollari.

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

  1. Salomlashish

  2. Davomatni aniqlash

c) Darsga tayyorgarlik ko‘rish

d) O‘quvchilar diqqatini darsga qaratish.




  1. Uyga vazifani so‘rash:

a) Savol – javob o‘tkazish

b) Topshiriqlarni tekshirish

c) Amaliy mashg‘ulotda tugallanmagan ishning oxiriga yetkazilganini tekshirish


  1. Yangi mavzu bayoni:

Duradgorlik dastgohi:

Duradgorlik dastgohlarida yog‘ochga ishlov berish jarayonlari bajariladi. Ma’lumki, uradgorlik dastgohlarining tuzilishi xar hildir. Shulardan biri 43- rasmda ko‘rsatilgan. Duradgorlik dastgohlari turlicha bo‘lsada, ularning hammasida yog‘och yoki metall asos (dastgoh tagligi) va iskanjali yog‘och qopqoq bo‘ladi. Asosda stol o‘rnatilgan bo‘ladi. Stolning asosiy qismlari bo‘ylama va ko‘ndalang tiskilardan, ponalar o‘rnatish uchun teshiklar ochilgan ish taxtasi va asbob-uskunalar qo‘yish uchun moslangan novdan iborat. Har bir ish o‘rniga individual asbob uskunalar, yog‘och materiallar, dastgoh noviga xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilgan holda batartib o‘rnatiladi. Dastarra, randa, iskana, bolg‘a kabi asboblarning dastalari ishlovchiga qaratib o‘rnatiladi. Dastgohdan foydalanib arralashda arralanadigan taxta materialning uzun qisqaligiga, enlik-ensizligiga qarab tilish va qirqish turli hollarda olib boriladi. Asboblar dastgohda foydalanish uchun qulay holatda turishi kerak (44-rasm). Duradgorlik dastgohining iskanjasida vintli mexanizmdan foydalaniladi (45-rasm). Uning yordamida vint dastgohini burab siquvchi taxtacha suriladi va ishlov eriladigan detal mustahkamlanadi yoki bo‘shatiladi. Duradgorlik dastgohining poldan balandligi unda ishlovchining bo‘yiga mos bo‘lishi kerak. Buni quyidagicha tekshirish mumkin:

Dastgoh yonida turing va qo‘llaringizni cho‘zib, kaftlaringizni dastgoh ustiga qo‘ying. Agar shunda qaddingizni yoki qo‘llaringizni bukishga to‘g‘ri kelmasa emak, dastgohning alandligi to‘g‘ri o‘rnatilgan.Dastgohning usti shikastlanmagan, vintli iskanja oson surilishi kerak. Duradgorlik dastgohidan foydalanishda uning oldingi va keyingi iskanjalarini haddan tashqari siqish mumkin emas. Ponalarni dastgohdagi uyalarga faqat to‘qmoq yordamida o‘rnatish lozim. Dastgoh qopqog‘ini kesuvchi va zarb beruvchi asboblar shikastlashidan saqlash kerak.

Qo‘l asboblarining tuzilishi va turlari, ulardan foydalanish qoidalari:

Yog‘ochlargi qo‘lda ishlov berish asboblari juda ko‘p bo‘lib ularning ayrimlari xaqida o‘xtalib o‘tamiz. Iskanjalar buyumni ishonchli tutib tura olishi, ularning siqib turuvchi qismi deformastiyalanmagan bo‘lishi talab qilinadi. Bolg‘a, kuvalda va boshqalar muhrasi tekis bo‘lishi, chuqurcha yoki yorilgan joylari bo‘lmasligi, mustahkam tutqichga ega bo‘lishi kerak. Bolg‘a va kuvalda tutqichlari qattiq, qayishqoq yog‘och turlaridan ishlanadi. Yumshoq, mo‘rt yog‘ochdan ishlangan tutqichlardan foydalanish ta’qiqlanadi. Bolg‘a va kuvalda silliq, oval kesimli, tutib turiladigan tomoni yo‘g‘onlashib boradigan shaklda bo‘lishi kerak. Tutqich yuzasi silliq, tekis bo‘lishi, yoriq va payraxalari bo‘lmasligi kerak. Egov, iskana, arra va boshqa shu kabi asboblar keyingi qismiga yorilib ketishning oldini oluvchi metallar halqali tutqichlar o‘rnatiladi. Tutqich uzunligi asbob o‘lchamiga mos kelishi ta’minlanadi. Asbob og‘irligi va o‘lchami unda ishlovchi o‘quvchining yosh xususiyatlariga

mos bo‘lishi lozim. Qayd etilgan asboblardan tutqichi bo‘lmagan, nosoz bo‘lgan holda foydalanish ta’qiqlanadi. MetalLga ishlov berishda uchqundan saqlanish uchun himoya ko‘zoynaklari taqiladi. Ishlab chiqarish ustalari himoya ko‘zoynaklaridan foydalanishni nazorat qilishlari kerak.

Arralar to‘g‘ri kerilgan va charxlangan bo‘lishi kerak. Arra tutqichlari mustahkam o‘rnatilgan, silliqlab tozalangan bo‘lishi kerak. Randalash asboblari tekis, silliqlab tozalangan kolodkalarga ega bo‘lishi kerak. Kolodkaning keyingi qismi tumtoqlangan tutqichi silliqlangan bo‘lishi kerak. Randalash asbobi yo‘nish qismi to‘g‘ri charxlangan, yog‘och kolodkaga mustahkam va zich o‘rnatilgan bo‘lishi, yorilgan joylari va chuqurchalari

bo‘lmasligi kerak.



  1. Yangi mavzuni mustahkamlash.

Mustahkamlash uchun savollar:

1. Duradgorlik dastgohi qanday maqsadda xizmat qiladi?

2. Duradgorlik dastgohi qaysi qismlardan iborat?

3. Dastgoh stolining bir qismi nima uchun chuqurlashtirilgan?

4. Dastgoh stolining balandligi qanday usulda belgilanadi?

5. Dastgohda materialni to‘g‘ri o‘rnatish va mahkamlash qoidalariga rioya qilish nima

uchun zarur?

6. Dastgohning yaxshi saqlanishi nimalarga bog‘liq?



II dars - Amaliy-mustaqil ishlar:

1. Duradgorlik dastgohlarining tuzilishi va ishlash qonun qoidalari xaqida tushunchalar berish.

2. Duradgorlik dastgohidan to‘g‘ri foydalanish usullarini mashq qilish. Jihozlar: Duradgorlik dastgohi.

Ish bajarish tartibi:

1. O‘zingiz ishlaydigan dastgoh stolining balandligini to‘g‘ri belgilash uchun dastgoh oldida gavdangizni tik tutgan xolda qo‘lingizni dastgoh stolining yuziga qarab tik pastga uzating va qo‘lingiz kaftini bukib, uning to‘liq yuziga tegadigan balandlikni belgilang;

2. Dastgohga o‘rnatish va mahkamlash qoidalariga rioya qilgan xolda ishlov

berilayotgan materialni to‘g‘ri o‘rnating;

3. dastgohning barcha qismlarining vazifalarini ish daftaringizga yozib oling.



V. Darsni yakunlash va o‘quvchilarni baholash. Metallga ishlov berish ustaxonasini tartibga keltirish.

VI. Uyga vazifani e’lon qilish: mavzu bo‘yicha berilgan barcha ma’lumotlarni o‘qib-o‘rganib kelish.



Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish