Fan: Matematika Mavzu: Kub Darsning maqsadi: Ta’limiy



Download 20,94 Kb.
bet4/4
Sana01.01.2022
Hajmi20,94 Kb.
#303920
1   2   3   4
Bog'liq
Kub. dars ishlanma.

Darsning borishi:

Tashkiliy qism: O‘tilgan mavzuni mustahkamlash:

O‘quvchilarni kichik guruhlarga bo‘lib,  o‘tilgan mavzu yuzasidan guruhlarga savollar beriladi.  Shu savollarga to‘g‘ri va aniq javob bergan guruh o‘quvchilari rag‘batlantiriladi.

-Ko‘pyoq deb nimaga aytiladi?

-Ko‘pyoqning qirralari deb nimaga aytiladi?

-Ko‘pyoqning turlari haqida malumot bering.

— 8 ta ko‘pyoqqa ega bo‘lgan geometrik shakl nima deb ataladi?



III. Yangi mavzu bayoni:

Yangi mavzuni ekran orqali tushuntiriladi.

Ekranda navbat bilan qand qutisi,  g‘isht,  yashik,  ko‘p qavatli uy,  dori qutisi,  kitob,  shkaf,  gugurt qutisi rasmlaridan rang o‘chib parallelepipedlarning shaffof ko‘rinishi paydo bo‘ladi. Ularning umumiy ko‘rinishi asosida yoqlari to‘g‘ri to‘rtburchakdan iborat bo‘lgan shakl to‘g‘ri burchakli parallelepiped deb atalishi ko‘rsatib o‘tiladi.

Ekranda navbat bilan kubik-rubik,  quti,  shoshqol toshi rasmlaridan rang o‘chib kubning shaffof ko‘rinishi paydo bo‘ladi.  Ularning umumiy ko‘rinishi asosida hamma yoqlari kvadratdan iborat bo‘lgan to‘g‘ri burchakli parallelepiped kub deb atalishi ko‘rsatib o‘tiladi.

Darslik bilan ishlash:

169-topshiriq.  Bunda o‘quvchilarbir necha ko‘pyoq modellarini ko‘rib chiqadilar va qand qutisiga o‘xshash shaklni tanlaydilar.  Eshitib,  ko‘rganlari asosida quyidagi ta’rifni beradilar.  Demak,  qand qutisi,  g‘isht,  yashik shakliga o‘xshash ko‘pyoq to‘g‘ri burchakli parallelepiped deb ataladi.

170-topshiriq.  Bunda o‘quvchilar stol ustiga qo‘yilgan modellardan tanlab olingan bittasini qo‘llariga olib ko‘rishadi va savollarga javob berishadi.

— To‘g‘ri burchakli parallelepipedning har bir yog‘i qanday shaklga ega? U nechta shaklga ega?

— U nechta yoqqa ega?

— Uning o‘zaro teng yoqlari,  qirralari bormi?

— Ular qaysilar?

-To‘g‘ri burchakli parallelepipedning nechta uchi va qirrasi bor?

— Har bir uchidan nechta qirra chiqadi?

— Nima uchun to‘g‘ri burchakli parallelepiped to‘g‘ri burchakli deyiladi?

To‘g‘ri burchakli parallelepipedning hamma yoqlari to‘g‘ri burchakliligini tushuntirish uchun geometrik shakilini ko‘rsatiladi va uning burchaklarini tengligini transpartyorda o‘lchab bolalarga parallelepipedning hamma yoqlari to‘g‘ri burchakliligi to‘g‘risida tushuncha hosil qilinadi.

171- topshiriq.  Kubni to‘g‘ri burchakli parallelepiped deb aytish mumkinmi? – deb savol beriladi va bolalarning javobini qo‘shimcha ma’lumotlar bilan mustahkamlanadi.

Hamma yoqlari kvadratdan iborat to‘g‘ri burchakli parallelepiped kub deb atalishini tushuntirib beriladi.  O‘quvchilardan ko‘rinishi kub shaklidagi qanday buyumlarni bilishlarini so‘raladi va ularning javoblari to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi tushuntirib beriladi.

172- topshiriq.  Topshiriq guruhlarda bajariladi.  O‘quvchilar o‘zaro fikrlashib  ishlaydilar.

Bunda o‘quvchilar to‘g‘ri burchakli parallelepipedning A va K uchlaridan chiqqan qirralarini aytadilar.  Har bir ko‘rinadigan va ko‘rinmaydigan qirrani va rasmda qaysi yoqlar ko‘rinishi,  qaysi yoqlar ko‘rinmasligi so‘raladi.  Teng yoqlar juftliklarini topadilar.

Guruh ishlari bajarilganiga qarab rag‘batlantiriladi.

173-topshiriq.  Bu topshiriqni bajarishda o‘quvchilar o‘qituvchi rahbarligida birgalikda ishlaydilar.

To‘g‘ri burchakli parallelepipedning har bir qirrasi uzunligini aytadilar.  a) har bir yoqning yuzini; b) to‘g‘ri burchakli parallelepipedninghamma yoqlari yuzining yig‘idisini hisoblaydilar.

AO = 3sm,  TD = SC = PB = 3 sm

AD = BC = OT = PS = 4sm

a)AOTD ning yuzi = 3 ˑ 4 = 12 kv. sm

AOTD = PSCB = 12 kv. sm

AOPB ning yuzi =  3 ˑ 2 = 6 kv. sm

AOPB = TSCD = 6 kv. sm

OPST = ABCD = 2 ˑ 4 = 8 kv. sm

b)To‘g‘ri burchakli parallelepipedning hamma yoqlari yuzining yig‘idisini topish uchun 6 ta yoqni bir-biriga qo‘shiladi yoki 3 ta har xil yoqni qo‘shib,  keyin uni ikkiga ko‘paytiriladi.

(8 + 12 + 6) ˑ 2 = 52 kv. sm

174-topshiriqda o‘qituvchi avvaldan tayyorlab qo‘yilgan simdan  Simdanyasalgan kub shaklini o‘quvchilarga ko‘rsatadi va bunda  hammasi bo‘lib qancha sim ishlatilganini so‘raydi.  Agar kubning 8 ta qirrasi bo‘lsa,  demak uni yasash uchun 8 ta sim bo‘lagi ishlatilganini ko‘z bilan ko‘rib,  qo‘l bilan ushlab o‘rganadilar.



V.Yangi mavzuni mustahkamlash:

Mavzuni mustahkamlashda ekranda mavzuga oid trenajor mashq bajariladi. Bunda kub,  piramida,  parallelepiped,  konus,  silindrlarningo‘zi va yoyilmasi aralashgan holda beriladi. O‘quvchilar berilgan geometrik jismlarni ularning yoyilmasi bilan moslashtiradilar.

175-topshiriq.

O‘quvchilar bu topshiriqni guruhlarda bajaradilar va bajargan ishlarini taqdimot qiladilar. 1- va 2-guruhlar qirralarining uzunligi1 sm bo‘lgan  kub sirtining  yuzini,  3 – va 4-guruhdagilar qirralarining uzunligi 5sm  bo‘lgan  kub sirtining  yuzini,  5 – va 6-guruhdagilar qirralarining uzunligi  4 sm bo‘lgan  kub sirtining  yuzini,  (hamma yoqlari yuzini) hisoblaydilar.

Dars yakunida mavzu bo‘yicha tuzilgan testni bajaradilar.

Darsni yakunlash, o‘quvchilarni baholash:

-Bolajonlar bugungi mavzu yuzasidan kimda qanday savol bor?

Dars davomida berilgan barcha topshiriqlar yuzasidan g‘olib guruh aniqlanadi va rag‘batlantiriladi.  Qolgan guruhlar ham rag‘batlantiriladi.



Uyga vazifa berish: o’tilgan mavzuni mustahkamlash uchun 176-topshiriqni uyda bajarib kelish.
Download 20,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish