Fan: Konchilik elektr qurilmalari Mavzu: Avtomatik va yarim avtomatik payvandlash reja



Download 248,5 Kb.
bet4/6
Sana13.06.2022
Hajmi248,5 Kb.
#666155
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Avtomatik payvandlash

Payvand birikmalar turlari.
Payvand chok bilan biriktirilgan bir qancha elementlar to‘plami payvand birikma deb yuritiladi. Payvandlash yo‘li bilan turli materiallardan ajralmaydigan konstruksiyalar tayyorlashda payvand birikmalarning turli xillaridan foydalaniladi, lekin, ko‘proq tarqalgan xillariga uchma-uch, ustma-ust, burchak hosil qilgan va tavraviy birikmalar kiradi.
Uchma-uch birikmalar (1.2-rasm:
a). Bunday birikmalarda asosiy hamda suyuqlantirib qo‘shiladigan metall kam sarflanishi, payvandlash vaqtining tejalishi va asosiy metalldek puxta chok olinishi sababli bular sanoatda ko‘proq tarqalgan.
Lekin, uchma-uch biriktirishda payvandlash uchun listlarni yaxshilab tayyorlash va bir-biriga aniq to‘g‘rilamoq
1 .2-rasm. zarur. asosiy turlari.
Ustma-ust birikmalar (1-rasm:б). Bunday biriktirish usuli asosan, qalinligi ko‘pi bilan 10-12 mm bo‘lgan po‘latdan ishlangan qurilish konstruksyalarini yoy yordamida payvandlashda qo‘llaniladi.
Ustma-ust birikmalar olish uchun payvandlashda uchma-uch payvandlashdagi singari payvandlanadigan joylarni qo‘shimcha ravishda kertib unga ishlov berish talab etilmaydi.
Burchak hosil qilgan birikmalar (1-rasm: в). Bunday birikmalardan bir-biriga nisbatan to‘g‘ri yoki boshqa burchak ostida joylashgan listlarni chetlari bo‘yicha payvandlab biriktirishda foydalaniladi. Bunday birikmalar, asosan, gaz yoki suyuqlikning unchalik katta bo‘lmagan ichki bosimi ta’sirida bo‘ladigan idishlarda hosil qilinadi. Bunday birikmalarni olishda metallning chetlari kertilmaydi (faqat muhim birikmalar olishdagina kertiladi).
Tavraviy birikmalar (1-rasm:г). Bunday birikmalarda payvandlanuvchi metall elementlari bir-biriga 900 li burchak ostida payvandlanadi. Payvandlanuvchi element qirrasining shakliga ko‘ra qirrasi kertilmay, bir yog‘i kertilib yoki ikki yog‘i kertilgan bo‘lishi mumkin.
Yuqorida bayon etilgan asosiy birikmalar po‘latni yoy yordamida dastaki payvandlash uchun tipaviy birikmalar hisoblanadi.
Payvandlash — qattiq materiallar (metall, keramika, shisha, va boshqalar)ni ajralmas qilib biriktirish usuli. Payvandlashning 60 dan ortiq usuli bor.
Metallarni payvandlash qadimdan maʼlum. 1882-yilgacha bosim ostida payvandlashning temirchilik usulidan foydalanilgan. Rus ixtirochisi N. N. Benardos birinchi marta metallarni koʻmir elektroddan foydalanib payvandlash (elektr yoy) usulini topgan, rus muhandisi N. G. Slavyanov buni takomillashtirib, koʻmir elektrod oʻrniga metall elektrod ishlatgan. Atsetilen topilganidan keyin fransuz metallurgi E. Fushe gaz payvandni, amerikalik olim J. Tomson qarshilikli uchma-uch payvandlash (1837), keyinchalik N. N. Benardos nuqtaviy kontakt payvandlash usulini ixtiro qildi, akad. Y. O. Paton (1940) rahbarligida elektr shlakli payvandlash usuli ishlab chiqildi.
Payvandlashning bosim ostida va eritib payvandlash usullari bor. Bosim ostida payvandlashda metall plastik holatga keltirib biriktiriladi; biriktiriladigan joyga tashki kuch taʼsir ettiriladi. Bunday payvandlash mexanik, kimyoviy-mexanik va elektr-mexanik usullarga boʻlinadi. Kontakt payvand, nuqtaviy payvandlash usullari ham bor.
Eritib payvandlashda biror issiqlik manbai taʼsirida buyumning payvandlanadigan joylari va payvand chiviq (agar u ishlatilsa) suyuqlanish holatiga keltiriladi. Bu usulning kimyoviy, elektrkimyovii va elektr yoy usullari bor. Kimyoviy usul gaz va termit xillarga boʻlinadi. Payvandlash vaqtida sodir boʻladigan oksidlanish reaksiyasi chok metallarning tarkibiy elementlarini kuydiradi, natijada metallning kimyoviy tarkibi oʻzgaradi va payvand birikmaning mexanik xossalari pasayadi. Shuning uchun payvandlash texnikasida eritib yopishtiriladigan metalldagi foydali aralashmalarni kuyishdan, unga azot va kislorod kirishidan saqlaydigan payvand birikmalardan foydalaniladi. Mas, gaz payvandda buyumlarning
1
payvandlanish xususiyatini yaxshilaydigan va ularni atrofdagi muhit taʼsiridan saklaydigan flyus yoki maxsus qoplamalardan foydalaniladi va gaz himoya usullari qoʻllaniladi. Termit usulda detallarning biriktiriladigan sirtini suyuqlantirib, termit metall bilan yaxlit quyma chok hosil qilinadi.
Elektrkimyoviy usulda payvandlash zonasi (buyum bilan elektrod orasida yonadigan yey) vodorod bilan, baʼzan, vodorod va uglerod oksidi aralashmasi bilan yoki azot va vodorod aralashmasi bilan oʻraladi, natijada eritib yopishtiriladigan metall atrofdagi muhitning kimyoviy taʼsiridan saqlanadi. Payvandlash zonasini argon, geliy yoki karbonat angidrid gazi bilan himoya qilish usuli keng qoʻllaniladi. Elektr yey bilan payvandlashda buyumlarning payvandlanadigan joylari elektr yoyi bilan eritib biriktiriladi. Bu usul eruvchan elektrodli va erimaydigan elektrodli xillarga boʻlinadi. Bunday payvandlash qoʻlda va avtomatik tarzda bajariladi. Yuqori chastotali tok va elektron nur yordamida payvandlash usullari ham bor. Suv ostida payvandlash (mas, kemalarning tagini tuzatish), kosmosda payvandlash (mas, kosmik styalarni kosmosda montaj qilish) usullari rivojlangan, yuqori vakuum va vaznsizlik sharoitida turli metallarni payvandlash usullari ham keng qoʻllanilmoqda. Lazer nurlari yordamida payvandlash usullari takomillashtirilmoqda.



Download 248,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish