referat tayyorlash.
Тemurning Eron va yaqin Sharqqa qilgan «besh yillik» yurishi paytida Ajam Iroqining Sultoniya shahrida 1394 yilda dunyoga keladi. Amir Тemur sulolasiga mansub ulug` zot, o’lkan davlat arbobi va buyuk dahodir. Amir Тemur nabirasi Ulug`bekda eng avvalo insonparvarlik, adolat va dilovarlik fazilatlari bo’lgan. Zotan, insonparvargina sahiy va adolatli bo’lishi mumkin. Sohibqirn fikricha, saltanatga da’vogarlik qilgan har bir kishi saltanat sha’ni-martabasiga loyiq ish tutishi va unga muvofiq bo’lishi zarur. Uzoqni ko’rolmagan hukmdor yaqinlari balolariga giriftor bo’ladi. Ammo yaqinni ko’rib ish tutgan hukmdor ham xato qiladi. Amir Тemur nabirasiga har doim toleingda bitilgan bo’lsa hukmdor bo’lursan, ammo kim bo’lmagin musulmon bo’l, hech kimsaga haqsizlik qilma, sababsiz ranju ozor yetkazma,to’g`rilik to’nini kiygin. Faqirlar va ojizlarga har qanday sharoitda muruvvat ko’rsat, - deb ta’lim bergan. Ulug`bek sohibqiron bobosining qo’l ostingdagilarning qalbi va ko’nglidan faqat yaxshilik bilan joy top, aks hold quvvutsiz qolursan va unutilarsan, degan yo’l yo’rig`ini yoshlik chog`idan botinan va ruhan o’zlashtirib, butun hayoti davomida ularga qat’iy amal qilgan. Bularning hammasi Mirzo Ulug`bekning ilmiy kamoloti va siyosiy faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi. U temuriylar xonadonining suyukli farzandi sifatida yoshligidanoq saroy muhitida saroy ayonlari, olimlar, shoirlar ta’siri, ta’lim va tarbiyasida ulg`ayadi. Uning tarbiyasi shaxsan bobosi sohibqiron Amir Тemur tomonidan nazorat qilinib, buvisi Saroymulkxonim enagaligida olib borladi. Mirzo Ulug`bek saroydagi eng yirik olimlar: Mavlono Ahmad, Qozizoda Rumiy va boshqalardan saboq oladi. U qadimgi yunon mutaffakirlari va XII asrlarda yetishib chiqqan yaqin va O’rta Sharq hamda Markaziy Osiyo olimlarining asarlarini qunt bilan o’rganadi. Mirzo Ulug`bek, ayniqsa, tabiatshunoslik fanlarini matematika, geometriya, geografiya, kimyo, astronomiyaga oid bilimlarni chuqur egallaydi. Natijada, yigirma yoshlarida o’z davrining yirik olimlaridan biri bo’lib yetishadi. MirzoUlug`bek 1411 yilda Movaraunnahr va Тurkistonning hokimi qilib tayinlanadi. U hokimlik qilgan davrlarda, mamlakat tashqi va ichki mudofaasini mustahkamlash bilan bir qatorda, Samarqand, G`ijduvon, Buxoro shaharlarida ko’plab madrasalar, masjidlar, turli ilm o’choqlari qurdirib, ilm fanning rivojlanishiga katta e’tibor beradi. 1425 1928 yillarda Mirzo Ulug`bek Samarqandda, keyinchalik uning nomini jahonga mashhur qilgan rasadxona observatoriyani qurdirib, o’zining falakiyot maktabini yaratadi. U o’zining bu maktabiga o’z zamonasining eng buyuk olimlarini jalb qilib, ularga o’zi boshchilik qilgan holda, ilmiy tadqiqotlar olib boradi. U o’zining butun qobiliyat va iqtidorini, salohiyatini hukmdorlikdan ko’ra ilmiy faoliyatga ko’proq qaratadi. Natijada, 1428 1438yillar davomida o’z ustozlari va shogirdlari bilan hamkorlikda olib borgan ilmiy kuzatishlarining yakuni sifatida uning shoh asari ―Ziji jadidi Ko’rogoniy‖ asari maydonga keladi. Mirzo Ulug`bek uzoq yillar mobaynida Movaraunnahr diyorini nomdor hukmdori bo’ldi. Ҳukmdor sifatida u tinchlik, totuvlik, har tomonlama taraqqiyotni qaror toptirish yo’lida mislsiz shijot matonat ko’rsatadi.
Mirzo Ulug`bek ta’limotida ilm inson ma’naviyatining asosi ekanligi haqidagi g`oya yetakchi g`oya yotadi. Darhaqiqat, ilm jaholat, xurofotning kushandasidir. Ilm insonni g`aflat uyqusidan uyg`otadi, fikrni teranlashtiradi, tafakkurni o’tkirlashtiradi. Inson ilm ma’rifat yordamida ulug`lar darajasiga yetadi. Ulug`bek o’zi qurdirgan madrasa peshtoqiga: «Bilim olish har bir muslim va muslimaning burchidir», deb yozib qo’yilgan. Mirzo Ulug`bekning fikricha, odob va axloq inson ma’naviyati va ma’rifati kamolotida katta o’rin egallaydi. Insonlar orasidagi o’zaro munosabat, odamgarchilik, mehru muhabbat, do’stlik, birodarlik, ahillik asosida yashash va faoliyat ko’rsatish aqliy-axloqiy tarbiyaga ko’p jihatdan bog`liqdir.
Mirzo Ulug`bek o’z qarashlarida haqiqiy va soxta do’stlarini ajratish lozimligi, g`arazli kishi do’st bo’lmasligi, bunday «do’stlar» kishilarni to’g`ri yo’ldan chiqarishi haqidagi g`oyalarini dasturiy yo’llanma sifatida ilgari surgan.
Mirzo Ulug`bekning hech qachon ixtiyoringni tilyog`lamaga berma, atrofingga laganbordorlarga to’plama, ular sening emas, o’z manfaatlarini ko’zlab seni maqtaydilar. O’z ixtiyorini shunday kishilarga berib qo’ygan hukmdorga sadoqatli insonlarni yaqinlashtirmaydilar, degan ibratli so’zlari mavjud. Uning fikr-mulohazalaridan ko’rinib turganidek, qalbi pok, niyati buzuq, iymoni buzuq,
beoqibat kishilardan har qanday yo’l bilan bo’lsada. Yiroq bo’lish, tuzog`iga ilinmaslik tilyog`lamaligiga uchmaslik, aksincha, zoti toza, nasl nasabli kishilarni qo’ldan qo’ymaslik kerak. Inson yakka yolg`izlikda qila olmagan yumushlarini ko’pchilik bilan birgalikda bajarishi mumkin. Do’stlarsiz hech narsaga erishib bo’lmaydi. Ulug`bekning ilmiy amaliy faoliyati uning bu nazariy fikrini tasdiqlaydi. Ulug`bek ijtimoiy-siyosiy ta’limotida mehnatsevarlik haqidagi g`oyani o’z davri talab va ehtiyojlarini nazarda tutib rivojlantirdi. Тinimsiz harakat qilmasang, mehnat qilib kasb-hunar o’rganmasang, murabbiylardan ta’lim-tarbiya olmasang, - deydi bu haqida u, - aql- zakovatda yetuk, odob-axloq va bilimda barkamaol bo’la olmaysan, jamiyatda qadr-qimmat topolmaysan. Amir Тemur ta’limoticha, tuzuklaridagi belgilab berilgan qonun qoidalarga umrbod sodiq qoldi, Amir Тemurning «kuch adolatdadir» degan, umumbashariy ahamiyatga ega bo’lgan dono o’giti va sabog`i Mirzo Ulug`bekning shoh va donishmand sifatidagi ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-axloqiy faoliyatida mezon bo’lib xizmat qildi.
“Alisher Navoiy buyuk mutafakkir” mavzusida essay yozish.
Asl ismi Nizomiddin Mir Alisher. U Hirotda tugʻilib, shu yerda umrining asosiy qismini oʻtkazgan. Navoiyning otasi G‘iyosiddin Bahodir temuriylar xonadoniga yaqin boʻlgan. Sheʼr zavqi va isteʼdodi erta uygʻongan. Bolalikdayoq Farididdin Attorning „Mantiqut-tayr“ asarini yod olgan, Sharafiddin Ali Yazdiy nazariga tushgan, Mavlono Lutfiy yosh shoir isteʼdodiga yuqori baho bergan, Kamol Turbatiy eʼtirofini qozongan. Sayyid Hasan Ardasher, Pahlavon Muhammad kabi ustozlardan taʼlim olgan, Abdurahmon Jomiy bilan ijodiy hamkorlikda boʻlgan. Navoiy 1469 yilgacha temuriylar orasidagi ichki nizolar sababli Hirotdan yiroqroqda yashagan. Husayn Boyqaro Xuroson taxtiga oʻtirgach (1469), Navoiy hayoti va ijodida yangi bosqich boshlanadi, muhrdorlik (1469) mansabiga, vazirlik (1472) va Astrobod hokimligi (1487)ga tayinlanadi. 1480—1500 yillar mobaynida oʻz mablagʻlari hisobidan bir necha madrasa, 40 rabot (safardagi yoʻlovchilar toʻxtab oʻtish joyi), 17 masjid, 10 xonaqoh, 9 hammom, 9 koʻprik, 20 ta hovuz qurdiradi. Husayn Boyqaro Alisher Navoiyga „muqarrabi hazrati sultoniy“ („sulton hazratlarining eng yaqin kishisi“) degan unvonni beradi. Unga koʻra Navoiy davlatning barcha ishlariga aralasha olardi. Alisher Navoiy tarjimai holi oʻz davrida Xondamir, Vosifiy, Husayn Boyqaro, Bobur kabi tarixchi va davlat arboblarining asarlarida aks etgan. Oʻzbek olimlari Ozod Sharafiddinov, V.Mahmud, Oybek, Yahyo Gʻulomov, Izzat Sulton, A.Zohidov, V.Abdullaev, A.Qayumov, S.Gʻanieva v.b. Navoiyning hayot yoʻli haqida asarlar yaratishgan. 1947-yilda Komil Yormatov «Alisher Navoiy» filmini suratga oldi. Quyida e’tiboringizga Alisher Navoiy hayotiga ta'alluqli 15 ta ma’lumotlarni taqdim qilamiz: Navoiyning ilmga bo‘lgan ishtiyoqi erta uyg‘onib, 4 yoshida maktabda ta’lim ola boshlagan. Navoiy hazratlari 7 yoshida Farididdin Attorning «Mantiqut-tayr» asarini yoddan bilganlar. 7 yoshli Nizomiddin Mir Alisher buyuk muhaddisimiz Buxoriy hazratlarining olti mingdan ziyod hadisi shariflarini yod bilgan. Mir Alisher 7-8 yoshlaridan boshlab g‘azallar yoza boshlagan. Alisher Navoiy «muqarrabi hazrati sultoniy» («sulton hazratlarining eng yaqin kishisi») degan unvonni olgan. Unvon Navoiyga davlatning barcha ishlariga aralashish huquqini bergan. Turkiy tilni qayta tiriltirgani Navoiyning ma’naviyatimiz uchun ulkan jasorati bo‘lgan. Zahiriddin Muhammad Bobur «Turkiy til bila to she’r aytibdurlar, hech kim oncha ko‘p va xo‘b aytqon emas», — deb yozsa, Husayn Boyqaro «Mir Alisher turk tilining o‘lik jasadig‘a Masih nafasi ila jon ato etdi» deb ta’kidlagan. Alisher Navoiy o‘n besh-o‘n olti yoshlarida ham turkiy, ham forsiyda ijod qiladigan “ikki tilli” shoir sifatida tanilgan. Alisher Navoiy o‘smirlik yillarida o‘zi sevgan shoirlarning 50 ming baytdan ortiq she’rlarini yod bilgan. Alisher Navoiy turkiy tilda yozgan she’rlariga Navoiy, forsiy tildagi she’rlariga Foniy deb taxallus qo‘yadi.Shoirning forsiy she’rlar to‘plami “Devoni Foniy” deb nomlangan. Navoiyning sevgilisi sifatida tasvirlanadigan “Guli” ismi faqat xalq og‘zaki ijodida, Navoiy haqidagi rivoyat va afsonalarda uchraydi xolos. Guli nomi Navoiyning hayoti haqida ma’lumot beruvchi yozma manbalarning hech birida uchramaydi. Navoiy asarlarida Farhod – komil inson timsolidir. U bolaligidan ilmga chanqoq bo‘ladi va bir marta o‘qigani sira yodidan chiqmaydi. Farhod o‘n yoshga yetganda hamma ilmlarni egallab bo‘ladi. Navoiy taxminan 18-19 yoshlarida Abdurahmon Jomiy bilan tanishadi. Jomiy uni ham farzand, ham shogird sifatida qadrlaydi.Keyinchalik bu ikki ulug‘ shoir o‘rtasidagi ustoz va shogirdlik munosabatlari yanada mustahkamlanib, ijodiy hamkorlikka aylanadi. Samarqand Navoiyning hayoti va ijodida muhim ahamiyat kasb etadi. Alisher 1464 yilda Samarqandga keladi va bu yerda madrasada tahsil olib, ilm-fan, adabiyot va san’at bilan tanishadi. 1469 yili Navoiy do‘sti Husayn Boyqaroning taxtga chiqishi munosabati bilan 90 baytdan iborat “Hiloliya” qasidasini yozadi (“hilol” – yangi chiqqan oy). Navoiy o‘z jamg‘armasi hisobidan Hirotda va butun Xuroson mamlakatida 300 dan ortiq inshootlar qurdirgan. Alisher Navoiy 16 ta adabiy janrda ijod qilgan. Navoiy turkiy tilidagi ilk “Xamsani” 2 yil davomida yozadi. Dunyoning 64 tilga tarjima qilingan bu asar 51 ming misradan ortiq. Shoirning lirik merosi umumiy hajmi 50000 misradan ortiq «Xazoyinul-maoniy» nomli to‘rt devon (1491—1498)ga jamlangan. Alisher Navoiy 1501 yil 3 yanvarda vafot etdi.Uni dafn etish chog‘ida maydalab yomg‘ir yog‘ib turgan edi. Buni tarixchi Xondamir “hatto tabiat ham motam tutdi” deya ta’riflagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |