yordamida ilmiy ma’ruza tayyorlash.
Nikolay Kopernik 1473-yilning 19-fevralida Polshaning Toruni shahrida tavallud topdi. Uning otasi savdogar bo‘lib, bu shaharga Germaniyadan ko‘chim kelishgan edi. Nikolay Kopernik oilada to‘rtinchi farzand bo‘lgan. o‘n yoshgacha Nikolay Kopernik farovon va to‘qchilikda hayot kechirdi. Uning baxtiyor bolaligi, bo‘lajak olim roppa rosa o‘n yoshga to‘lgan vaqtda to‘satdan qayg‘uli yillarga almashindi. Yevropaning deyarli yarim aholisini hayotdan olib ketga o‘lat epidemiyasi Torunga ham yetib kelib, Nikolay Kopernikning otasini ham o‘zining dastlabki qurbonlaridan biriga aylantirdi. Padaridan ayrilgan Kopernikning keyingi taqdiri, uning o‘qishi va tarbiyasi muammolari tog‘asi Aynan Boloniyada Kopernik astronomiyaga bo‘lgan qiziqishlarini o‘zining ilmiy faoliyatiga asos bo‘ladigan darajada shakllantirdi. 1497 yil 9 mart oqshomida astronom Domeniko Mari Novara bilan birgalikda Nikolay Kopernik o‘zining eng dastlabki ilmiy astronomik kuzatishlarini olib bordi. Bu kuzatishdan keyin Kopernik Oyning kvadraturada joylashgan vaqtidagi yerdan uzoqlik masofasi, yangi oy, yoki to‘lin oy vaqtidagilar bilan bir xil ekan. Universitetda o‘rgatilgan Ptolomey ta'limoti faktlari bilan bunday nomuvofiqlik Nikolay Kopernikni chuqur ilmiy mulohazalar qilib ko‘rishga undadi. 1498-yilning ilk oylarida Nikolay Kopernik sirtdan Fromborg kaputulining kanonik martabasidagi ruhoniysi bo‘lib qabul qilindi. Bir yil keyin akasi Anjey ham aynan shu kapitulning kanonik ruhoniysiga aylandi. Lekin, bunday martabalarga erishishning natijasi aka - ukalarning moddiy ahvoliga ijobiy ta'sir qilmadi, aksincha, 1499-yil oktyabriga kelib ular butunlay pulsiz qolishdi. Bolonyaga doimiy kelib turuvchi ko‘plab boyvachcha xorijliklar va mahalliy amaldorlar bilan taqqoslaganda ularning moddiy ahvoli juda achinarli edi. Ularga shu vaqtlarda Polshadan Italiyaga kelgan kanonik Bernard Skuletti oz bo‘lsada moddiy yordam berib turdi. 1500-yilda Nikolay Kopernik qisqa muddatda Polshaga qaytadi. Lekin u tezlik bilan yana Italiyaga yo‘l olib, Paduya universitetining tibbiyot bo‘limiga o‘qishga kiradi. Bir vaqtning o‘zida u Ferrara universitetida ilohiyot fanlari doktori unvoniga sazovor bo‘ladi. Nikolay Kopernik har tomonlama ma'lumotli va o‘qimishli kishi sifatida vataniga qaytdi. Bu qaytish 1503 yilda sodir bo‘ldi. Dastlab u Lidzbark shahrida, keyinroq esa Visla daryosining etagidagi kichik baliqchilik shaharchasi - Fromborkda qo‘nim topib mahalliy cherkovda ruhoniy bo‘lib ishlay boshladi. o‘zining Italiyada boshlagan astronomik kuzatishlarini Lidzbarkda cheklangan miqyosda davom ettirgan Kopernik, Fromborkda ularni jadal va keng ravishda davom ettirdi. Lekin, bu hududning shimolga xos katta kenglikda joylashganligi, Visla qo‘ltig‘i tez-tez tufayli yuzaga keluvchi tumanlik hamda osmonning muttasil bulutli bo‘lishi Kopernikning tadqiqotlariga jiddiy xalal berardi.
Kopernik kuzatuvlar olib borgan vaqtda hali teleskop kashf qilinmagan edi. Hattoki teleskopgacha bo‘lgan eng ilg‘or va aniq astronomik kuzatuv usullari hisoblangan Tixo Bragening uskunalari ham Kopernikda bo‘lmagan. (Tixo Brage usulidagi noaniqlik ko‘pi bilan ikki minut bo‘lgan). Uning kuzatuvlari uchun qo‘llagan asboblaridan biri "Trikvertum" nomli parallaks o‘lchovchi uskuna bo‘lsa, ikkinchisi ekliptikaning og‘ish burchagini aniqlash uchun qo‘llagan "Goroskopiy" nomli uskuna bo‘lib, quyosh soatlari, hamda kvadratning bir turi bo‘lgan. Yaqqol qiyinchiliklarga qaramasdan, taxminan 1516-yilda yozilgan "Kichik izoh" risolasida, Nikolay Kopernik o‘zining ta'limotini, to‘g‘rirog‘i hali gipoteza ko‘rinishida bo‘lgan olamshumul g‘oyalarini bayonini keltirdi. Bu asarda u, g‘oyalar uchun matematik isbotlashlar keltirishga urinib o‘tirmadi, chunki, Kopernikning rejasi bo‘yicha, ta'limotning to‘liq bayoni va uning matematik isbotlashlari kattaroq va mukammalroq asarda batafsil yozilishi kerak bo‘lgan. 3 noyabr 1516-yilda Kopernikni Polshadagi Olshtin va Penenjnen hududlaridagi kapitul mulklarining boshqaruvchisi qilib saylashdi. Uning bu lavozimdagi faoliyati 1519-yil kuzigacha davom etib, o‘z xizmat muddati tugagach Fromborkka qaytib ketdi. Ammo bu safargi qaytish Kopernikka o‘z ilmiy faoliyati bilan jiddiy shug‘ullanishga imkon bermaydigan urush ustiga to‘g‘ri kelib qoldi. Salbchilar bilan jang borar edi. Urush eng tahlikali tus olgan 1520-yilning noyabr oyida Kopernik yana avvalgi lavozimi - Olshtin va Penenjnen hududlaridagi kapitul mulklarining boshqaruvchisi qilib saylashdi. Bu safar u faqat bu ikki hududgagina emas, butun Varmiya o‘lkasiga ham eng katta ruhoniy - boshqaruvchi rolida ish yuritishiga to‘g‘ri kelardi. Chunki Varmiyaning barcha mahalliy ruhoniylari - episkop va kapitulning boshqa barcha a'zolari urushdan qochib, xavfsiz yerlarga ko‘chib ketishgan edi. Kam sonli Olshtin garnizoni qo‘mondonligini o‘z zimmasiga olib, Kopernik o‘zining ajoyib harbiy mudofaachilik iste'dodini namoyish qildi. U Olshtin qo‘rg‘on - qal'asi mudofaa qudratini mustahkamlash uchun, qal'aga qurol - yarog‘ va o‘q - dori zaxirasini g‘amlashga, oziq ovqat va suv ta'minotini mukammal qilishga qaratilgan ko‘plab chora tadbirlarni amalga oshirdi. Uning sayi - harakatlari evaziga Olshtin qal'asi dushman hujumiga oxirigacha dosh berib, mudofaachilar g‘olib chiqishdi. Nikolay Kopernikning ko‘rsatgan bunday shaxsiy qahramonligi va qat'iyatliligi davlat rahbarlari e'tiboridan chetda qolmadi. 1521-yildagi yarashuv sulhi imzolanganidan keyin, Kopernik Varmiyaning komissari etib tayinlandi. 1523 yil fevraligacha esa u Varmiyaning General - boshqaruvchisi lavozimida ishladi. Bu lavozim Kopernikning amaldorlik hayotidagi eng kattasi bo‘lib, u yangi episkop tayinlanguniga qadar uning vazifalarini ham bajarib turdi. o‘sha yilning kuzida, Kopernik Olshtin kapituli kansleri lavozimiga tayinlanadi. Faqat 1530-yilga kelibgina Kopernikning ma'muriy boshqaruv ishlaridagi faoliyati biroz yengillaydi. Shunga qaramay aynan o‘sha suronli 20-chi yillarda olim o‘zining eng samarali astronomik izlanishlarini bajarishga ham ulgurgan ekan. 1523 yildagi sayyoralar qarama qarshiligi, ya'ni, sayyoraning osmon sferasida quyoshga nisbatan qarama qarshi joylashishi vaqtida Kopernik muhim kashfiyotni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Kopernik, sayyoralar orbitasining fazodagi holati qo‘zg‘almas ekanligi haqidagi fikrni inkor qilib, uni 1300 yildan beri kuzatilayotgan va "Almagest" asarida Ptolomey ta'kidlab ketgan ma'lumot apsidning[2] - to‘g‘ri chiziq bo‘lib, uning fazodagi holatini aslo o‘zgartirmasligi haqidagi ta'limotning aksini isbotlash orqali izohlab berdi. Kopernikning aniqlashiga ko‘ra, sayyoraning apsid chizig‘ining vaziyati o‘zgarib turardi. Lekin, Nikolay Kopernikning hayotidagi eng asosiy ilmiy g‘oyalari baribir uning ma'muriyat tashvishlaridan birmuncha holi bo‘lgan, 1530 - yillarda paydo bo‘ldi. Bu paytga kelib u "Osmon sferalarining aylanishi" nomli ilmiy asarini yozish ustida edi. o‘sha vaqtlarda deyarli bir yarim ming yildan buyon ilmiy jamoatchilik ongida mustahkam o‘rnashib qolgan tushuncha - olam tuzilishning Geosentrik ta'limoti barcha o‘quv yurtlarida va diniy muassasalarda asosiy va eng to‘g‘ri ta'limot sifatida qaralar edi. Qadimgi yunon olimlari Klavdiy va Ptolomeylar asos solgan mazkur ta'limotga binoan, Olam markazida Yer sayyorasi qo‘zg‘almasdan turar, boshqa sayyoralar, va hattoki Quyosh ham yer atrofida aylanishar edi. Mazkur ta'limot astronomiya bo‘yicha ko‘plab hodisalarni tushuntirish imkonini berar edi, xususan, sayyoralarning osmon gumbazi bo‘ylab egri chiziqli harakatini, oy va quyoshning kundalik chiqib, yana botishi kabi tabiat hodisalari, Ptolomey va Klavdiylarning geosentrik nazariyasiga ko‘ra izohlanar edi. Bu ta'limot shuningdek katolik cherkovi tomonidan ham ma'qullangan bo‘lib, din nuqtai nazaridan ham eng to‘g‘ri deb qaralgan. Kopernikka qadar ham, qadimgi yunon olimi Aristarx Yerning Quyosh atrofida aylanishini ta'kidlagan bo‘lib, lekin u ilmiy jamoatchilik oldida o‘z g‘oyalarini isbotlashga muvaffaq bo‘la olmagan edi. Osmon jismlarining harakatini kuzatib borib, Kopernik Ptolomey nazariyasi noto‘g‘ri ekanligi haqida xulosa chiqardi. 30 yillik mashaqqatli mehnat va muttasil kuzatuvlar, hamda murakkab matematik hisoblashlardan so‘ng, Nikolay Kopernik Yer ham oddiy sayyoralardan biri ekanligini, va barcha sayyoralar, shu jumladan, Yer ham Quyosh atrofida aylanishini ilmiy isbotlab berdi. To‘g‘ri, u hali yulduzlar qo‘zg‘almas va harakatsiz ravishda osmon sferasining eng chetki sirtida va Yerdan juda uzoq masofalarda joylashgan deb hisoblashda davom etardi. Lekin u o‘z zamonasi uchun olamshumul va eng shov - shuvli g‘oyani o‘rtaga tashlagan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |