Fan klassifikatsiyasini tuzish. Fan


Abu Nasr Farobiy haqida biografik maqola yozish



Download 135,76 Kb.
bet11/28
Sana02.06.2022
Hajmi135,76 Kb.
#629914
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   28
Bog'liq
Begmatov

Abu Nasr Farobiy haqida biografik maqola yozish.
Forobiy (taxallusi; toʻliq nomi Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlugʻ Tarxon Forobiy) (873, Forob shahri — 950, Damashq) — Oʻrta Osiyoning mutafakkiri va qomusiy olimi. Yunon falsafasini chuqur bilgani, unga sharxlar bitganligi va jahonga targʻib qilgani hamda zamonasining ilmlarini puxta oʻzlashtirib, fanlar rivojiga ulkan hissa qoʻshgani uchun "al Muallim assoniy" ("Ikkinchi muallim", Aristoteldan keyin), "Sharq Arastusi" nomlariga sazovor boʻldi. F. Sirdaryo sohilidagi Forob (Oʻtror) degan joyda turkiy qabilaga mansub harbiy xizmatchi oilasida tavallud topadi. Oʻsha davrda Movarounnahrda somoniylar sulolasi hukmronlik qilayotgan edi. Boʻlajak faylasuf boshlangʻich bilimini Oʻtrorda olgandan soʻng , oʻqishini Toshkent, Samarkand va Buxoroda davom ettirdi. F. ilmini yanada chuqurlashtirish maqsadida Bagʻdodga yoʻl oladi. Olim yoʻlyoʻlakay Eronning yirik shaharlari Ray, Hamadon, Isfahon va boshqa joylarda boʻladi. Bagʻdodda Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlaridan kelgan talaba va olimlar toʻplangan edi. Bu yerda koʻzga koʻringan olimu fuzalolar bilan tanishdi, yunon falsafiy maktabi, turli fan sohalari namoyandalari bilan uchrashib, ulardan ilm sirlarini oʻrgandi. Mas, Abu Bashar Matta ibn Yunusdan (870—940) yunon tili va falsafasini, Yuhanna ibn Hiylondan (860—920) esa tibbiyot va mantiq ilmini oʻrgandi. Baʼzi tarixiy manbalarda keltirilishicha, F. 70 dan ortiq tilni bilgan. Olim 941 yildan Damashkda muhtojlikda kun kechira boshlaydi. Shunga qaramay ilm bilan shugʻullanadi, falsafa va boshqa fanlar sohasida tadqiqot ishlari olib boradi. U Aleppo (Halab) hokimi Hamdamid (hukmronlik yillari 943—967) iltifoti va hurmatiga erishadi. U olimlarning homiysi sifatida tanilgan edi. Hokim F.ni oʻz saroyiga taklif etadi, lekin, u saroyga bormasdan, erkin hayot kechirishni maʼqul koʻradi. Shunga qaramasdan, allomaning Halabdagi hayoti sermahsul boʻldi, bu yerda oʻzining koʻplab asarlarini yozdi. F. 949— 950 yillarda Misrda, soʻngra Damashqda yashaydi va shu yerda umrining oxirgi kunlarini oʻtkazadi. U Damashqsagi "Bob assagʻir" qabristoniga dafn etilgan. Mavjud maʼlumotlarga qaraganda, F. 160 dan ortiq asar yozgan. Lekin ularning aksariyati bizgacha yetib kelmagan. Shunga qaramay, mavjud risolalarining oʻziyoq uning bugok olim ekanligidan dalolat beradi. Farobiyning asosiy asarlari: "Falsafani oʻrganishdan oldin nimani bilish kerakligi toʻgʻrisida", "Falsafiy savollar va ularga javoblar", "Ensiklopediyadan mantiq boʻlimining bir qismi", "Taliqot" (sharhlar), "Inson aʼzolari haqida risola", "Boʻshliq haqida maqola", "Donolik asoslari", "Falsafaning maʼnosi va kelib chiqishi", "Hayvon aʼzolari, funksiyasi va potensiyasi", "Mantiq toʻgʻrisidagi risolaga muqaddima", "Mantiq ilmiga kirish", "Ilmlarning kelib chiqishi haqida", "Musiqa haqida katta kitob", "Baxtsaodatga erishuv haqida", "Masalalar mohiyati", "Buyuk kishilarning naqllari", "Ihso alulum", "Hikmat maʼnolari", "Aql toʻgʻrisida", "Ilmlar va sanʼatlar fazilati", "Qonunlar haqida kitob", "Substansiya haqida soʻz", "Falak harakatining doimiyligi haqida", "Sheʼr va qofiyalar haqida soʻz", "Ritorika haqida kitob", "Hajm va miqdor haqida soʻz", "Musiqa haqida soʻz", "Fizika usullari haqida kitob", "Fazilatli xulqlar", "Fozil shahar aholisining fikrlari", "Jismlar va aksidensiyalarning ibtidosi haqida", "Aristotel "Metafizika" kitobining maqsadi toʻgʻrisida" va boshqa F. asarlari 20-asrning 70—80-yillarida Toshkent va Olmaotada "Falsafiy risolalar", "Mantiqiy risolalar", "Matematik risolalar", "Ijtimoiyaxloqiy risolalar", "Tadqiqotlar va tarjimalar" nomlari ostida rus tilida nashr etilgan. Farobiy ilk oʻrta asrda, Sharq Uygʻonish davrida ijod etdi. Bu davr ishlab chiqaruvchi kuchlarning oʻsishi, hunarmandchilik, irrigatsiya inshootlarining yuksalishi, yangi shaharlarning bunyod etilishi, madaniy va maʼnaviy hayotning ravnaq topishi bilan ajralib turadi. 9—10-asrlarda ichki va tashqi savdo kuchaydi, ayniqsa, Hindiston, Xitoy, Vizantiya, Afrika mamlakatlari bilan aloqa yoʻlga qoʻyildi. Bu davr qaramaqarshilik va adovatlardan xoli emas edi. F.ning falsafiy qarashlarida oʻsha davrning yutuq va kamchiliklari, murakkab va ziddiyatli jihatlari oʻz ifodasini topdi. Olimning ilmfan oldidagi xizmatlaridan biri uning yunon mutafakkirlari asarlarini sharxlaganligi va ularni yangi gʻoyalar bilan boyitganligidir. Alloma, eng avvalo, Arastu asarlariga sharhlar bitgan, uning naturfalsafiy gʻoyalarining targʻibotchisi va davomchisi sifatida tanilgan. F., shuningdek, Aflotun, Aleksandr Afrodiziyskiy, Yevklid, Ptolemey, Porfiriy asarlariga ham mapjyiap yozganligi maʼlum. Bulardan tashqari, Gippokrat, Epikur, Anaksagor, Diogen, Xrisipp, Aristipp, Suqrot, Zenon asarlaridan xabardor boʻlgan hamda epikurchilar, stoiklar, pifagorchilar, kiniklar maktablarini yaxshi bilgan. F. oʻrta asrda mukammal hisoblangan ilmlar tasnifini yaratdi. U "Ilmlarning kelib chiqishi haqida", "Ilmlarning tasnifi haqida" nomli risolalarida oʻsha davrda maʼlum boʻlgan 30 ga yaqin ilm sohasining tavsifi va tafsilotini bayon qilib berdi. Mutafakkir tabiat va inson organizmiga xos boʻlgan tabiiy jarayonlarni oʻrganuvchi ilm sohalarini birinchi oʻringa qoʻydi. F. ilmlarni quyidagicha tasniflaydi: 1) til haqidagi ilm (grammatika, orfografiya, sheʼriyat, toʻgʻri yozuv va boshqalarni oʻz ichiga oladi); 2) mantiq (8 boʻlimdan iborat boʻlib, tushuncha, muhokama, xulosa, sillogistika, dialektika, sofistika va boshqalarni oʻz ichiga oladi); 3) mat. (arifmetika, geom., astronomiya, mexanika, optika, sayyoralar, musiqa va ogʻirlik haqidagi ilmdan iborat); 4) tabiiy ilmlar, ilohiy ilmlar yoki metafizika; 5) shahar haqidagi ilm (siyosiy ilm, fiqh, ped., axloqshunoslik va kalom kiradi). Farobiy fanlarni tasniflashda borliq xususiyatlarining tahlilidan va ularning fanda aks etishidan kelib chiqadi. Uning tasnifi, eng avvalo, tabiatni, tafakkur va nutqni, til va mantiqni oʻrganishga qaratilgan edi. F.ga kura, ilmlarning tasnifidan maqsad haqiqatni oʻrganish va tasdiqlashdan, uni yolgʻondan farqlashdan iborat. Olimning fikricha, fanlar va umuman bilimlar borliqdan kelib chiqib, borliqni uzoq vaqt oʻrganish asosida toʻplanib boradi. Turli ilmlar bir-birini inkor qilmaydi, balki oʻzaro bir-biri bilan bogʻliq holda rivojlanadi. Ular dunyoni idrok qilishga va insonlarnkng baxtsaodatga erishishiga qaratilgandir. Farobiyning fanlar tasnifida tabiiy va ijtimoiy fanlar oʻz vazifasiga koʻra bir-biridan farq qiladi. Mas, matematika, tabiatshunoslik va metafizika ilmlari inson aqlzakovatini boyitishga xizmat qiladi, grammatika, sheʼriyat va mantiq esa fanlardan toʻgʻri foydalanishni, bilimlarni boshqalarga toʻgʻri tushuntirish, yaʼni akliy tarbiya uchun xizmat qiladi. Siyosat, axloqshunoslik va ped.ga ovd bilimlar kishilarning jamoaga birlashuvi, ijtimoiy hayotning qonun va qoidalarini oʻrgatadi. Xullas, F.ning ilmlar tasnifi toʻgʻrisidagi maʼlumoti oʻrta asrda turli fanlarning rivojida muhim ahamiyatga ega boʻldi, keyingi davrlarda yashagan olimlar uchun qoʻllanma vazifasini oʻtadi. Farobiyning ontologik qarashlari. Mutafakkir borliq muammosini "vujudi vojib" va "vujudi mumkin" taʼlimotidan kelib chiqqan holda tushuntiradi. Uningcha, "vujudi vojib" barcha mavjud yoki paydo boʻlishi mumkin boʻlgan narsa, jism va moddalarning birinchi sababchisidir. F. xudoga birinchi sabab, birinchi mohiyat, deb taʼrif beradi. Xudo birinchi sabab sifatida boshqa sabab va turtkiga muxtoj emas. U yaratadi, lekin boshka narsalar tomonidan yaratilmaydi. Allohning zotiga qaramaqarshilik, ziddiyat, turli nuqsonlar, beqarorlik va boshqa jarayonlar xos emas. "Vujudi mumkin" esa barcha yaratilgan, mavjud boʻlgan va yaratilajak narsa va ashyolarni anglatadi. F. tabiat, ashyo va jismlar turli shakllari muayyan izchillik va zaruriyat boʻyicha yuz beradigan tadrijiy jarayonlar asosida paydo boʻladi, deb hisoblaydi. Butun mavjudotni sababoqibat nuqtai nazaridan 6 daraja (sabab)ga boʻladi: xudo — birinchi sabab; ikkinchi sabab esa osmon jinslari, soʻng faol aql, jon (annafs), shakl (assurat), modda yoki ashyolar (almodda). Xudo—vojibul vujud, yaʼni zaruriy mavjudlik boʻlsa, krlganlari — vujudi mumkin, yaʼni imkoniy mavjud narsalardir. Bular bir-biri bilan sababiy bogʻlangan. Xudo, yaʼni "vujudi vojib" birinchi boʻlib aqgsh faolni yaratadi. Akl esa har bir sayyoraga xos aklni yaratadi. Eng soʻnggi samoviy aql natijasida Yerdagi aqlruh va barcha moddiy jismlar, yaʼni 4 unsur: tuproq, havo, olov, suv paydo boʻladi. 4 unsurdan esa nabotot odami, hayvonot olami, inson zoti va notirik tabiat vujudga keladi. Organik olamga oʻsimlik ruhi, hayvoniy ruh va insoniy ruh xosdir. Jismlarga harakat xos boʻlib, ular oʻzaro bir-biri bilan bogʻlangan. Shunday qilib, F.ning borliq haqidagi taʼlimoti keyingi davrlarda hurfikrlikning keng quloch yozishida muhim ahamiyatga ega boʻldi. Farobiyning gnoseologik qarashlari, yaʼni bilish haqidagi taʼlimoti ijtimoiyfalsafiy fikr rivoji tarixida alohida oʻrinni egallaydi. Olimning bu boradagi fikrlari uning "Mantiq toʻgʻrisida risolaga muqaddima", "Mantiqqa kirish", "Akl toʻgʻrisida", "Falsafaning maʼnosi va kelib chiqishi" va boshqa asarlarida taxlil qilib berilgan. Mutafakkir inson Yer yuzidagi oliy mavjudot ekanligini taʼkidlab, uning qobiliyati, tevarakatrofdagi narsa va hodisalarni idrok qilish kuchiga katta baho beradi.

Download 135,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish