O‘quvchilar diqqatini darsga qaratish.
Uyga vazifani so‘rash:
Savol – javob o‘tkazish
Topshiriqlarni tekshirish
Amaliy mashg‘ulotda tugallanmagan ishning oxiriga yetkazilganini tekshirish
Yangi mavzu bayoni:
V dars: Amaliy mashg‘ulot. Bluzka modellarini tanlash va andoza tayyorlash
Bluzkalar bichim, shakli jihatidan koylakning yuqori qismiga o‘xshaydi. Bluzkalar taqilmasi old tomonda yoki ort bo‘lakda bo‘lishi mumkin.Ularning yenglari uzun yoki kalta, yeng uchlari manjetli, manjetsiz, rezinkali bo‘lishi mumkin. Bluzkalar yubka ustiga tushirib yoki yubka ichiga kiritib kiyiladi. Yubka ichiga kiritib kiyiladigan bluzkalarning bel qismida vitochkalar tikilmaydi. Bunday bluzkalarning etagi yopiq qirqimli bo‘lib universal mashinada tikiladi. Bluzka yubka ustiga tushirilib kiyiladigan bo‘lsa etagi maxsus mashinada bukib tikilishi mumkin. Bluzka modellarini asos chizmasida ko‘krak vitachkasini joyini o‘zgartirish orqali hosil qilish mumkin. Ko‘krak vitachkasini ko‘chirish qoidasi. Yelkali kiyim fasoniga binoan ko‘krak vitachkasi detalning istalgan qirqimida bo‘lishi mumkin. Bu vitachkani yon qirqimiga , bel chizig‘iga, yoqa o‘mizi qirqimiga, yeng o‘mizi qirqimiga, ko‘krak chizig‘i boylab old bo‘lak o‘rta chizig‘iga va hokazo yo‘naltirish mumkin. Vitachkani fasonga muvofiq, yangi holatga ko‘chirish uchun vitachkaning ko‘chirilish chizig‘i o‘tkazilishi kerak. Bu chiziq doim ko‘krak vitachkaning uchidan, ya’ni ko‘krak markazi bilan vitachka ko‘chiriladigan qirqimdagi nuqtadan o‘tishi kerak. Old bo‘lak andozasining shabloni belgi chiziq buylab qirqiladi-da, ko‘krak vitachkasi yopiladigan qilib suriladi. Vitachka tomonlarini bir-biriga to‘g‘rilab to‘g‘nag‘ich bilan to‘g‘naladi. Qirqilgan chiziq boylab xuddi asosiy vitachka kengligiga teng yangi vitachka hosil buladi. Bu vitachka birmuncha kalta yoki uzun bo‘lishi mumkin, lekin bu vitachka xuddi asosiy vitachka hosil kilganidek, hajm hosil qiladi. Bluzka modellarini tanlashda ko‘krak vitachkasi o‘rnini turli shakldagi koketkalar, burmalar va taxlamalar bilan ham almashtirish mumkin. Masalan, yelka chizig‘iga parallel bo‘lgan koketkani hosil qilish uchun ko‘krak vitachkasini berkitib, yelka chizig‘iga parallel chiziq o‘tkaziladi va qirqiladi. Koketka qismida burmalarning joylashish joyini kertimlar bilan belgilab qoyish kerak. Ayrim hollarda murakkab koketkalar, ya’ni old bo‘lak bilan yaxlit bo‘lgan qirqimlar ostida ham mayda burmalar hosil qilish mumkin. Bluzkaning boyin oyindisi chuqurligini chizib olinadi. Uning uchini vitachka uchi bilan birlashtirilib, so‘ngra qirqiladi. Vitachkaning yangi holati ochilib, yuqori qismida burma qilish uchun boyin oyindisi qirqimi tomonidan burma miqdorini modelga qarab belgilab qo‘yiladi. Bluzka modellarida parallel vertikal taxlamalar ko‘pincha ko‘krak nuqtalari ustida joylashtiriladi. Ular old bo‘lakni bezab turadi. Bunday taxlamalarning har birini asosi boyicha butun boyi boylab bezak baxyaqator berib mahkamlanadi. Ko‘krak vitachkasi oxirigi taxlama bilan birgalikda tikiladi. So‘ngra bu taxlamalarni yeng o‘mizi tomonga qaratib dazmollanadi va old bo‘lakni andoza boyicha yana bir karra tekshirib chiqiladi. Parallel bezak taxlama hosil qilish uchun 31-rasmda ko‘rsatilgandek model chiziqlarini asos chizmasiga kiritiladi. Yelka chizig‘ida boyin o‘mizidan 1 sm masofa tashlab vertikal chiziq o‘tkaziladi. Keyingi model chiziqlari bu nuqtadan taxlama kengligiga qarab belgilanadi. Hozirgi holatimizda u 2 sm ga teng. Ko‘krak vitachkasi uchini oxirgi taxlama chizig‘iga birlashtirib qoyiladi. Andoza detallarini nomerlab chiqishni unutmaslik kerak. Chizilgan model chiziqlari boylab qirqiladi va har bir detal taxlama chuqurligi qiymatiga mos ravishda suriladi (bunda taxlama chuqurligi qiymati taxlama kengligidan ikki baravar katta bo‘ladi). Andozaning o‘rta markaziy chizig‘iga taqilma qiymati qo‘shiladi.