Darsning borishi:
Tashkiliy qism:
Salomlashish
Davomatni aniqlash
Darsga tayyorgarlik ko‘rish
O‘quvchilar diqqatini darsga qaratish.
Uyga vazifani so‘rash:
Savol – javob o‘tkazish
Topshiriqlarni tekshirish
Amaliy mashg‘ulotda tugallanmagan ishning oxiriga yetkazilganini tekshirish
Yangi mavzu bayoni:
II dars: Amaliy mustaqil ish:
Quyidagi savollarga qо‘shimcha ma’lumotlar tо‘plang va ular asosida testlar tuzing:
1. Fan–texnika taraqqiyotining asosiy yо‘nalishlarini ta’riflang. Fan– texnika taraqqiyoti otaliq korxona faoliyatida qanday aks etmoqda? Uni natijalarini jadval holatiga keltirib izohlang. Mazkur yо‘sindagi materiallarni risola holatiga keltirib, chop etishga tayyorlang.
2. Fan–texnika taraqqiyotini maktab ustaxonasida, о‘quv ishlab chiqarish kombinati va kasb–hunar kolleji sex va bо‘linmalarida jadallashtirish ishida har bir ishchi – mutaxassis faoliyatida qanday rol о‘ynaydi? Mazkur savollarga olingan javoblarni ma’lum tizimga keltirib izohlab risola holatida tayyorlang.
3. Fan-texnika taraqqiyoti jamiyatimiz qatori maktab, о‘quv ishlab chiqarish kombinat va kasb–hunar kollejining har bir a’zosini faoliyati va hayotini takomillashtirishga qanday ta’sir kо‘rsatmoqda?
Yangi materiallar va zamonaviy texnologiyalar. Hozirgi texnika uchun oldindan belgilangan xossalarga ega bо‘lgan xilma–xil materiallar kerak. Bunday materiallar, masalan, juda katta yuk yoki issiqlik va sovuqqa chidamli muayyan fizik – ximiyaviy xossalarga ega bо‘lishi (turli agressiv muhitga, haddan tashqari yuqori yoki past elektr о‘tkazuvchanlikka dosh bera olishi) lozim. Buning zarurligini texnika murakkab sharoitlarida ishlatilganida yuqori darajada mustahkamligi va ishlash qobiliyatini saqlash kerakligi bilan izohlash mumkin. Masalan, kosmik kema uchayotganida bosim va vibratsiyaga, temperaturaning keskin farqlanishiga kо‘ra radiatsiyasining ta’siri va hokazolarga duch keladi. Demak, bunday apparatlar uchun о‘ta qattiq, issiqlikka chidamli materiallar kerak. Aslida esa bunday materiallar tabiatda yо‘q. Turli ximiyaviy elementlarni birlashtirib oldindan belgilangan xossalarga ega bо‘lgan yangi materiallarni hosil qilish mumkin. Yangi materiallar faqat kosmosdagina zarur emas. Sanoat va qishloq xо‘jalik texnikasini ishlatish sharoiti kо‘pincha ana shu texnika tayyorlanadigan material bir necha xossalarga ega bо‘lishini, masalan, ham vibratsiyaga chidamli, ham yuqori darajada mustahkam va oson ishlov beriladigan bо‘lishini taqozo etadi. Lekin yangi materiallar yaratish zarurligi faqat murakkab ekspluatatsiya sharoiti bilan bog‘liq emas. Ishlatib kelinayotgan qotishmalarning ayrim tarkibiy materiallar juda qimmat, ularning tabiiy zahiralari cheklangandir. Sizlar balki kompozitsion materiallar haqida kо‘p eshitgansiz va о‘qigansiz. Bu sintetik materiallar moddalarning turlicha birikishi (kompozitsiyasi) dan iborat bо‘ladi. Albatta ularni ayrim komponentlarini oddiygina aralashtirilishi deb tushunmaslik kerak. Kompozitlarning farqli xossalari: chidamliligi, yuqori darajada mustahkamligi, issiqqa bardosh berishi, korroziyalanmasligidir. Bunday materiallar tovushdan tez uchadigan samolyotlarda, dengiz texnikasida, qishloq xо‘jaligida, yengil sanoat va hokazolarda foydalaniladi. Yangi materiallar yaratishda ularga ishlov berish imkoniyatlari ham hisobga olinadi, masalan, juda qattiq qotishmalardan zagotovkalar kesishda ularga nisbatan qattiqroq materialdan yasalgan asboblardan foydalaniladi. Yangi materiallar (plastmassalar, sintetik kauchuklar, smolalar, sun’iy olmos va boshqa) tufayli yangi texnologiyalar vujudga keladi. Chunonchi mashinasozlikda sintetik olmoslardan foydalanish detallar prokat qilinganidan sо‘ng tokarlik ishlarisiz silliqlash yoki issiqligiga pardozlash imkonini berdi. Faqat yangi materiallar emas, balki energiyaning yangi turlari ham yangi texnologiyalar yaratishga yordam beradi. Bu jihatdan lazer, elektron nur, plazma
texnologiyalari alohida e’tiborga loyiqdir. Kam chiqindili va chiqindisiz texnologiyalarni keng joriy qilish fan – texnika taraqqiyotini jadallashtirishning muhim yо‘nalishidir. Sizlar metall qirqish stanoklarida ishlayotganingizda anchagina metall qirindiga aylanishini kо‘rgansiz. Kо‘p hollarda dastlabki materialning 70–80 foizini chiqindilar tashkil etadi. Xuddi shu sababli xususan mashinasozlikda metallarni qirqish bilan ishlash о‘rniga chiqindisiz va kam chiqindili texnologik usullarni qо‘llash nihoyatda muhim ahamiyatga egadir. Mazkur usullaridan biri – detallarni metall kukunlaridan tayyorlash – kukunli metallurgiya bо‘lib, bu usul ilgari minutlar, ba’zan soatlar sarflanadigan detallar tayyorlashni aniq forma va о‘lchamlar bilan sekundlarda bajarish imkonini berayotir. Ana shu usulda metall poroshogi (yoki kukunlar aralashmasi) pо‘lat press – qolipga solinadi va katta bosim bilan presslanadi. Shunda metall zarralari bir – biriga jipslashadi , natijada geometrik parametrlari bо‘yicha tayyor detallga mos zagotovka hosil bо‘ladi. Keyin zagotovkani maxsus pechlarda juda yuqori temperaturada qizdiriladi (yaxlitlanadi) – metall zarralari birlashib, jips bir jinsli massaga aylanadi. Bu usul bilan tayyorlanadigan detallar uchun kerakli asbob – uskunalar ayrim hollarda odatdagi metall qirqish stanoklariga qaraganda soddaroq va arzonroq bо‘ladi. Kukunli metallurgiyadan issiqqa, korroziyaga chidamli yangi materiallar olishda ham foydalaniladi. Bu esa yangi texnologiyalar yangi materiallar yaratishga xizmat qilishining misolidir. Ma’lumki metallarni bosim bilan ishlash metall qirqish stanoklarida detallar tayyorlashga nisbatan ancha tejamlidir. Mexanik shtampovka о‘rnini asta – sekin suv zarbi, magnit maydoni, portlatish bilan shtampovkalash egallamoqda. Sovuq va issiq holda hajmli shtampovkalash, aniq quyish, erigan suyuq materiallardan detallarni shtampovkalash va hokazolar ham nihoyatda tejamli texnologiyalardir. Sо‘nggi yillarda metallarni qirqish tezligini oshirish, ximiyaviy reaksiyalarni tezlashtirish va hokazolar hisobiga an’anaviy texnologik jarayonlarni intensivllashtirishdan ham keng foydalanilmoqda. Kо‘p operatsiyalarni birlashtiradigan uzluksiz texnologik jarayonlarni qо‘llash katta samara beradi. Uzluksiz texnologiya texnologik operatsiyalarni qо‘shish orqali zagotovkalarni detallar va materiallarni bir ish о‘rnidan ikkinchi ish о‘rniga tashish hamda boshqa qator yordamchi operatsiyalarni bartaraf etadi, masalan, kukunli metallurgiya usulida detallar tayyorlashda kо‘pincha presslash va qizdirish jarayonlari qо‘shiladi: metall kukunlari presslanadi va bir yо‘la qizdiriladi. Zamoanviy ishlab chiqarishga yangi materiallarni ilg‘or texnologik jarayonlarni joriy etish, an’anaviy texnologik jarayonlarni intensivlashtirish, xalq xо‘jaligining turli tarmoqlarida samaradorligini ishlab chiqarishni oshirishning asosiy yо‘nalishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |