Darsning borishi:
Tashkiliy qism:
Salomlashish
Davomatni aniqlash
Darsga tayyorgarlik ko‘rish
O‘quvchilar diqqatini darsga qaratish.
Uyga vazifani so‘rash:
Savol – javob o‘tkazish
Topshiriqlarni tekshirish
Amaliy mashg‘ulotda tugallanmagan ishning oxiriga yetkazilganini tekshirish
Yangi mavzu bayoni:
IV dars: Amaliy mashg‘ulot. Bayram sovg‘asi uchun suvenir tayyorlash, taxlama yostiq jildini tikish. Mazkur yostiq jildiga sidirg‘a rangdagi gazlamalar tavsiya etiladi. Kerakli o‘quv-jihoz, asbob-uskuna va ashyolar: stol, stul, yostiq jildini tikish boyicha bajarilgan texnologik xarita va tikilgan namunalar, tikuv mashinasi, 70x70 sm ga teng bo‘lgan tukli: duxoba, vellyur va atlas kabi gazlamalar, to‘g‘ri va uzun chizg‘ich, igna, angishvona, qaychi, santimetr lenta, gazlama rangiga mos 40-50-raqamli g‘altak iplar, sintepon.
Do'stlaringiz bilan baham: |