Fan kafedrasi o’qituvchilarining o’quv-uslubiy qo’llanma yozish jadvali



Download 215,5 Kb.
Sana12.12.2019
Hajmi215,5 Kb.
#29769
Bog'liq
2 5206450345093366074

Fan kafedrasi oqituvchilarining oquv-uslubiy qollanma yozish jadvali.





O’qituvchining familiyasi,ism-sharifi

Fan nomi

O’quv-uslubiy qo’llanma turi

O’quv-uslubiy qo’llanma mavzusi

Bajarish muddati

1

Otajonov Muhiddin

Tarix

O’quv majmua

O’zbekiston tarixi(musaqillik davri)

29.08.2011

2

Yusuov Hamid,Matnazarva Dilorom

Jahon tarixi

Elektron darslik

Eng yangi tarix(1945-2000yy)

29.08.2011

3

Matmuatov Mansur

O’zb.tarixi

Ma’uza matnlari

O’zbekiston tarixi(1917-1991yy )

29.08.2011

4

Ro’zmetov Sherzod,Tillaev Dilmurod

Jahon tarixi

Ma’uza matnlari

Eng yangi tarix(1918-1939yy)

29.08.2011

5

Ro’zmetov Sherzod

O’zb.tarixi

Ma’uza matnlari

O’zbekiston tarixi(1917-1945yy )

29.08.2011

6

Matmuatov Mansur

Dinshunoslik

Ma’uza matnlari




29.08.2011

7

Matmuatov Mansur

Mantiq

Ma’uza matnlari




29.08.2011

8

Ibadullayev .S

Курс лекции

по религове -дении



Ma’uza matnlari




29.08.2011

9

Ibadullayev .S

Курс лекции

по логики



Ma’uza matnlari




29.08.2011

10
















11
















12
















13
















14
















15
















16
















Kafedra majlisida korib chiqildi va tasdiqlashga tavsiya etildi.

Majlis bayoni ______________

«______» ___________________2011 yil

Kafedra mudiri:______________________________________
UrDU qoshidagi 2-son akademik litseyTarix kafedrasi

Urdu qoshidagi 2-akademik litseyning Ijtimoiy-gumanitar

fanlar kafedrasi

Tarix fani o’qituvchisi Tojiyeva Umidaning direktor jamg’armasidan 40 foizgacha to’lanadigan ustama haq uchun taqdim etgan

hujjatlari


Urganch 2011-2012 yil
____________Tasdiqlayman

UrDU qoshidagi 2-akademik litsey

Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi

mudiri__________Atajanov M.


Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi «Tarixiy o’lkashunoslar» fan to’garagining

2011-2012 o’quv yili ish rejasi






M a v z u l a r

Muddati

O’tkazish joyi

1










2










3










4










5










6










7










8










9










10










11










12










13










14










15










16










17










18










19










20

































To’garak rahbari:_______________Tojiyeva U.


VII-sinf O’zbekiston tarixi

I-BOBdan testlar

1-MAVZU

1).Sarkorlar o’zlariga tegishli yer maydonini qayerdan ajratib olardilar?

A)Sug’orish tarmoqlarining o’rta qismidan,ayniqsa daryo qirg’og’i atrofidan

B) Sug’orish tarmoqlarining yuqori qismidan,ayniqsa to’g’on boshi atrofidan

C) Sug’orish tarmoqlarining quyi qismidan,ayniqsa qo’rg’on devori atrofidan

D) Sug’orish tarmoqlarining chekka qismidan,ayniqsa dengiz bo’yi atrofidan

2)Qachon dehqonlar,kashovarzlar va kadivarlar tabaqalari shakllandi?

A)Ona urug’I davrida B)Ota urug’i davrida

C)Ilk o’rta asrlarda D)Yangi davrda

3)Ilk o’rta asrlarda “dehqon” so’zining ma’nosi nima?

A)»Viloyat hokimi» B)»Shahar hokimi»

C)»Tuman hokimi» D)»Qishloq hokimi»

4)Ilk o’rta asrlarda qishloqning dehqonlarga qaram aholisi qanday atalgan?

A)Kadivarlar B)Kashovarzlar

C)Chokarlar D)Dehqonlar

5)Ilk o’rta asrlarda ziroatchi oddiy qo’shchilar qanday atalgan?

A)Kadivarlar B)Kashovarzlar

C)Chokarlar D)Dehqonlar

6)Ilk o’rta asrlarda dehqonmulkini qo’riqlovchi harbiy posbon qanday atalgan?

A)Kadivarlar B)Kashovarzlar

C)Chokarlar D)Dehqonlar

7)Ganchkor bo’rtma arxar tasviri qaysi yodgorlikdan topilgan?

A)Afrosiyob B)Ayritom

C)Varaxsha D)Xolchayon

8)Qang’ davlatidan birinchi bo’lib qayer ajralib chiqdi?

A)So’g’d B)Xorazm

C)Choch D)Farg’ona

9) III asr o’rtalarida Xorazm davlatini qaysi sulolaga mansub Xorazmshohlar idora qilgan?

A)Anushteginlar B)Ma’muniylar

C)Oltintoshlar D)Afrig’iylar

10) III asr o’rtalarida Xorazm davlatining poytaxti dastlab qaysi shahar bo’lgan?

A)Tuproqqal’a B)Kofirqal’a

C)Jonbosqal’a D)Anqaqal’a

11)Qadimgi Tuproqqal’a shahar harobasiqayerda joylashgan?

A)Qoraqalpog’istonning Beruniy tumanida

B)Qoraqalpog’istonning To’rtko’l tumanida

C)Qoraqalpog’istonning Qo’ng’irot tumanida

D)Qoraqalpog’istonning Ellikqal’a tumanida

12)Tuproqqal’adagi uch minorali Xorazmshohlar qasrining balandligi necha metr bo’lgan?

A)25 metr B)30metr C)35metr D)15metr

13)Qachon Xorazmshoh o’z qarorgohini Kat shahriga ko’chiradi?

A)305 yilda B)315 yilda C)325 yilda D)307yilda

14)Qaysi Xorazmshoh o’z qarorgohini Xorazmning qadimgi Kat shahriga ko’chiradi?

A)Kayxusrav B)Saksafar

C)Farasman D)Afrig’

15.Kimning yozishicha, Xorazmshohlar unvoni dastlabsiyovushiylar tomonidan qabul qilingan?

A)Abu Ali Ibn Sino B)Muso Al-Xorazmiy

C)Abu Nasr Forobiy D)Abu Rayhon Beruniy

16.Qadimgi Xorazm davlati qachon shakllangan?

A)Mil.avv.VIII asrda B)Mil.avv.VII asrda

C)Mil.avv.VI asrda D)Mil.avv.V asrda

17.Qadimgi Xorazm davlatini avval qaysi sulola boshqargan?

A)Siyovushiylar B)Sosoniylar

C)Ahamoniylar D)Afrig’iylar

18.Qadimgi Xorazm davlatida qaysi hukmdorlar “Xorazmshoh” unvoniga sazovor bo’lishgan?

1.Gannibal 2.Kidar 3.Vaxshunvar 4.Bumin 5.Kayxusrav 6.Saksafar 7.Farasman 8.Xusrav

A)1,2,3,4 B)5,6,7,8 C)1,3,5,7 D)2,4,6,8

19.Qadimgi Xorazmdagi qaysi yodgorlikdan qo’lida burgut qo’ndirilgan tojdor hukmdor haykali topilgan?

A)Kofirqal’adan B)Jonbosqal’adan

C)Anqaqal’adan D)Tuproqqal’adan

20.Qadimgi Xorazmdagi qaysi yodgorlikdan qo’lida shohboslochin tutgan tojdor tasviri so’qilgan tanga topilgan?

A)Kofirqal’adan B)Jonbosqal’adan

C)Anqaqal’adan D)Tuproqqal’adan

21.Qaysi tarixchi Xorazm VI asrning 60-yillarida Vizantiya va turklar bilan diplomatic aloqalar olib borganligi to’g’risida ayrim ma’lumotlarni qayd etgan?

A)Makariy B)Markviniy

C)Menandr D)Miltiad



2-MAVZU
22.IV asrning o’rtalarida O’rta Osiyoga qaysi qabilalarning hujumi boshlanadi?

A)Toxarlar B)Xiyoniylar C)Eftallar D)Turklar

23.O’rta Osiyoga qayerdan ko’chmanchi xiyon qabilalarining hujumi boshlanadi?

A)Xuroson va Shimoliy Kavkazdan

B)Badaxshon va G’arbiy Xitoydan

C)Yettisuv va Sharqiy Turkistondan

D)Mo’g’iliston va Janubiy Sibirdan

24.Xiyoniylar qachon So’g’dga bostirib kirganlar?

A)353-yilda B)354-yilda C)355-yilda D)356-yilda

25.Xiyoniylar kim boshchiligida So’g’dga bostirib kiradilar?

A)Mihirakula B)Kidar C)Vaxshunvar D)Grumbat

26.Sosoniylar davlati qayerda tashkil topgan?

A)Xitoyda B)Vizantiyada C)Eronda D)Hindistonda

27.309-379-yillarda Sosoniylar shohi kim bo’lgan?

A)Kubod B)Xusrav I C)Peroz D)Shopur II

28.Sosoniylarning qaysi shohi Xiyoniylardan yengiladi?

A)Kubod B)Xusrav I C)Peroz D)Shopur II

29.Menandr qayerlik tarixchi?

A)Eronlik B)Vizantiyalik C)Xitoylik D)Hindistonlik

30.Qachon O’rta Osiyoda Xiyoniylar hukmronligi o’rnatildi?

A)IV asrning 50-yillarida B)IV asrning 60-yillarida

C)IV asrning 70-yillarida D)IV asrning 80-yillarida

31.Qayerda Xiyoniylarning kuchli davlati qaror topadi?

A)Xuanxe bo’ylaridan to Amazonka havzasigacha cho’zilgan keng maydonda

B)Sirdaryo bo’ylaridan to Amudaryo havzasigacha cho’zilgan keng maydonda

C)Murg’ob bo’ylaridan to Zarafshon havzasigacha cho’zilgan keng maydonda

D)Ganga bo’ylaridan to Braxmaputra havzasigacha cho’zilgan keng maydonda

32.Xiyoniylar davlati O’rta Osiyoda necha yildan oshiqroq hukmronlik qildi?

A)110 yil B)120 yil C)130 yil D)140 yil

33.V asrning 20-yillarida sharqdan Sirdaryo va Orol bo’ylari orqali Xorazm hamda Amudaryo havzasiga kimlar kirib keladi?

A)Toxarlar B)Xiyoniylar C)Eftallar D)Turklar

34.Qanday ismli hukmdor toharlarga yo’lboshchi edi?

A)Mihirakula B)Kidar C)Vaxshunvar D)Grumbat

35.Toharlar kimlarning avlodlaridan bo’lganlar?

A)Saklar B)Massagetlar C)Kushonlar D)Baqtriyaliklar

36.Kidariylar davlatining poytaxti qaysi shahar bo’lgan?

A)Marv B)Qobul C)Balx D)Hirot

37.Qachon kidariylar bilan sosoniylar o’rtasida ziddiyat tobora kuchayib,ular bir-biriga dushman bo’lib qolganlar?

A)V asrning 20-40-yillarida B)V asrning 30-50-yillarida

C)V asrning 40-60-yillarida D)V asrning 50-40-yillarida

38.Qachon kidariylar sosoniylardan qaqshatqich zarbaga uchraydi?

A)446-yilda B)456-yilda C)546-yilda D576-yilda

39.Kidariylar O’rta Osiyoni tark etib qayerga chekinadilar?

A) G’arbiy Xitoyga B)Janubiy Mo’g’ilistonga

C)Sharqiy Turkistonga D)Shimoliy Eronga

40.Shimoliy Hindistonda Kidariylar necha yil hukmronlik qiladilar?

A)55yil B)65yil C)75yil D)85yil

41.Eftallarning ilk ajdodlari qaysi qabilalar ittifoqi tarkibida bo’lgan?

A)Gotlar B)Vandallar C)Xunnlar D)Kushonlar

42.Eftallarning ilk ajdodllari qayerda yashaganlar?

A)Xitoyning shimoli-g’arbida

B)Turonning janubiy qismida

C)Pomir etaklarida

D)Harkon dengizi sohillarida

43.Xitoy manbalarida ta’rif etilishicha,mil.avv.VII asrda mallasoch,ko’zi ko’k xunnlarning bir qismi yashab turgan yerlarini tashlab,qayerga kelib o’rnashganlar?

A) Pomir tog’i etaklariga B)Xitoyning shimoli-g’arbiga

C)Turonning janubiy qismiga D)Harkon dengizi sohillariga

44.Xunnlar davlati yemirilgach, ularning ikkinchi qismi qayerga borib o’rnashgan?

A) Pomir tog’i etaklariga B)Jung’oriyaga,Elsuvi havzasiga

C)Turonning janubiy qismiga D)Harkon dengizi sohillariga

45.Qachon Eftallar ko’payib,avval xiyoniylarni,so’ngra boshqalarni tobe etib,davlat barpo etganlar?

A)IV asrning I-yarmida B)IV asrning II-yarmida

C)V asr boshlarida D)V asr II-yarmida

46.Qachon eftallar Kidariylar davlatini mag’lub etib,Xurosonning talay qismini egallaganlar?

A) IV asrda B)V asrda C)VI asrda D)V asr oxirida

47.»Eftal» degan nom ilk bor qaysi manbalarda uchraydi?

A) VI asrda xaftal shaklida, Vizantiya manbalarida

B) IV asrda xaytal shaklida,Xitoy manbalarida

C)V asrda fetal shaklida, Yunon manbalarida

D) V asrda xeptal shaklida, arman manbalarida

48.Eftallarning yo’lboshchisi kim bo’lgan?

A)Mihirakula B)Kidar C)Vaxshunvar D)Grumbat

49.Eftallar qisqa vaqt ichida qayerlarni bo’ysundiradilar?

1.Chag’oniyon 2.Tohariston 3.Badahshon

4.Sharqiy Turkiston 5.Marv 6.Hirot

A)1,2,3 B)4,5,6 C)1,3,5 D2,4,6

50 Eftallar qayerda bir zarba bilan o’z hukmronligini o’rnatdilar?

A)Hirotda B)Marvda C)Toharistonda D)So’g’dda

51.Qachon Eftallar Xitoyga elchi yubordilar?

A)465-yilda B)456-yilda C)485-yilda D)546-yilda

52.Eftallar bilan sosoniylar o’rtasidagi jangu-jadal ayniqsa qaysi hukmdor davrida avjiga chiqdi?

A)Zenon B)Peroz C)Shopur II D)kubod

53. Perozning hukmronlik yillari?

A)459-484 yy B)488-531 yy C)531-579 yy D)309-379yy

54.Peroz eftallarga qarshi necha marta yurish qilgan?

A)3 B)4 C)5 D)6

55.Peroz dastlabki janglarda eftallardan mag’lubiyatga uchraydi va asir tushadi.Shunda u kim tomonidan yuborilgan o’lpon evaziga asirlikdan ozod etiladi?

A)Vizantiya imperatori Yustin tomonidan

B) Vizantiya imperatori Mixail tomonidan

C) Vizantiya imperatori Zenon tomonidan

D) Vizantiya imperatori Simon tomonidan

56.Shohning qaysi o’g’li eftallar yurtiga garovga yuborilib,Peroz tutqunlikdan ozod etiladi?

A)Kubod B)Xusrav I C)Shopur II D)Zenon

57.Peroz qachon eftallarga qarshi uchinchi marta yurishga otlanadi?

A)481 yilda B)482 yilda C)483 yilda D)484 yilda

58.Sosoniylarning qaysi shohlari hukmronlik qilgan davrlarda eftallar bilan munosabatlar ancha yumshab,tinchlik tusini olgan?

A)Sulaymon va Siyovush B)Rustam va Kayxusrav

C)Ardasher va Nodirshoh D)Kubod va Anushervon

59.Eftallar qaysi shaharlarni ham o’z tasarrufiga kiritadilar?

1.Kobul 2.Panjob 3.Urumchi 4.Qorashar 5.Xo’tan

6.Qoshg’ar 7.Balx 8.Isfahon 9.Nishopur 10.Hirot

11.Poykand 12.Mo’lton

A)1,2,3,4,5,6 B)7,8,9,10,11,12

C)1,3,5,7,9,11 D)2,4,6,8,10,12

60.V asrning ikkinchi yarmi va VI asrning boshlarida qaysi davlat tashkil topdi?

A)Toxarlar B)Xiyoniylar C)Jurjonlar D)Eftallar

61.Eftallar davlati qayerlarni birlashtirgan?

1.O’rta Osiyo 2.Shimoliy Kavkaz 3.Sharqiy Eron

4.Janubiy Xitoy 5.Shimoliy Hindiston 6.Old Osiyo

7.Sharqiy Turkiston 8.G’arbiy Sibir

A)1,2,3,4 B)5,6,7,8 C)1,3,5,7 D)2,4,6,8

62.Eftallar davriga oid kumush lagan qayerdan topilgan?

A)Xorazm viloyati Urganch shahridan

B)Buxoro viloyati G’ijduvon shahridan

C)Farg’ona viloyati Rishton shahridan

D)Samarqand viloyati Chelak shahridan

63.Eftallar davriga oid kumush lagan nechanchi asrga oid?

A)V asrga B)VI asrga C)VII asrga D)VIII asrga

___________________________________________________

3-MAVZU

64.Eftallar nima bilan shug’ullanganlar?

A)Dehqonchilik B)Hunarmandchilik C)Chorvachilik D)Savdo-sotiq

65.Eftallardavrida qayerlar rivoj topgan dehqonchilik va bog’dorchilikning markazi hisob lanardi?

A)Badaxshon va Choch B)Toxariston va So’g’d

C)Chag’oniyon va Xorazm D)Qo’badiyon va Farg’ona

66.Eftallar davrida Qashqadaryo va Zarafshon vodiylarida g’alladan tashqari nima yetishtirilar edi?

A)Paxta B)Sholi C)Arpa D)Tariq

67.Xitoy manbalarida qayd etilishicha,qayerlarda paxta ekilgan?

A)Badaxshon va Choch B)Toxariston va So’g’d

C)Chag’oniyon va Xorazm D)Sharqiy Turkiston va O’rta Osiyo yerlarida

68.Qayer zotli arg’umoqlari bilan mashhur edi?

A)So’g’d B)Xorazm C)Choch D)Farg’ona

69.Eftallarda qabila va urug’ jamoalarining oqsoqollari nima deb atalgan?

A)Sayyid B)Poykar C)Jo’ybon D)Xvabu

70.Qachon Zog’ariq,Bo’zsuv Darg’om kanallari barpo etilgan?

A)V asrda B)VI asrda C)VII asrda D)VIII asrda

71.Toshkent vohasi va Janubiy Qozog’iston yerlarining bir qismini suv bilan ta’minlab turgan kanallar?

A)Zarafshon va Vaxsh B)Darg’om va Parak

C)Zog’ariq va Bo’zsuv D)Norin va Murg’ob

72.Samarqand viloyati janubiy tumanlarining asosiy suv manbayi?

A)Zog’ariq B)Bo’zsuv C)Darg’om D)Murg’ob

73.Surxondaryo ilk o’rta asrlarda qanday atalgan?

A)Toxariston B)Chag’oniyon C)Badaxshon D)Qo’bodiyon

74.Shahrisabz ilk o’rta asrlarda qanday atalgan?

A)Kesh B)Naxshab C)Choch D)Poykand

75. Qarshi ilk o’rta asrlarda qanday atalgan?

A)Kesh B)Naxshab C)Choch D)Poykand

76.Toshkent ilk o’rta asrlarda qanday atalgan?

A)Kesh B)Naxshab C)Choch D)Poykand

77.Ipak yoli savdosida sosoniy savdogarlari bilan raqobatda asosan kimlar vositachilik rolini o’ynardi?

A)So’g’diylar B)Uyg’urlar C)Manjurlar D)oromiylar

78.Eftallar davrida xalqaro savdo aloqalarining rivojlanishi bilan …?

A)Sosoniylarning kumush tangalaridan foydalaniladi

B)Mamlakatda tanga-pul muomalasi tartibga solinadi

C)Mahalliy hokimlar tomonidan tangalar chiqariladi

D)Davlatda savdogarlarning nufuzi mustahkamlanadi

79.Ichki va tashqi savdo munosabatlarida eftallar dastavval kimlarning kumush tangalaridan keng foydalanadilar?

A)Turkiya sultonlarining B)Sosoniy hukmdorlarning

C)Bulg’or hoqonlarining D)Xitoy imperatorlarining

80.Qiya ko’tarma ko’prik qanday ataladi?

A)Riton B)Burj C)Pandus D)Boru

81Eftallarda ilk o’rta asrlarda chorvador aholi o’rtasida qaysi til muhiti hukmron edi?

A)Turkiy B)So’g’d C)Forsiy D)Arab

82.Eftallarda ilk o’rta asrlarda o’troq aholining bir qismi so’g’d tilida,ikkinchi qismi qaysi tilda so’zlashgan?

A)Turkiy B)Yunon C)Forsiy D)Arab

83.Eftallarda ilk o’rta asrlarda xalqaro savdo tili qaysi til bo’lgan?

A)Turkiy B)So’g’d C)Forsiy D)Arab

84.V-VI asrlarda qaysi til keng tarqalgan edi?

A)So’g’d B)Xorazm C)Eftal D)A,B,C

85.Eftallar xati qaysi yozuv asosida paydo bo’ladi?

A)Finikiya B)Midiya C)Baqtriya D)Parfiya

86.Eftallar yozuvi necha harfdan iborat bo’lgan?

A)25 B)26 C)27 D)28

87.Kimlar o’t va quyoshga topinuvchi otashparast bo’lganlar?

A)Toxarlar B)Xiyoniylar C)Jurjonlar D)Eftallar

88.Markaziy Osiyodagi eftallar qaysi dinlarga e’tiqod qilishgan?

1.Majusiy 2.Budda 3.Moniy

4.Nasroniy 5.Shomon 6.Zardusht

A)1,2,3 B)4,5,6 C)1,3,5 D)2,4,6

89.Zamonamizgacha turkman va anatoliyalik turklar tarkibida qanday nomli etnik guruh saqlangan?

A)Abdal B)Shanyu C)Yueban D)Tatar

90.O’rta Osiyolik shishasozlar qaysi davlat hunarmandlariga rangli shisha va shisha buyumlar yasashni o’rgatadilar?

A)Xitoy B)Vizantiya C)Eron D)Hindiston

91.O’rta Osiyo shishasi rangdorligi,yarqiroqligi va tiniqligi jihatidan qaysi davlat shishasidan ustun turgan?

A)Xitoy B)Vizantiya C)Eron D)Hindiston

92.Xitoy imperatorlari o’z saroylarini bezashda qayerdan keltirilganrangli shishadan foydalanganlar?

A)Kichik Osiyo B)Yaqin Sharq C)O’rta Osiyo D)Uzoq sharq

93.O’rta Osiyo aholisining madaniy an’analari qo’shni mamlakatlar,xususan,qaysi mamalakatlar tasviriy uslublari bilan omuxtalashib,ilk o’rta asrlar madaniyatining shakllanishida mustahkam poydevorga aylandi?

A)Toxarlar B)Xiyoniylar C)Jurjonlar D)Eftallar

94.VII-VIII asrlarga oid bo’lgan sopol ko’za qaysi yodgorlikdan topilgan?

A)Kofirqal’a B)Jonbosqal’a C)Anqaqal’a D)Tuproqqal’a

95.Eftallar tomonidan egallangan Bey-Vey davlati hududi?

A)Xo’tan va Turfak B)Kucha va Qorashar

C)Talos va O’tror D)Yorkand va Qoshg’ar

96.Qachon eftallar tomonidan Bey-Vey davlati hududi egallangan?

A)V asr o’rtalarida B)VI asr o’rtalarida

C)VI asr o’rtalarida D)VIII asr o’rtalarida

97.Ilk o’rta asrlarda qaysi daryo Xazart deb atalgan?

A)Amudaryo B)Sirdaryo C)Zarafshon D)Chirchiq

98.Ilk o’rta asrlarda qaysi daryo O’kuz deb atalgan?

A)Amudaryo B)Sirdaryo C)Zarafshon D)Chirchiq

99.Ilk o’rta asrlarda qaysi daryo Jayxun deb atalgan?

A)Sirdaryo B)Amudaryo C)Zarafshon D)Chirchiq

100.Ilk o’rta asrlarda qaysi daryo Sayxun deb atalgan?

A)Sirdaryo B)Amudaryo C)Zarafshon D)Chirchiq

101.O’rta asrlarda Orol dengizi nima deb atalgan?

A)O’kuz ko’li B)Xorazm ko’li C)Jand ko’li D)A,B,C

102.O’rta asrlarda Kaspiy dengizi nima deb atalgan?

A)Xazar dengizi B)Xarkon dengizi C)Jurjon dengizi D)A,B,C



4-mavzu
103.Turk xoqonligi qachon tashkil topgan?

A)549-yil B)550-yil C)551-yil D552-yil

104.Turk hoqonligining asoachisi kim?

A)Usmon B)Istami C)Bumin D)Abruy

105.VI asr o’rtalarida Turk xoqonligi qayerda tashkil topdi?

A)Yettisuv va Sharqiy Uralda B)Xitoy va G’arbiy Kavkazda

C)Bolqon va Shimoliy eronda D)Oltoy va Janubiy Sibirda

106.Qachon Bumin «xoqon» deb e’lon qilindi?

A)549-yil B)550-yil C)551-yil D552-yil

107.Qayer Turk xoqonligining markazi qilib belgilandi?

A)Yettisuv B)Kavkaz C)Xuroson D)Oltoy

108.Turklarning g’arbga tomon yurishlariga kim boshchilik qildi?

A)Usmon B)Istami C)Bumin D)Abruy

109.Kimga «yabg’u xoqon» degan unvon beriladi?

A)Usmon B)Istami C)Bumin D)Abruy

110.Qachon turklar Sirdaryo va Orol dengizi bo’ylarigacha cho’zilgan keng o’lkalarni egallaydilar?

A)553-yil B)554-yil C)555-yil D)556-yil

111.Qachon turklar Yoyiq va Itil bo’ylarini zabt etadilar? A)557-yil B)558-yil C)559-yil D)560-yil

112.Yoyiq qaysi daryoning nomi?

A)Elba B)Volga C)Ural D)Dnepr

113.Itil qaysi daryoning nomi?

A)Elba B)Volga C)Ural D)Dnepr

114.Qachon turklar Shimoliy Kavkazning bepoyon yerlarini egallab,Qrim yarim oroliga kirib boradilar?

A)573-574-yillarda B)574-575-yillarda

C)575-576-yillarda D)576-577-yillarda

115.Sosoniylar qayerlarni eftallardan tortib oladilar?

1.Toxariston 2.Chag’oniyon

3.Badaxshon 4.Qo’badiyon

A)1,2 B)3,4 C)2,4 D)1,3

116.Turk xoqonligining eftallar bilan to’qnashishi muqarrar edi.Bunday murakkab siyosiy vaziyat xoqonlik- ni avval qaysi mamlakat bilan yaqinlashtiradi?

A)Xitoy B)Vizantiya C)Eron D)Hindiston

117.Turk xoqonligining eftallar bilan to’qnashishi muqarrar edi.Bunday murakkab siyosiy vaziyat xoqonlik- ni so’ngra qaysi mamlakat bilan yaqinlashtiradi?

A)Xitoy B)Vizantiya C)Eron D)Hindiston

118.Qaysi Eron shoxi Istamiga kuyov bo’ladi?

A)Kubod B)Xusrav I C)Peroz D)Shopur II

119.Turklar qachon eftallar yerlariga bostirib kiradilar?

A)561-yil B)562-yil C)563-yil D)564-yil

120.Qaysi davlat askarlarining Balxga xujumi ko’magida turklar eftallar davlati yerlariga bostirib kiradilar?


A)Xitoy B)Vizantiya C)Eron D)Hindiston

121.Parak (Chirchiq) vodiysining markazi qayer bo’lgan?

A)So’g’d B)Xorazm C)Choch D)Farg’ona

122.Turklar tomonidan egallangan hududlarni ketma-ketlikda joylashtiring?

A)Choch,Samarqand,Kesh,Naqshab,Buxoro

B)Buxoro,Naqshab,Kesh,Samarqand,Choch

C)Kesh,Naqshab,Buxoro,Choch,Samarqand

D)Samarqand,Choch,Buxoro,Naqshab,Kesh

123.Buxoroda turklar va eftallar o’rtasidagi shiddatli jang necha kun davom etgan?

A)5 kun B)6 kun C)7 kun D)8 kun

124.Turk xoqonligi qachon Eftallar davlatini bosib olgan?

A)561-565-yillarda B)562-566-yillarda

C)563-567-yillarda D)564-568-yillarda

125.Eftallar davlatining merosi o’zaro bo’linib,Amudaryoning janubiy qirg’oqlarigacha bo’lgan viloyatlar qaysi davlat tasarrufiga o’tadi?

A)Xitoy B)Vizantiya C)Eron D)Hindiston

126.Eftallar davlatining merosi o’zaro bo’linib,Amudaryoning o’ng sohillari bo’ylabKaspiy dengizigacha cho’zilgan yerlar qaysi davlat tasarrufiga o’tadi?

A)Turk xoqonligi B)Kidariylar davlati

C)Xazar xoqonligi D)Xiyoniylar davlati

127.Eftallar davlati qulagach,qaysi davlat Amudaryodan to Suriyaga qadarli Ipak yo’li ustida haqiqiy sarbon bo’lib oldi?

A)Xitoy B)Vizantiya C)Eron D)Hindiston

128. Eftallar davlati qulagach,qaysi davlatUzoq Sharqdan to Eron hududlarigacha karvon yo’li nazoratini o’z homiyligi ostiga olgan?

A)Turk xoqonligi B)Kidariylar davlati

C)Xazar xoqonligi D)Xiyoniylar davlati

129.Turk xoqonligi qanchalik katta bo’lmasin,chinakam markazlashgan davlat emas edi,Uning asosi nimadan iborat bo’lgan?

A)Xoqon hokimiyati urug’-aymoq udumlaridan

B)Turkiy tilda so’zlashuvchi qabilalar ittifoqidan

C)Bo’ysundirilgan mahalliy tarqoq davlatlardan

D)Harbiy-ma’muriy boshqaruvidagi organlardan

130.Qaysi davlatda hukmdorning hokimiyati urug’-aymoq udumlariga tayangan harbiy-ma’muriy boshqaruvga asoslangan?

A)Turk xoqonligi B)Kidariylar davlati

C)Xazar xoqonligi D)Xiyoniylar davlati

131.Turk xoqonligida ko’chmanchi chorvador aholi qanday nom bilan yuritilgan?

A) »Ixshid» yoki »Qizil ixshid»

B) »Budun» yoki »Qora budun»

C) »Ma’jus» yoki »sariq ma’jus»

D) »Akkor» yoki »ko’k akkor»

132.O’n o’q budun yoki elning hokimi qanday nom bilan atalardi?

A) »Muqto» yoki »iqtodor»

B) »Tavg’ach» yoki »bug’ro»

C) »Yabg’u» yoki »jabg’u»

D) »Barzikor» yoki »qo’shchi»

133.Turk xoqonligida jabg’u darajasiga faqat kimlar ko’tarilardi?

A)Janglarda o’zini ko’rsatgan jasur harbiylargina

B)Xoqon urug’iga qon-qarindosh bo’lganlargina

C)Viloyatlarda nufuzi katta bo’lgan oqsoqollargina

D)Davlat oldida maxsus xizmat ko’rsatganlargina

134. O’n o’q budun yoki elning hokimi ba’zan nima deb atalgan?

A) «Yabg’u shod» B) «Yabg’u tudun»

C) «Yabg’u vazir» D) «Yabg’u xoqon»

135.Turk xoqonligida o’n ming qo’shin qo’mondoni nima deb yuritilgan?

A) «Shod» B) «Ariz» C) «Cho’r» D) «Amid»

136.Turklar mahalliy aholidan qanday soliq undirib olish bilan cheklanardilar?

1.Ushr 2.Shulen 3.Boj 4.Yasoq

A)1,2 B)3,4 C)1,3 D)2,4

137.Turk xoqonligida dehqonlar va chorvadorlardan olinadigan soliq qanday atalgan?

A)Ushr B)Shulen C)Boj D)Yasoq

138.Qachon Turk xoqonligi Sharqiy Turk xoqonligi va G’arbiy Turk xoqonligiga bo’linib ketgan?

A) VI asrning 60-yillari oxirlarida B)VI asrning 70-yillari oxirlarida C)VI asrning 80-yillari oxirlarida D)VI asrning 90-yillari oxirlarida

139.Sharqiy Turk xoqonligi tasarrufida qayerlar bo’lgan?

A)Dashti Qipchoq,Kichik Osiyo (Turkiya),G’arbiy Kavkazorti

B)Yettisuv,Sharqiy Turkiston,Sirdaryo va Amudaryo havzalari

C)Janubiy Sibir,Urxun havzasi(Mo’g’uliston), Shimoliy Xitoy

D)Xuroson,Shimoliy Hindiston,Murg’ob va Herurid havzalari

140.G’arbiy Turk xoqonligi tasarrufida qayerlar bo’lgan?

A)Dashti Qipchoq,Kichik Osiyo (Turkiya),G’arbiy Kavkazorti

B)Yettisuv,Sharqiy Turkiston,Sirdaryo va Amudaryo havzalari

C)Janubiy Sibir,Urxun havzasi(Mo’g’uliston), Shimoliy Xitoy

D)Xuroson,Shimoliy Hindiston,Murg’ob va Herurid havzalari

141.Sharqiy Turk xoqonligining poytaxti qayer?
A)Bolasog’un B)Suyob C)Yangikent D)O’tukan

142.G’arbiy Turk xoqonligining markazi qayer bo’lgan?

A)Yettisuv B)Kavkaz C)Xuroson D)Oltoy

143.O’tukan vodiysi qayerda joylashgan?

A)Mesopotamiyada B)Mo’g’ulistonda

C)Movaraunnaxrda D)Mavritaniyada

144.Ilk o’rta asrlarda Farg’ona kim tomonidan boshqarilgan?

A)Tudun B)Afshin C)Ixshid D)Yabg’u

145.Ilk o’rta asrlarda Ustrushona kim tomonidan boshqarilgan?

A)Tudun B)Afshin C)Ixshid D)Yabg’u

146.Ilk o’rta asrlarda So’g’d kim tomonidan boshqarilgan?

A)Tudun B)Afshin C)Ixshid D)Yabg’u

147.Ilk o’rta asrlarda Choch kim tomonidan boshqarilgan?

A)Tudun B)Afshin C)Ixshid D)Yabg’u

148.Ilk o’rta asrlarda Toxariston kim tomonidan boshqarilgan?

A)Tudun B)Afshin C)Ixshid D)Yabg’u

149.Ilk o’rta asrlarda Buxoro kim tomonidan boshqarilgan?

A)Buxorxudot B)Xorazmshox C)Somonxudot D)Dabushshox

150.Ilk o’rta asrlarda Dabussiya kim tomonidan boshqarilgan?

A)Buxorxudot B)Xorazmshox C)Somonxudot D)Dabushshox

151.Ilk o’rta asrlarda Xorazm kim tomonidan boshqarilgan?

A)Buxorxudot B)Xorazmshox C)Somonxudot D)Dabushshox



5-mavzu
152.Sharqiy turk xoqonligi aholisining asosiy qismi nima bilan shug’ullangan?

A)Dehqonchilik B)Hunarmandchilik

C)Chorvachilik D)Savdo-sotiq

153.G’arbiy turk xoqonligi aholisining asosiy qismi nima bilan shug’ullangan?

A)Dehqonchilik B)Hunarmandchilik

C)Savdo-sotiq D)A,B,C

154.Qachon G’arbiy turk xoqonligi nihoyatda kuchaydi?

A)VII asrning birinchi choragida

B)VII asrning ikkinchi choragida

C)VII asrning uchinchi choragida

D)VII asrning to’rtinchi choragida

155.G’arbiy Turk xoqonligining sharqiy chegarasi qayerga borib taqaladi?

A)Yettisuv B)Kavkaz C)Xuroson D)Oltoy

156.G’arbiy Turk xoqonligining janubiy chegarasi qayerga borib taqaladi?

A)Yoyiq (Ural) daryosi bo’ylariga B)Itil (Volga) daryosi bo’ylariga

C)Sind (Hind) daryosi bo’ylariga D)Tigr (Dajla) daryosi bo’ylariga

157.To’ngyabg’u (G’arbiy Turk xoqoni) nechanchi yillarda hukmronlik qilgan?

A)617-629-yillarda B)618-630-yillarda

C)619-631-yillarda D)620-632-yillarda

158.Kim hukmronlik qilgan davrda G’arbiy Turk xoqonligida boshqaruv tartiblari isloh qilingan?

A)Bilga xoqon B)To’ngyabg’u

C)Qoracho’rin D)Sheri Kishvar

159.O’rta Osiyo,Sharqiy Turkiston va Toxaristonning deyarli mustaqil hokimliklari ustidan siyosiy nazorat kuchaytiriladi.Ular huzuriga xoqonlikning noiblari – … yuboriladi?

A)Ixshid B)Yabg’u C)Tudun D)Dehqon

160.G’arbiy Turk xoqonligida mahalliy hokimlarga xoqon tomonidan qanday unvon berilgan?

A)Ixshid B)Yabg’u C)Tudun D)Dehqon

161.Qayerlarda ilk o’rta asrlarda qo’rg’oshin,kumush va oltin qazib olingan?

A)Kesh B)Eloq C)Choch D)So’g’d

162.VII asrning birinchi yarmida G’arbiy Turk xoqonligi bilan qaysi mamlakat o’rtasida ayniqsa iqtisodiy aloqalar faollashdi?

A)Xitoy B)Vizantiya C)Eron D)Hindiston

163.VII asrning birinchi yarmida G’arbiy Turk xoqonligidan Xitoyga necha marotaba savdo elchilari yuboriladi?

A)9 B)10 C)11 D)12

164.Ilk o’rta asrlarda Jizzax va O’ratepa viloyatlari nima deb atalgan?

A)Xuttalon B)Ustrushona C)Ishtixon D)Dabussiya

165.Buxoro,Samarqand,Ishtixon va Ustrushonadan birlashgan juda katta savdo karvoni Xitoyga qachon yetib boradi?

A)623-yil B)625-yil C)627-yil D)632-yil

166.G’arbiy Turk xoqonligida el-yurt hokimi nima deb atalgan?

A)Ixshid B)Tudun C)Dehqon D)Yabg’u

167.G’arbiy Turk xoqonligida viloyat hokimi nima deb atalgan?

A)Ixshid B)Tudun C)Dehqon D)Yabg’u

168.Egar-jabduq yasash nima deb ataladi?

A)Sahhoflik B)Sarrojlik D)Safforlik D)Sarroflik

169.Nechanchi asrlarda O’rta Osiyoda dehqonlar tomonidan yerlarni egallash jarayoni tobora avj olib,zulm kuchayadi?

A)V-VI asrlarda B)VI-VII asrlarda

C)VII-VIII asrlarda D)VIII-IX asrlarda

170.Abruy boshchiligidagi xalq qo’zg’oloni qayerda bo’lgan?

A)Xorazm B)Samarqand C)Buxoro D)Toshkent

171. Abruy boshchiligidagi xalq qo’zg’oloni qachon bo’lgan?

A)583-584-yillarda B)584-585-yillarda

C)585-586-yillarda D)586-587-yillarda

172.Abruy boshchiligidagi qo’zg’olondan vahimaga tushgan mulkdor dehqonlar va boy savdogarlar Buxoro viloyatini tark etib,qaysi shaharlar atrofiga borib o’rnashadilar?

1.Turfan 2.Toshkent 3.Turkiston D)Taroz

A)1,2 B)3,4 C)1,3 D)2,4

173.Abruy boshchiligidagi qo’zg’olonchilarga qarshi kurashda qaysi turk xoqonidan yordam berishni so’raganlar?

A)Bilga xoqon B)To’ngyabg’u

C)Qoracho’rin D)Sheri Kishvar

174. Abruy boshchiligidagi qo’zg’olonchilarga qarshi turk xoqoni kim boshliq qo’shin yuboradi?

A)Bilga xoqon B)To’ngyabg’u

C)Qoracho’rin D)Sheri Kishvar

6-mavzu

175.V-VII asrlarda O’rta Osiyoda qanchadan ortiq mustaqil hokimliklar tashkil topadi?

A)13 B)14 C)15 D)16

176.O’rta Osiyoda mustaqil hokimliklar orasida eng yirigi qaysi edi?

A)So’g’d B)Xorazm C)Choch D)Farg’ona

177.O’rta asr davlatlari birlashmasi ittifoqida Zarafshon va Qashqadaryo vodiylarida joylashgan Samarqand,Buxoro,Kesh vohalarining nechta yirik mulklari birlashgan edi?

A)9 B)10 C)11 D)12

178. O’rta asr davlatlari birlashmasi ittifoqida qayerning ixshidi saroyida ajdodlar ruhi xotirasi ibodatxonasi bino qilingan edi?

A)So’g’d B)Xorazm C)Choch D)Farg’ona

179.So’gdiylar dehqonchilik va bog’dorchilik,ayniqsa nimada nihoyatda omilkor edilar?

A)Kulolchilik B)Yilqichilik

C)Qurolsozlik D)Uzumchilik

180.Qayerning hisori qo’ylari va tulporlari juda mashhur edi?

A)So’g’d B)Xorazm C)Choch D)Farg’ona

181.Qachon hadya tariqasida Samarqanddan yuborilgan dubulg’adan nusxa olib,Xitoy qurolsozlari qo’shinni temir qalpoq (dubulg’a)lar bilan ta’min etganlar?

A)717-yil B)718-yil C)719-yil D)729-yil

182.Qayerning tog’laridan oltin,jez,novshadil va yalama tuzlar kovlab olinardi?

A)So’g’d B)Xorazm C)Choch D)Farg’ona

183.Qaysi shahar Toxaristonning poytaxti bo’lgan?

A)Marv B)Qobul C)Balx D)Hirot

184.Toxariston avval kimlar tomonidan bo’ysundiriladi?

A)Toxarlar B)Xioniylar C)Jurjonlar D)Eftallar

185.Toxariston so’ngra kimlar tomonidan bo’ysundiriladi?

A)Turk xoqonligi B)Kidariylar davlati

C)Xazar xoqonligi C)Xioniylar davlati

186.Toxariston aholisi qaysi dinga e’tiqod qilgan?

A)Islom B)Xristian C)Budda D)Zardusht

187.Toxariston necha harfli yozuvga ega bo’lgan?

A)25 B)26 C)27 D)28

188.Toxariston aholisining asosiy qismi nima bilan shug’ullangan?

A)Dehqonchilik B)Hunarmandchilik

C)Chorvachilik D)Savdo-sotiq

189.Toxaristonda ayniqsa nima yuksalgan?

A)Kulolchilik B)Yilqichilik

C)Qurolsozlik D)Uzumchilik

190.Toxariston hozirgi qayerlarni o’z ichiga olgan?

1.Sharqiy Turkiston 2. Yettisuv 3.G’arbiy Sibir

4.Janubiy O’zbekiston 5.Tojikiston 6.Shimoliy Afg’oniston

A)1,2,3 B)4,5,6 C)1,3,5 D)2,4,6

191.Toxariston shimolda qaysi tog’lar bilan chegaralangan?

A)Pomir B)Zarafshon C)Hisor D)Hindikush

192.Toxariston janubda qaysi tog’lar bilan chegaralangan?

A)Pomir B)Zarafshon C)Hisor D)Hindikush

192. Toxariston sharqda qaysi tog’lar bilan chegaralangan?

A)Pomir B)Zarafshon C)Hisor D)Hindikush

193.Toxariston g’arbda qaysi vodiylar bilan chegaralangan?

A)Farg’ona va Naqshab B)Yorkand va Talos

C)Murg’ob va Xerirud D)Kashmir va Panjob

194.Qaysi tarixiy viloyatning nomi mil.avv.II asrda Yunon-Baqtriya davlatini qulatgan chorvador qabila nomidan olingan?

A)Toxariston B)Chag’oniyon

C)Badaxshon D)Qo’bodiyon

195.Qachon toxarlar Yunon-Baqtriya davlatini qulatgan?

A)Mil.avv.IV asrda B) Mil.avv.III asrda

C)Mil.avv.II asrda D)Mil.avv.I asrda

196.Qayer Markaziy Osiyoda budda va moniylik dinlari tarqalishi va rivojida muhim rol o’ynagan?

A)Toxariston B)Chag’oniyon

C)Badaxshon D)Qo’bodiyon

197.Toxariston Markaziy Osiyoda qaysi dinlarni tarqalishi va rivojida muhim rol o’ynagan?

1.Budda 2.Moniy 3.Zardusht 4.Islom

A)1,2 B)3,4 C)1,3 D)2,4

198.Ilk o’rta asrlarda Farg’onada qanday markaziy shaharlar bo’lgan?

1.Sayram 2.Koson 3.Axsikat(Xushkat) 4.Tunkat

5.Quva(Qubo) 6.O’tror

A)1,2,3 B)4,5,6 C)2,3,5 D)1,4,6

199.Ilk o’tra asrlarda qayerdan qo’shni mamlakatlarga bo’yoq,rangli shisha buyumlar va dori-darmonlar chiqarilgan?

A)Sug’d B)Xorazm C)Choch D)Farg’ona

200.Qurama va Qoramozor tog’lari yonbag’irlarida qadimda aholi nima bilan shug’ullangan?

A)Kulolchilik B)Yilqichilik

C)Qurolsozlik D)Uzumchilik

201.Ilk o’rta asrlarda qaysi shahar Chochning poytaxti bo’lgan?

A)Binkat B)Choch C)Tunkat D)Shosh

202.Ilk o’rta asrlarda qaysi shahar Eloqning poytaxti bo’lgan?

A)Binkat B)Choch C)Tunkat D)Shosh

203.Ilk o’rta asrlarda Eloqning hokimi nima deb atalgan?

A)Ixshid B)Yabg’u C)Tudun D)Dehqon

204.Qachon Choch va Eloq Eftallar davlatiga bo’ysundiriladi?

A)VI asrda B)V asrda C)VII asrda D)VIII asrda

205.Qachon Choch va Eloq G’arbiy turk xoqonligiga bo’ysundirildi?

A)VI asrda B)V asrda C)VII asrda D)VIII asrda

206.VII asrning dastlabki choragida G’arbiy turk xoqonligi hukmdorlik

qarorgohini qayerga ko’chiradi?

A)Sug’d B)Xorazm C)Choch D)Farg’ona

207.Qayerda hukmdor va malika uchun Yabg’ukat va Xotunkat kabi o’ziga xos qarorgohlar bino qilindi?

A)Sug’d B)Xorazm C)Choch D)Farg’ona

208.Qayerning tangalarining old betiga hukmdor surati,teskari tomoniga ot,gajak dumli bars yoki qoplon tasviri,ba’zan sulolaviy ayri tamg’a tushirilgan?

A)Sug’d B)Xorazm C)Choch D)Farg’ona

209.Fil ustida turib yirtqich hayvon bilan urushayotgan filbon devoriy tasviriy qayerdan topilgan?

A)Afrosiyob B)Ayritom C)Varaxsha D)Xolchayopn

210.Qayerning tog’lari oltin,kumush,rangli ma’danlar,temir va jilvador chaqmoqtoshlarga boy edi?

A)So’g’d va Farg’ona B)Eloq va Shosh

C)Buxoro va Xorazm D)Naxshab va kesh

211.Ilk o’rta asrlarda istehkomli qasr,qo’rg’on va ko’shklar asosan qanday vazifani o’tagan?

1.Tashqi dushman hujumiga qarshi mudofaa inshooti

2.Chokarlar to’planadigan joy

3.Ma’muriy markaz

4.Oziq-ovqat va qurol-yarog’ saqlanadigan ombor

5.Diniy marosimlar o’tadigan joy

6.Asirlar saqlanadigan manzil

7.Dehqonlar yashaydigan uy

8.Elchilarni qabul qiladigan saroy

A)1,2,3,4 B)5,6,7,8 C)1,3,5,7 D)2,4,6,8

212.O’rta asrlarda shaharlar necha qismdan iborat bo’lgan?

A)1 B)2 C)3 D)4

213.O’rta asrlarda shaharning hokim qasri joylashgan qismi qanday atalgan?

A)Rabod B)Shahriston C)Kuhandiz D)Qo’rg’on

214.O’rta asrlarda shaharning tashqi mavzesi qanday atalgan?

A)Rabod B)Shahriston C)Kuhandiz D)Qo’rg’on

215.O’rta asrlarda shaharning ichki qismi qanday atalgan?

A)Rabod B)Shahriston C)Kuhandiz D)Qo’rg’on

216.O’rta asrlarda yashagan Ibn Xavqal va Istaxriylar qayerlik muallif?

A)Eron B)Arab C)Vizantiya D)Turkiya

217.O’rta asrlarda yashagan Ibn Xavqal va Ishtaxriylarning qayd etishicha,birgina Binkat(Toshkent) arkining qancha darvozasi bo’lgan?

A)1 B)2 C)3 D)4

218.O’rta asrlarda yashagan Ibn Xavqal va Ishtaxriylarning qayd etishicha,birgina Binkat(Toshkent) Shahristonining qancha darvozasi bo’lgan?

A)1 B)2 C)3 D)4

219.O’rta asrlarda yashagan Ibn Xavqal va Ishtaxriylarning qayd etishicha,birgina Binkat(Toshkent) rabodining qancha darvozasi bo’lgan?

A)10 B)12 C)14 D)15

220.O’rta asrlarda yashagan Ibn Xavqal va Ishtaxriylarning qayd etishicha,birgina Binkat(Toshkent) tashqi rabodining qancha darvozasi bo’lgan?

A)15 B)6 C)7 D)8

221.O’rta asrlarda yashagan Ibn Xavqal va Ishtaxriylarning qayd etishicha,birgina Binkat(Toshkent) shahrining jami qancha darvozasi bo’lgan?

A)19 B)20 C)21 D)22

222.Binkat qaysi shaharning o’rta asrlardagi nomi?



A)Toshkent B)Buxoro C)Samarqand D)Urganch
Download 215,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish