Buyuk fransuz burjua inqilobining tarixiy ahamiyati. Gap fransuz burjua inqilobi haqida ketganida, unga nisbatan «Buyuk» so ‘zi qo’shib ishlatiladi. Xo’sh, nega shunday? Chunki bu inqilob o’rta asr feodal tartiblarini to’la bekor qilgan edi. Kishining kishiga shaxsan qaramligini tugatdi. Monarxiyaning hech qanday ko’rinishi bilan murosa qilmadi. Fransiyada respublika tuzumi qaror topdi. Angliya burjua inqilobi burjuaziya va dvoryanlar kelishuvi bilan yakunlangan bo’lsa, Fransiyada burjuaziya dvoryanlarni yengdi. Eski jamiyat va davlat tuzumini to’la buzib tashladi. Sanoat inqilobi uchun sharoit hozirladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |