1799-yil 9-noyabrdagi davlat to’ntarishi. Endi hukmron tabaqalar Fransiyada Napoleondek qattiqqo’l siyosatchining hokimiyatini o’rnatishga fursat yetdi, degan xulosaga keldilar va davlat to’ntarishi tayyorladilar. Napoleon Bonapart bunga rozi bo’ldi. 1799-yil 9-noyabrda Davlat to’ntarishi amalga oshirildi. Parlament Konsullik deb ataluvchi hukumat tuzishga majbur etildi. Uning tarkibi 3 kishidan iborat bo’ldi va ularning har biri «Fransiya Respublikasining konsuli» unvoniga ega bo’ldi. Uch konsuldan biri Napoleon Bonapart edi. Aslida butun hokimiyat uning qo’lida to’plandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |